So’nggi yangiliklar

21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  2 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  2 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  4 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  7 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  5 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  5 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  8 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  2 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  4 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  8

Tarixda bugun: Mansur Saidov va Akmal Xolmatovi bor "Neftchi", kuchli yomg'ir ostida o'tgan o'zbek "El Klassiko"si Yangiliklar

Tarixda bugun: Mansur Saidov va Akmal Xolmatovi bor "Neftchi", kuchli yomg'ir ostida o'tgan o'zbek "El Klassiko"si

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: "O'rtar"ni kuylagan Hasanov, uni tushunmagan Agishev, "sherlar"da o'ynagan SHer

Bugun Superliga o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz.

Oliy liga-2015 9-turi doirasida muxlislar Toshkentda o'zbek "El Klassiko"si guvohi bo'lishgandi. Samvel Babayan boshqaruvidagi "Paxtakor" jamoasi o'z maydonida Murod Ismoilov ustozligidagi "Neftchi"ni qabul qilgan. O'shanda "sherlar" Egor Krimec va Igor Sergeevlarning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Darvoqe, o'shanda "Paxtakor" jamoasi "Neftchi"ning 9 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ygandi.

Farg'onaliklar safida "Neftchi" afsonalari Mansur Saidov hamda Akmal Xolmatovlar ham to'p tepishgandi. O'sha uchrashuvning 2-bo'limida juda kuchli yomg'ir yoqqani va shalabbo bo'lib rasm olganim kechagidek yodimda. Xullas, "Neftchi"ni sog'inganlar uchun ushbu rasmlarni taqdim etamiz.

Darvoqe, Oliy liga-2015ning yakunida "Paxtakor" 75 ochko bilan chempion bo'lgan ersa, "Neftchi" 52 ochko bilan 5-o'rinni egallagan.


Oliy liga-2015
9-tur
, 16.05.2015
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 4227 tomoshabin
"Paxtakor" – "Neftchi" 2:0
Hakamlar:
O.Tolibjonov (Toshkent), T.Galeev (Toshkent), A.Po'latov (Toshkent), A.Najafaliev (Toshkent)

Gollar: E.Krimec 35, I.Sergeev 69.

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Egor Krimec, Adnan Oraxovac, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Kaxi Maxaradze (s), Vladimir Kozak, SHerzod Karimov (Anvar Soliev 85), Igor Sergeev, Bahodir Pardaev (Stanislav Andreev 67).
Zaxira: Nikita Ribkin, Murod Xolmuhammedov, Jaloliddin Masharipov, Navro'zbek Alimov, Igor Rogovanov.

"Neftchi": Evgeniy CHeremisin, Dilyorbek Ermatov, Jahongir Mehmonov, SHukurali Po'latov, Oyber Nurboev (Akmal Xolmatov 63), Sardor Rahmonov, Javohir Rasulov, Umid Qodirov, Mansur Saidov (s), Baxtiyor Yoqubov (Murod Bobojonov 71), SHerzod Hakimov (Otabek Haydarov 46).
Zaxira: Sergey Smorodin, Zokir Nurmatov, Ro'zimboy Ahmedov, Kamronbey Kapadze.

Ogohlantirishlar: A.Oraxovac 87 - SH.Hakimov 7.

Bugungi kunda "Metallurg" sardori hisoblangan yarim himoyachi Akbar Ismatullaev.


SHukurali Po'latov.


"Paxtakor"ning eng universal o'yinchisi Vladimir Kozak.


"Paxtakor" 2010 yildan 2015 yilgacha ketma-ket 6 yil "Neftchi"ni Toshkentda gol o'tkazmasdan mag'lub etgan.


Krimec har qancha baland bo'yli bo'lmasin, darvozabon qo'li bilan o'ynash imkoni bor joyda imkonsiz qoladi.


Uchrashuvni stadiondan 4227 nafar muxlis tomosha qilib borgandi.

Farg'onalik ishqibozlar.


"Paxtakor" safida muvaffaqiyatli o'yinlar o'tkazgan Kaxi Maxaradze.


Umid Qodirov Maxaradzega qarshi.


Aleksandr Lobanov "sherlar" darvozasini qo'riqlagan paytlar.


Uchrashuvning 35-daqiqasida Krimec hisobni ochgandi.


Murod Ismoilov o'tkazib yuborilgan goldan g'azabda.


SHerzod Karimov keyinroq Sergeev kiritgan golga assistentlik qilgandi. Unga halal berishga urinayotgan o'yinchini juda yaxshi taniysiz.


Samvel Babayan jamoasini chempionlik sari etaklagandi.


Stadionda raqsga tushgan muxlislar, ular uchun bu to'qnashuv misoli bayram edi.

Ikkinchi bo'lim boshida SHerzod Hakimov o'rniga maydonga tushgan Otabek Haydarov Adnan Oraxovacga qarshi.


Yomg'ir qay darajada quyganiga shu rasm isbot bo'ladi.



Farg'onaliklar yoqimtoyi Mansur Saidov.


Javohir Rasulov Kozakka qarshi.


O'zbek "El Klassiko"si bugunga kelib tarixga aylandi.


SHu kuni ikkinchi golni kiritgan, Oliy liga-2015da esa 24ta gol bilan to'purar bo'lgan Igor Sergeev.


Afsonalarni raqib o'yinchilari ham hurmat qiladi.


O'zbek futboli tarixida o'ziga xos iz qoldirgan "Neftchi" yaqin yillarda avvalgi holatiga qaytishiga faqatgina umid qilib qolamiz.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика