So’nggi yangiliklar

21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  6 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  0 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  2 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  29 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0 17:06Фабио Каннаваро Турғунбоев ва Эшмуродовнинг йиғинга чақирилишига изоҳ берди, МТЖда икки нафар футболчи жароҳат олган  14 17:03"Унда ўзбек футболчилари ҳақида кўп маълумот бор" - Фабио Каннаваро Тимур Кападзенинг ёрдамчи бўлиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  12 16:40"Нефтчи" – "Андижон" ва "Бунёдкор" – "Насаф" учрашувларида пенальти ҳолатлари бўлганмиди? 24-турдаги ҳакамлик таҳлили  5 16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  5 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  1 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0

Tarixda bugun: Jeparov va Kapadzesi bor "Loko" pastga sho'ng'iy boshlagan "Neftchi"ga qarshi. FOTOMAQOLA Yangiliklar

Tarixda bugun: Jeparov va Kapadzesi bor "Loko" pastga sho'ng'iy boshlagan "Neftchi"ga qarshi. FOTOMAQOLA

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Foto Tarixda bugun: SHomurodov "Bunyodkor" safida "Mashal"ga qarshi, "Lokomotiv" "Olmaliq"ni sharmanda qilgani va o'zbek "El Klassiko"sini yodga olamiz

Bugun 4 yil oldinga sayoxat qilamiz. U paytlar ichki birinchiligimiz Oliy liga deb atalardi. Aynan o'sha mavsumdan Farg'onaning "Neftchi" klubi keskin pastga sho'ng'ishni boshlagandi. Andrey Fyodorov u paytlar farg'onaliklar bosh murabbiyi edi.

Oliy liga, 3-tur
1 aprel, 2016
"Lokomotiv" – "Neftchi" 4:0
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: S. Rizaev.
Gollar: T.Abduxoliqov 9, M.Bikmaev (Sanjar SHoahmedov) 30, M.Bikmaev (Sardor Mirzaev) 48, K.Maxaradze (Temur Kapadze) 75.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jeparov (29.Quvondiq Ro'ziev, 63), 10.Marat Bikmaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (21.Doniyor Usmonov, 68), 15.Sardor Mirzaev, 17.Salim Mustafoev, 18.Timur Kapadze, 22.Sanjar SHoahmedov (7.Sadriddin Abdullaev, 78), 33.Oleg Zoteev, 37.SHerzod Fayziev.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 20.Islom To'xtaxo'jev, 28.Ikrom Aliboev, 77.Jasur Hasanov.

"Neftchi": 35.Abdumavlon Abdujalilov, 3.SHukurali Po'latov, 7.Mansur Saidov (28.Sardorbek Eminov, 73), 8.Umid Qodirov, 10.Murod Bobojonov, 11.Abbos Maxstaliev, 17.Ilhom Boydadaev (22.Alisher Samatov, 52), 18.Javohir Rasulov (26.Otabek Isroilov, 66), 20.Dilyorbek Ermatov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 32.Jahongir Mehmonov.
Zaxira: 1.O'tkir Yusupov, 2.Sardor Qulmatov, 9.SHerzod Hakimov, 23.Abdurahmon Abdulxaqov.

Ogohlantirishlar: M.Bikmaev 40 - I.Boydadaev 13, J.Mehmonov 63, SH.Po'latov 76, U.Qodirov 90+1.

O'shanda "Lokomotiv" stadionida mavsumning ochilishi bo'lgandi.


Bu tarkibdan farg'onaliklar hammadan ham ko'proq "Neftchi" afsonasi Marsur Saidovning o'yinlarini sog'inishlari aniq. Saidovdek o'yinchini bugungi kunda ham topish mushkul.


"Lokomotiv" aynan o'sha mavsumda ilk chempionlikni qo'lga kiritgandi.


Marat Bikmaev o'sha mavsum 12ta gol bilan "Loko"ning uchinchi, Olik liganing ettinchi to'purari bo'lgandi.


"Temiryo'lchilar"ni chempionlik sari etaklashda Timur Kapadzening o'rni katta bo'lgan.


"Neftchi"da uzoq yillar o'ynagan chap qanot himoyachisi Dilyorbek Ermatov.


O'yinga kelgan OAV vakillari.


Temurxo'ja Abduxoliqov 9-daqiqada hisobni ochgandi. O'shanda Kapadzening uzoqdan bergan zarbasini qaytargandan keyin to'p mehmonlar kiperi A.Abdujalilovning qo'lidan chiqib ketgan va Temurxo'ja qaytgan to'pni darvozaga yo'llagan.


Gol quvonchi.


Bugungi kunda "Loko" bosh murabbiyi hisoblanadigan Andrey Fyodorov "Neftchi" ustozi sifatida bo'lajak jamoasiga qarshi.


Mirko Yelichich.


Stadionga kelgan muxlislar.


Server Jeparov o'sha mavsumda 7ta gol urgandi.


Kaxi Maxaradze.


To'p uchun kurashda Sanjar SHoahmedov hamda Jahongir Mehmonov.


Temurxo'ja o'sha mavsum 22ta gol bilan Oliy liga to'purari bo'lgandi.


SHunchaki kadr.


"Tarixda bugun"ning keyingi sonlarida ko'rishguncha.


2016 yilgi mavsumda "Lokomotiv" 74 ochko to'plagan holda "Nasaf" va "Bunyodkor"dan 11 ochkoga ilgarilab ketib chempion bo'lgan. "Neftchi" esa 31 ochko bilan 11-pog'onani band etgan.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика