So’nggi yangiliklar

18:10"Реал Мадрид" — "Реал Сосьедад". Таркиблар маълум  0 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  2 17:22ЦСКА, "Акрон" ва "Рубин" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  3 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  5 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  8 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  9 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  12 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6

Tanishtiruv marosimi - klub matbuot xizmatining yuzi Yangiliklar

Tanishtiruv marosimi - klub matbuot xizmatining yuzi

Superliga o'yinlari boshlanishiga bir kun qoldi. Ertaga bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan navbatdagi mavsumga start beriladi.

Jamoalar mavsumga qanchalik tayyor, buni vaqt o'tib bilib olamiz. Hozircha imkoniyatlar haqida gapirmay turgan maqul, chunki kimning qanday holatdaligini o'yinlar boshlanmasdan aytish qiyin.

Malumki, har mavsum avvalida klublar jamoaga yangi kelganlarning tanishtiruv marosimini o'tkazadi. Bu odat tusiga kirib ulgurgan. SHu paytgacha Superliganing bazi klublari bu tadbirni tashkil etishdi, bazilar bugun-erta o'tkazib yuboradigan. Aslida chempionat oldidan tanishtiruv marosimi bo'lgani yaxshi. CHunki shu orqali klub o'z futbolchilari, murabbiylar shtabi, jamoa oldiga qanday maqsad qo'yilgani haqida malumot beradi.

Qaysi klub shu paytgacha tanishtiruv marosimini o'tkazgan bo'lsa, har kim o'z imkoniyatidan kelib chiqqan holda tashkil etdi va biz bu borada falonchi zo'r qildi, pistonchiniki unchalik o'xshamadi demoqchi emasmiz. CHunki qanday bo'lsa ham bo'lgani yaxshi. Albatta, ish bor joyda kamchilik bo'ladi, masalan futbolchilarni suratga olish jarayonida orqa fonga etibor bermaslik, joy tanlashda xatoliklar bo'lishi mumkin, lekin sekin-asta bu kamchiliklar ham yopilib boradi.

Yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazish klub matbuot xizmati zimmasidagi acosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Klub rahbari har qancha unamasin, bosh murabbiy mashg'ulotim bor, o'yinim bor deb paysalga solmasin, baribir bu o'rinda matbuot xizmati nima qilib bo'lsa-da tanishtiruv marosimini o'tkazish uchun rahbariyatni va murabbiylarni ko'ndira olishi kerak. CHunki tanishtiruvdan asosiy manfaatdor baribir klub, qolaversa shu orqali ham matbuot kotibi o'z jamoasini OAVda reklama qilib oladi.

Biz xohlardikki, bu yildan Pro-liga klublari ham shunday tadbirlarni yo'lga qo'ysa. CHunki professionallik sari faqat Superligaga o'tgandan keyin qadam tashlanmaydi, Pro-ligada o'ynab ham professional ishlash mumkin. Qolaversa, bu bilan klub o'z futbolchilari va murabbiylarini qanchalik hurmat qilishini ko'rsatib beradi. Balki bu arzimas ishdek ko'rinishi mumkin, ammo unutmaylikki, "arzimas" ishlarni bajarish orqali professionallik shakllanib boradi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика