So’nggi yangiliklar

12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  1 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  1 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  5 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  5 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  23 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0

Tanishing "Bunyodkor" raqibi: “Persepolis” (Tehron, Eron) Yangiliklar

Tanishing "Bunyodkor" raqibi: “Persepolis” (Tehron, Eron)

“Bunyodkor”ning OCHL-2015 guruh bosqichidagi ikkinchi raqibi Eronning vice-chempioni – “Persepolis” klubi.
“Qaldirg'ochlar” 2015 yilgi CHempionlar ligasining 2-turini o'z maydonlarida “Persepolis” klubiga qarshi o'tkazadilar. Etiboringizga raqibimiz haqida asosiy malumotlarni keltirib o'tamiz.

Klub tashkil topgan yili: 1963
Klubning to'liq nomi: “Persepolis” Tehron futbol klubi
Stadioni: “Ozodi”
Sig'imi: 84.412 tomoshabin
Rasmiy sayti: www.fc-persepolis.com

YUTUQLARI:
Eron chempioni (9) – 1972, 1974, 1976, 1996, 1997, 1999, 2000, 2002 va 2008
Eron (Xazfi) kubogi sohibi (4) – 1988, 1991, 1999, 2010, 2011

Xalqaro ishtirok:
Osiyo kubok egalari kubogi sohibi (1) – 1991

BOSH MURABBIY – Xamid Derakshan (Eron)
Tug'ilgan sanasi: 1959 yil, 23 yanvar
Futbolchilik faoliyati: “Persepolis” (Eron) 1977-1987, “Qatar SK” (Qatar) 1987-1991, “Al-Sadd” (Qatar) 1991-1992, “Persepolis” (Eron) 1992-1994

Eron milliy terma jamoasi safida 41ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Murabbiylik faoliyati: “Persepolis” (Eron) 1994-1997, Eron o'smirlar terma jamoasi 2001-2002, “Delvar Afzar” (Eron) 2004, “Xoma” (Eron) 2004, “Peykan” (Eron) 2009-2010, “SHahrdari Tabriz” (Eron) 2010-2011, “SHahin Bushehr” (Eron) 2011-2012, “Damash Gilan” 2012-2013, “Persepolis” 2014 yilning sentyabr oyidan boshlab.

LEGIONERLARI:
Maykl Umanya (Kosta-Rika)
Tug'ilgan sanasi: 16.07.1982
Ampluasi: Himoyachi

Fernando Gabriel (Braziliya)
Tug'ilgan sanasi: 11.05.1988
Ampluasi: Yarim himoyachi

Tadeu (Braziliya)
Tug'ilgan sanasi: 01.04.1986
Ampluasi: Hujumchi

“Persepolis” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasida to'rtinchi bor ishtirok etmoqda. Tehronliklar bungacha 2009, 2011 va 2012 yilgi turnirda qatnashishgan. “Persepolis” 2009 va 2012 yilgi musobaqalarda guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tgan. Lekin har ikkala yili ham 1/8 finalda qoqilgan. 2011 yilda esa guruhda so'nggi pog'onada qolib ketgan. Eron klubi 2015 yilgi turnirda judayam ishonchli g'alaba bilan boshladi. Ular 1-tur doirasida o'z maydonlarida Qatar chempioni “Lahviya”ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Klebning kosta-rikalik legioneri Maykl Umana o'z yurti terma jamoasida to'p tepsa, Muhammadrizo Xonzoda Eron terma jamoasi azosi hisoblanadi.

Eron chempionati ayni paytda qizg'in pallasiga kirgan. Raqibimiz “Persepolis” 21 uchrashuvda 26 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 9-pog'onasini band etib turibdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика