So’nggi yangiliklar

20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  8 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  6 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7

Tanishing, "Bunyodkor" raqibi: “Al-Nasr” (Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni) Yangiliklar

Tanishing, "Bunyodkor" raqibi: “Al-Nasr” (Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni)

“Bunyodkor”ning OCHL-2015 guruh bosqichidagi ilk raqibi Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni – “Al-Nasr” klubi.
CHempionlar ligasining birinchi turini “qaldirg'ochlar” Ar-Riyodda “Al-Nasr” klubiga qarshi o'tkazadilar. Etiboringizga raqibimiz haqida asosiy malumotlarni keltirib o'tamiz.

Klub tashkil topgan yili: 1955
Klubning to'liq nomi: “Al Nasr” futbol klubi
Stadioni: “Qirol Fahd”
Sig'imi: 68.752 tomoshabin
Rasmiy sayti: www.alnassrfc.com

YUTUQLARI:
Saudiya Arabistoni chempioni (7) – 1975-76, 1979-80, 1980-81, 1988-89, 1993-94, 1994-95, 2013-14
Saudiya Arabistoni Qirol kubogi sohibi (6) – 1974, 1976, 1981, 1986, 1987, 1990
Saudiya Arabistoni SHahzoda kubogi sohibi (3) – 1972-73, 1973-74, 2013-14
Saudiya Arabistoni Futbol Federaciyasi kubogi sohibi (3) – 1975-76, 1997-98, 2007-08
Saudiya Arabistoni Superkubogi sohibi (1) – 2014

Xalqaro ishtirok:
Osiyo kubok egalari kubogi sohibi (1) – 1997-98
Osiyo Superkubogi sohibi (1) – 1998
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi (1) – 2000

BOSH MURABBIY – Xorxe da Silva (Urugvay)
Tug'ilgan sanasi: 1961 yil, 11 dekabr
Futbolchilik faoliyati: “Feniks” (Urugvay) 1977, “Danubio” (Urugvay) 1977, “Defensor Sporting” (Urugvay) 1978-1982, “Valyadolid” (Ispaniya) 1982-1985, “Atletiko Madrid” (Ispaniya) 1985-1987, “River Pleyt” (Argentina) 1987-1988, “Deporivo” (CHili) 1989-1990, “Amerika” (Kolumbiya) 1991-1994, “Milonarios” (Kolumbiya) 1995, “Defensor Sporting” (Urugvay) 1995-1997

Urugvay milliy terma jamoasi safida 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Murabbiylik faoliyati: “Defensor Sporting” (Urugvay) 2007-2009, “Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni) 2007-2009, “Godoy Krus” (Argentina) 2010-2011, “Banfild” (Argentina) 2012, “Penyarol” (Argentina) 2012-2013, “Baniyas” (BAA) 2013-2014, “Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni) 2014 yilning 1 noyabr sanasidan boshlab.

LEGIONERLARI:
Armando Vila (Ekvador)
Tug'ilgan sanasi: 12.05.1985
Ampluasi: Hujumchi

Fabian Estoyanoff (Urugvay)
Tug'ilgan sanasi
: 27.09.1982
Ampluasi: Yarim himoyachi

Adrian Mejeevskiy (Polsha)
Tug'ilgan sanasi:
06.11.1986
Ampluasi: Yarim himoyachi

Muhammad Xusayn (Baxrayn)
Tug'ilgan sanasi:
31.07.1980
Ampluasi: Himoyachi

“Al-Nasr” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasida ikkinchi bor ishtirok etmoqda. Ar-Riyodliklar bungacha 2011 yilgi turnirda ishtirok etishib, “Istiqlol” (Eron), “Al-Sadd” (Qatar) va “Paxtakor” jamoalari ichidan “pley-off”ga yo'llanma olishgan. Biroq 1/8 finalda “Zob-Axan”ga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni erta tark etganlar.

Klubning besh nafar azosi yaqindagina Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo kubogi-2015da qatnishishdi. Bular: darvozabon Abdulloh Al-Enazi, himoyachi Omar Xavsavi, yarim himoyachilar Yaxyo Al-Sehri va Ibroxim G'olib, hujumchi Muhammad Al-Sahlavi.

Saudiya Arabistoni chempionati ayni paytda qizg'in pallasiga kirgan. Raqibimiz “Al-Nasr” 15 uchrashuvda 38 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика