Taniqli murabbiy Ronalduning 2 ta asosiy muammosini ko'rsatib o'tdi
20 okt 2022 19:15
Yangiliklar
Taniqli murabbiy Ronalduning 2 ta asosiy muammosini ko'rsatib o'tdi
Belmgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines so'nggi paytlarda "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima uchun muammoga duch kelganini tushuntirishga harakat qildi.
"Uning ikkita muammosi bor: birinchisi, u 37 yoshda, shuning uchun yomon o'ynayotgan bo'lsa, bu "juda qari" degan manoni anglatadi.
Ronalduning bu yilgi ikkinchi muammosi – bu murabbiy besh marta almashtirishga ega bo'layotgani. Ronaldu 90 daqiqa o'ynamasang, bu o'yinchi uchun kamchilik sifatida qabul qilinadigan davrdan kelgan. Hozirda biz hujumkor o'yinchilar muntazam 90 daqiqa emas, balki APLning shiddatliligi va o'ziga xosligi tufayli 20 yoki 30 daqiqa to'p tepayotganini ko'rib turibmiz", – dedi Martines.
Eslatib o'tamiz, kecha portugaliyalik mavsumda ikkinchi marta o'yinni to'liq zaxirada o'tkazdi. "Tottenxem" bilan o'yinning 90-daqiqasida esa u "Old Trafford"ni tark etdi.
Fikrlar