So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Милан" кутилмаганда очко йўқотди  3 01:15Артета "Арсенал" "Челси" рекордини янгилашни истаётганини айтди  0 00:55Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" марказий баҳсда "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  0 00:41Рубен Аморим "Ливерпуль" майдонидаги ғалаба ҳақида: "Бундан ҳаволаниш керак эмас, Гакпо 20 сантиметрга адашмаганида барчаси бошқача бўларди"  0 00:20Суперлига. "Қизилқум" – "Динамо" 2:0   0 23:50Касильясни тўнаб кетишди  5 23:36Акмал Рустамов: "Қизилқум" таркибидан ҳам термаларда футболчилар ўйнашига ҳаракат қиламиз"  1 23:19Эдин Терзич: "Санчо "Олтин тўп"ни ютишга қодир"  2 22:46Килиан Мбаппе кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 22:23Пау Кубарси: "Класикони бутун дунё кўради. Лекин мен босим ҳис қилмаяпман"  9 21:57Вадим Абрамов: "Мухлислар олдида хижолатдамиз"  3 21:45Футзал. Афғонистон ўсмирлари Ўзбекистонга 10та гол урди  8 21:26"Ливерпуль"нинг ўтган ойдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 20:55Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди  51 20:17Рафинья класикода ўйнамайдиган бўлди  10

Tanaffusda olingan intervyu. Dragan CHeran: "Bu yil to'purarlikni hech kimga bermoqchi emasman. 35 yosh? U faqat pasportda bo'ladi" Yangiliklar

Tanaffusda olingan intervyu. Dragan CHeran: "Bu yil to'purarlikni hech kimga bermoqchi emasman. 35 yosh? U faqat pasportda bo'ladi"

"Paxtakor" jamoasi kecha O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi ikkinchi turida "Do'stlik"ka qarshi maydonga chiqdi (5:0).

Murabbiy Maksim SHackix shu kuni jamoaning etakchisi, to'purari Daragan CHeranga dam olish imkonini berdi. Serbiyalik futbolchi esa uchrashuvni alohida mehmonlar joy oladigan o'rindiqda emas, biz bilan media tribunada kuzatdi. Tanaffusda esa unga o'zimni qiziqtirgan ayrim savollarga javob oldim. 



- Bu yilgi chempionat "Paxtakor" uchun qanday o'tyapti? Mavsum startidagi mag'lubiyatlardan so'ng jamoa ketma-ket g'alabali seriya qayd etmoqda...

- Ha, mavsumni yomon boshladik. Ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng muhimi o'z vaqtida qayta oldik, deb o'ylayman. Hozir g'alabalar qozonmoqdamiz. SHu yo'lda davom etishimiz kerak. G'alabali seriyamiz yanada uzoqqa cho'zilishiga ishonchim komil. 

- Jamoada natija bor, lekin o'yin tomonlama maqtaydigan darajada emasdek taassurot qoldirayotgani keyinchalik bilinmaydimi?

- Ha, natija. Bu chempionlarga hos. Amaldagi chempionlikni saqlab qolish doim qiyin bo'ladi. Menimcha bu ko'p gol urib ochko yo'qotgandan yaxshiroq. Hammada har xil kechadigan jarayon. 

- Ayni paytda 8 nafar futbolchi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Ular orasidan Abbos Fayzullaev "Paxtakor"da muhim figuraga aylangandi. Uning o'rni bilinyaptimi?  

- Abbos yosh bo'lishiga qaramay jamoaga yordam berishga harakat qilyapti. U deyarli asosiy tarkib futbolchimizga aylanib ulgurgan. Diyor Holmatov ham mana bu uchrashuvda maydonga tushib foyda keltirishga urindi. Umuman yoshlar doim etiborda. Ularga tajribamdan kelib chiqib maslahatlarimni berishga tayyorman. 



- Yuqorida aytdikki, bir nechta futbolchilar terma jamoa bilan birga. Demak ularning o'yinlarini kuzatyapsiz. Qaysi uchrashuvda g'alabaga haqli edik?

-  Argentina bilan juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. O'zbekiston kamida durangga loyiq bo'lgandi. Yangi Zelandiya bilan esa yakunda ajoyib kambek. G'alaba qozonishlari mumkin edi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda raqibdan ancha ustun harakat qilishdi. 

- Osiyo chempionatidagi O'zbekiston bilan, Jahon chempionatidagi O'zbekistonni solishtirish qanchalik to'g'ri?

- Mundial boshqa darajadagi musobaqa. Ular yosh, ayrimlarida hayajon, sarosima kuzatilyapti. CHunki yigitlarni butun dunyo ko'rmoqda. Agentlar, skautlar kuzatmoqda. Har tomonlama qiyin.

- Bu yil to'purarlikni hech kimga bermasangiz kerak? 

- Albatta. Hech kimga bermoqchi emasman. Kimga berishim kerak? (kuladi). Kurash oxirigacha kechadi. 



- Lekin raqobatchilaringiz ham oxirgi o'yinlarda gollar urmoqda. Xebay, Zaymovich va hokazo...

- Raqobat doim bo'lgan. Bu menga ham oldinga intilishimda yordam beradi, motivaciya olaman. Ko'ryapsizmi, to'purarlar ro'yxatidagi kuchli uchlikdagi barcha futbolchi legionerlar. Biz o'zbek futboliga foyda keltiryapmiz, deya olaman. Ayrim jurnalistlar serbiyaliklar, legionerlardan nima foyda deyishadi, mana isboti. 

- Yoshingiz 35da bo'lishiga qaramay to'purar bo'lishni o'ylamoqdasiz...

- Yosh faqat pasportda bo'ladi. O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Demak jamoamga naf keltirishda davom etaman.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика