So’nggi yangiliklar

03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1

Talal Solih Al SHahri: “Livanga qarshi boshqacha o'yin namoyish etamiz” Yangiliklar

Talal Solih Al SHahri: “Livanga qarshi boshqacha o'yin namoyish etamiz”

Bugun “A” guruhida Saudiya Arabistoni Livan terma jamoasiga qarshi 2–tur uchrashuvini o'tkazadi.

Biz Saudiya Arabistoni darvozaboni Talal Solih Alshahri bilan uchrashib undan Livanga qarshi o'yin oldidan intervyu oldik.

- O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinda xatolarga yo'l qo'ydinglar. Ushbu xatolardan xulosa chiqardinglarmi?

- O'zbekiston terma jamoasiga qarshi birinchi o'yinni o'tkazdik. Ushbu terma jamoaga va maydonga ko'nikish biroz qiyin bo'ldi. Ushbu o'yindan etarlicha hulosa chiqardik, Livanga qarshi o'yin boshqacha bo'ladi. CHunki biz ularni yaxshi bilamiz ular esa bizni. O'ylaymanki Livanga qarshi o'yin O'zbekiston terma jamoasiga qarshi ko'rsatgan o'yinimizdan ancha farq qiladi.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

- O'zbekiston futzal terma jamoasi juda kuchli. Ushbu terma jamoa anchadan beri yirik musobaqalarda ishtiror etib kelmoqda. Halqaro maydondagi tajribalari etarli. O'yin amaliyoti juda katta. O'zbekiston terma jamoasi o'z uyida o'ynayapti. Ular o'z uylarida muxlislari ko'z o'ygida harakat qilishmoqda.

- Bugun Livanga qarshi o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?

- Saudiya Arabistoni ham Livan ham bir joydan kelgan. Bugungi o'yin juda qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman. Raqibimiz futzalchilari juda kuchli. Bizda esa taktika va tezlik bo'yicha mahoratli futzalchilarimiz bor. Bu o'yinda g'alaba qozonishimizga ishonaman.

- Bugun keyingi bosqichka chiqishinglar yoki guruhda qolib ketishinglar oydinlashadi. Ushbu o'yinga ruhan tayyormisizlar?

- O'zbekistonga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan oldin futzalchilarimiz ham ruhan ham jismonan tayyor edi. Lekin o'yin davomida yo'l qo'yilgan xatolar tufayli mag'lubiyatga uchradik. Nafaqat Livan terma jamoasiga qarshi o'yinga, balki barcha oldindagi o'yinlarga Saudiya Arabistoni hamma tomonlama tayyor. Bugungi o'yinda o'zingiz guvohi bo'lasiz.

- Yurtimiz sizga yodimi?
- O'zbekistonga tashrif buyurganimdan xursandman. Poytaxtingiz Toshkent shahri menga juda yoqdi. O'zbek halqi juda ham xush muomala ekan.   
 

Jahonir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика