So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Talabalar endi O'FA Kubogida o'ynashadi Yangiliklar

Talabalar endi O'FA Kubogida o'ynashadi

Teglar :  O'FAO'FA kubogi
O'zbekiston futbol Associaciyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o'zaro memorandum imzolagani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ana shu memorandum asosida yurtimizdagi Oliy talim muassasalari o'rtasida futbol bo'yicha “O'zbekiston futbol Associaciyasi Kubogi” musobaqalarini o'tkazish Nizomi tasdiqlandi.

Mazkur musobaqani o'tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni manaviy boy va jismonan sog'lom etib tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tishini taminlash, yoshlarni sog'lomlashtirish uchun futbol o'yinlariga jalb etishdan iborat.

«O'FA Kubogi» musobaqasi 3 bosqichda o'tkazilib, yakunda g'olib aniqlanadi va musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdirlanadi.

«O'FA Kubogi»ning 1-bosqichi shu yilning mart oyida boshlanib, unda hududlarda joylashgan Oliy o'quv yurtlari futbol jamoalari uy-mehmon tizimida bahs olib borishadi.

2-bosqich aprel, may, iyun, sentyabr oylarida Namangan, Samarqand, Urganch, Toshkent shaharlarida o'tkaziladi. 2-bosqichda hududlardagi 1-bosqich g'oliblari o'zaro kurashishadi.

3-bosqich final bosqichi hisoblanib, bunda 2-bosqich g'oliblari Toshkentda kurash olib borishadi va yaknuda g'olib aniqlanadi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика