So’nggi yangiliklar

11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  0 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  0 10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  4 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  1 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  25 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  20 09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  0 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  3 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  7 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  6 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1

Takror va takror ko'rishga arziydigan o'yinlar Yangiliklar

Takror va takror ko'rishga arziydigan o'yinlar

Quyida mana shunday bahslarning beshtasiga to'xtalamiz. Xo'sh, siz uchun ushbu uchrashuvlar orasida eng esda qolgani qaysi?

Maqola tagida o'z fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin. Demak, boshladik. 


"Bavariya" - "Yuventus" 4:2 (ECHL 2015/16) 

- O'yinning 60 daqiqasi ko'proq "Yuve" hukmronligida o'tgan. Myunxenliklar himoyasi juda ishonchsiz harakat qilgan, Pogba hatto bo'sh darvozaga to'p kiritishga muvaffaq bo'lgandi. 

- Natijada Pep Gvardiola zaxiradan yangi kuchlarni tushiradi: Kinglis Koman, Xuan Bernat va Tiago. Aynan shu uch futbolchining tushishi o'yin tempini o'zgartirib yuboradi. Natijada "Bavariya" 4:2 hisobida zafar quchgandi.

 

Germaniya – Italiya 0:2 (JCH-2006 1/2 final) 

- Ko'pchilik bu o'yinni himoya hujum ustidan zafar quchgan kun deb hisoblaydi. Germaniyada jahon chempionatining eng yaxshi to'purari Kloze o'ynardi. Raqib safida esa Kannavaro, Materacci, Zambrotta singari mohir himoyachilar to'p tepgan. 

- O'ylaymizki, bu bahs ko'pchilikning yodida qolgan. Fabio Grosso qanday gol urganini bir eslab ko'ring-a, Andrey Pirloning to'p uzatishi-chi... O'shanda Marchello Lippi boshqa futbolchi topolmay majburan "Palermo" himoyachisini mundialga olib ketgandi. Keyin esa aynan Grosso turnirning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. 

- Italiyaliklarning ikkinchi golida Del Peroning qanday kirib borgani bu shunchaki fantastika. U urgan golni qayta qayta tomosha qilib zerikmaysiz. Esingizda bo'lsa, o'sha vaziyatda qarshi hujumni Kannavaro juda chiroyli tarzda boshlab bergandi.

 

"Manchester Yunayted" – "Real" 4:3 (ECHL 2002/03) 

- Ronaldoning eng yaxshi sport formasi haqida gap borganda ko'proq uning "Barsa" va "Inter"dagi o'yinlarini aytishadi. Lekin u "Real"ga o'tganidan keyin ham jamoa yulduzlaridan biri bo'lgandi. Uni ortiqcha vaznlikda ko'p tanqid qilishdi. Lekin MYU bilan kechgan bahsda braziliyalik "so'yloq" Bartez darvozasiga kiritgan uchta goli bilan tanqidchilarning ovozini o'chirgandi.

- Bu o'yin shubhasiz futbol tarixidagi eng klassik bellashuvlar qatoriga kiradi. Uchrashuv yakuniga etgach, butun "Old Trafford" Ronaldoni qarsaklar ostida kuzatib qo'ygandi. Bundan tashqari zaxiradan tushgan Devid Bekxemning qanday karomat ko'rsatgani yodingizdami? O'shanda Bekxem va Ser Aleks o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emasdi, shotlandiyalik murabbiy uni majbur maydonga tushirgandi. 

- 63-daqiqada tushgan Bekxem ikkita gol urishdan tashqari Sulsherga ajoyib tarzda to'pni tekazib beradi, o'yindan keyin esa elkasida Guti va Zidanning futbolkasi bilan kiyim almashtirish xonasiga yo'l oladi.

 

"Real" – "Barselona" 2:6 (La Liga 2008/09) 

- 2009 yilning 2 may oqshomida bo'lib mazkur to'qnashuvni unutib bo'larkanmi. Top o'yinlar qanday bo'ladi? Albatta, murabbiylarning kutilmagan qarorlari orqali. O'yindan ikki kun oldin Gvardiola Messini yoniga chaqirib, El klasikoda unga yangi rol topib qo'yganini aytadi. Bu Messini hujum markaziga qo'yish bo'lgan. 

- SHunday qilib Messi qanotdagi joyini bo'shatib markazga o'tadi. Uning yonida Xavi o'ynaydigan bo'ladi. Bu bilan Gvardiola juda kuchli yurishni amalga oshirgandi. Tabiiyki "Real" o'zining ashaddiy raqibidan bunday yurishni kutmagan. Keyinchalik Xabi Alonso aytganidek, "Real" futbolchilari Messining markazdagi o'yiniga tayyor bo'lishmagan. 

- Madridda kechgan bahsda Messi ikkita gol urib ikki bor to'p uzatishni amalga oshirgandi. Xavi esa shubhasiz maydon markazini to'liq egallagan.

 

Rossiya – Gollandiya 3:1 (Evro-2008 1/4 final) 

Mashhur murabbiylarning boshqa jamoa rulida o'z Vatani jamoasiga qarshi o'yinlar doim diqqat-markazda turadi. Gus Xiddink bilan ham Evro-2008da shu voqea ro'y bergan. Gollandiya guruhda Franciyani 4:1, Italiyani 3:0 hisobida mag'lub etgandi. Ruslar bilan bahsda ham Gollandiyaning imkoniyati ancha baland edi. 

- Lekin shunday bo'ldiki, Rossiya terma jamoasi shu kuni tarixdagi eng chiroyli o'yinini o'tkazdi. Rossiyalik futbolchilar ham o'yin, ham statistika tomonlama raqibdan ustun kelishdi. Zarbalar 11:8 ko'rinish oldi. Bunaqasini hech kim kutmagandi. 

- Dmitriy Torbinskiy uchun juda yaxshi kechgan bellashuvda Andrey Arshavin ham maydonni golsiz tark etmagan, u Van der Sarning oyoqlari orasidan to'pni darvozaga to'riga joylab qo'ygandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика