So’nggi yangiliklar

11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  3 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  11 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0

Tailandga ham bir nazar tashlaymiz: futzal bo'yicha Osiyo Kubogi boshlanmoqda! Yangiliklar

Tailandga ham bir nazar tashlaymiz: futzal bo'yicha Osiyo Kubogi boshlanmoqda!

Ayni paytda hammaning diqqat etibori Qatarda davom etayotgan futbol bo'yicha Osiyo Kubogiga qaratilgan.

Ertaga Tailand poytaxti Bangkok shahrida ham Osiyo birinchiligi start oladi, faqat futzal bo'yicha. 

17-28 aprel kunlari o'tkaziladigan Osiyo Kubogi OFK tomonidan 17-bor tashkil etilmoqda. Eron, Tailand, Yaponiya va O'zbekiston (17 tadan) turnirda eng ko'p ishtirok etgan jamoalar sirasiga kiradi.



Turnirda 16 ta jamoa ishtirok etadi. To'rtta kuchli jamoa (O'zbekistondan tashqari) shu yil yurtimizda o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi. Mezbon davlat O'zbekiston avtomatik tarzda bo'lajak Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangan. SHunday qilib, agar O'zbekiston yarim finalga chiqsa, mundialning so'nggi yo'llanma egasini aniqlash uchun alohida pley-off bosqichi takshil qilinadi. 


"A" guruhi

1. Tailand

2. Vetnam

3. Myanma

4. Xitoy


"C" guruhi

1. Yaponiya

2. Tojikiston

3. Koreya Respublikasi

4. Qirg'iz Respublikasi 


"D" guruhi

1. Eron

2. Kuvayt

3. Bahrayn

4. Afg'oniston


O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliyaga qarshi o'ynaydi. Avstraliyaga qarshi ilk uchrashuv 17 aprel kuni 14:00 da start oladi. TV qarshisiga yaxshilab o'rnashib oling va o'tkazib yubormang!

1-tur

O'zbekiston – Avstraliya

17.04.2024 | 14:00


2-tur

Iroq – O'zbekiston

19.04.2024 | 19:00


3-tur

O'zbekiston – Saudiya Arabistoni

21.04.2024 | 19:00



Xose Venansio Lopes musobaqada quyidagi tarkib bilan qatnashadi:

Ravshan Eliboev, Abbos Elmurodov, Fazliddin Botirov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiev, Sunnat Jo'raev, Ilhom Hamroev, Dilshod Rahmatov, Husniddin Nishonov, Elbek To'lqinov, Akbar Usmonov, Abror Axmetzyanov, Mehroj Xudoyberdiev, Samariddin Berkinov.

Afsuski, muhim o'yinchilardan Davron CHoriev va Anasxon Rahmatov jarohat tufayli terma jamoaga yordam berolmaydi.



Pley-off

Pley-off bosqichida g'olibni aniqlash uchun qo'shimcha taymlar va penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. Uchinchi o'rin uchun o'yinda qo'shimcha taym bo'lmaydi.


CHorak final

1) "A" guruhi g'olibi "B" guruhi finalchisi

2) "C" guruhi g'olibi "D" guruhi finalchisi

3) "B" guruhi g'olibi "A" guruhi finalchisi

4) "D" guruhi g'olibi "C" guruhi finalchisi


Yarim final

"A"/"B" g'olibi – "C"/"D" g'olibi

"B"/"A" g'olibi – "D"/"C" g'olibi


Yutqazgan jamoalar 3-o'rin uchun bahsda qatnashsa, yutganlar finalda o'ynaydi.


Xose Venansio Lopes musobaqa oldidan fikrlari bilan o'rtoqlasharkan, asosiy vazifa oldingi natijani yaxshilash ekanligini takidlab o'tdi. Malumot o'rnida, O'zbekiston bunga qadar 4 marta ikkinchi, 5 marta uchinchi pog'onadan joy olgan.

"Osiyo Kubogi musobaqasida O'zbekiston terma jamoasidan eng yaxshi natijani kutyapman. Biz har bir musobaqa oldidan oldimizga eng yuqori maqsadlarni qo'yamiz, yani Osiyo chempionligini qo'lga kiritish, lekin asosiy vazifamiz oldingi natijamizni yaxshilashdan iborat. O'tgan Osiyo Kubogida O'zbekiston 3-o'rinni qo'lga kiritgan. Demak, birinchi navbatda, oldingi turnirdagi natijamizni yanada yaxshilashga harakat qilamiz".



Darhaqiqat, Osiyo Kubogi O'zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi, chunki terma jamoa bu turnirda hech qachon chempion bo'lmagan. Bundan tashqari, Osiyo birinchiligi yurtimizda bo'lib o'tadigan mundial oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Yigitlarga omad tilaymiz va chempionlikni kutamiz!

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика