So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Tailandda taralsin tanti talantlar. U-17 Osiyo kubogida porlashi kutilayotgan o'zbekistonlik o'smirlar Yangiliklar

Tailandda taralsin tanti talantlar. U-17 Osiyo kubogida porlashi kutilayotgan o'zbekistonlik o'smirlar

2006 yillar terma jamoamizning potencialiga shubha yo'q. Yana bir yaxshi avlod shakllanayotganini ko'rib turibmiz.

Bu terma jamoani Jamoliddin Rahmatullaev qo'lga olganiga 1 yil, undan avval ham Server Jeparovning shtabida bo'lgan. Yigitlarni juda yaxshi biladi. Garchi bular hali o'smir bo'lganiga qaramay ayrimlari allaqachon ko'zga ko'rina boshladi. O'z klublari safida maydonga tushdi. Evropa klublari ko'rigida bo'lib qaytdi. 


Laziz Mirzaev ("Lokomotiv") - Terma jamoamizning sardori va matori. Standartlarda unga teng keladigani yo'q. "Odil Ahmedov FA" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Laziz 2021 yil PFL tomonidan o'tkazilgan U-16 O'zbekiston chempionatidayoq etiborga tushib bo'lgandi. Lazizni potenciali Toshkentda o'tgan saralashda yanada ochildi. Ayniqsa Janubiy Koreya bilan bahsda jarima zarbasini qoyilmaqom amalga oshirib Osiyo chempionatiga borishimizga ulkan hissa qo'shdi, deya olamiz. "Lokomotiv" klubi safida o'tgan mavsumda katta futbolda debyut qilishga ham ulgurdi. Tailanddagi turnir uning faoliyatida yangi sahifa ochsa ajabmas.



Ollobergan Karimov ("Bunyodkor") - "Bunyodkor"da uni Guti, deb chaqirishadi. Xorazmlik yigitcha 2018 yil Xorazm FAdan "Bunyodkor"ga ko'chib o'tgan. O'tgan yili Ivan Boshkovich qo'l ostida asosiy tarkibda debyut qildi va ilk urinishdayoq Farruh Ikromovning goliga uzatmani amalga oshirdi. Yozda klubning "Dinamo Zagreb" bilan hamkorligi doirasida Xorvatiyada ko'rikda bo'lib qaytdi. Hujumkor yarim himoyachi oldinga o'tishga qo'rqmaydi, vaziyatlarni o'qiy oladi. Gutidan shaxsan o'zim ko'p narsa kutmoqdaman. 



Dilshod Abdullaev ("Odil Ahmedov FA") - Bugungi kunda "Paxtakor" o'rinbosarlar tarkibida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan himoyachi Dilshod Abdullaevning ham o'yinlarini o'tgan yili Mirabror Usmonov xotira turniri, Toshkentdagi saralash bosqichi uchrashuvlarida kuzatdim. Harakatlarida sovuqqonlik bor. Bu futboldagi eng muhim narsa. SHu jihat Dilshodning asosiy ustun tarafi. Himoyachi bo'lishiga qaramasdan gollar urishga harakat qiladi. Qaysidir manoda Husniddin Aliqulovga o'xshab ketadi. 



Amirbek Saidov ("Bunyodkor") -  "CAFA U-16 Championship 2022" musobaqasida raqiblar darvozasiga gollarni tahlagan hujumchi. Bu yil "Bunyodkor" o'rinbosarlari safida 2ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urdi. Yakuniy nuqtani qo'yishda Amirbek ancha toblandi. Saralash bahslarida ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.  Umuman bu musobaqada hujum chizig'imizda raqobat juda yaxshi, deya olamiz. Amirbek bilan bir qatorda Quvonchbek Abraev, Oybek O'rmonjonov, SHodiyor SHodiboev, Abdulhamid Turg'unboevlar ham bu turnirda porlab chiqishlarini kutish mumkin. Aytishingiz mumkin, bu yoshda xulosa qilish ertaku. Lekin yigitlar allaqachon 18 yoshga qarab ketmoqda. O'zlarini ko'rsatadigan vaqt keldi.

 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика