So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Tailand termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston juda kuchli himoyaga ega jamoa. O'yinga 100% tayyormiz" Yangiliklar

Tailand termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston juda kuchli himoyaga ega jamoa. O'yinga 100% tayyormiz"

Osiyo kubogi 1/8 finali doirasidagi O'zbekiston - Tailand o'rtasidagi uchrashuvidan oldin tailandliklar bosh murabbiyi Masatada Ishi va futbolchi Elias Dola matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi va futbolchi Elias Dolaning O'zbekistonga qarshi o'yindan oldingi fikrlari qanday?

Masatada Ishi: - Musobaqadan oldin asosiy vazifamiz pley-off yo'llanmasi edi. Keyingi bosqichga chiqish vazifasini bajardik. Endi oldinda yangi sinov bor. Ertangi o'yinga 100% tayyormiz.

Elias Dola: Uchrashuvga to'liq tayyormiz, deb ayta olaman. Barcha jarohatlangan o'yinchilar safga qaytishdi. O'zbekistonga qarshi sinovga shaymiz.

Janob murabbiy, Saudiya Arabistoni bilan o'yindan keyin O'zbekiston haqida gapirishga erta deb aytib o'tdingiz. Hozir esa raqib haqida gapiradigan payt keldi. O'zbekiston terma jamoasining kuchli jihatlari aynan nimada? Raqibni analiz qildingizmi?

Masatada Ishi: Albatta, O'zbekiston juda kuchli himoyaga ega jamoa. Ularga bo'sh zonalar qoldirish juda xavfli. Biz bu narsaga yo'l qo'ya olmaymiz.

Savolim o'yinchiga, bu turnirda birorta gol o'tkazmadingiz. Biroq, pley-off bosqichidagi raqiblar boshqa darajada. O'zbekistonga qarshi o'yinda qanday harakat qilmoqchisiz?

Elias Dola:  Ertangi o'yinda qilishimiz kerak bo'lgan asosiy ish - gol o'tkazmaslik. Murabbiyimiz qanday o'ynash kerakligini aniq belgilab berdi. O'yindan oldin ishonchimiz yuqori. O'zbekistonga qarshi rejamiz aniq. Maqsadimiz keyingi bosqichga yo'l olish.

- Savolim futbolchiga. Guruh bosqichi o'yinlari nisbatan oson edi. Bu safargi raqib - O'zbekiston terma jamoasi. Bu o'yin oldingilaridan qanchalik qiyin bo'lishi mumkin?

Elias Dola: Guruhdagi raqiblarning barchasi FIFA reytingida bizdan yuqorida edi. Yakunda guruhdan chiqa oldik. O'zbekiston ham reytingda bizdan ancha balandda joylashgan. Bizni xursand qiladigan narsa shuki, butun tarkibimiz o'yinga tayyor. Biz bu o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olishimizga ishonaman.

Janob murabbiy, ertaga tajribali himoyachi Theraton Bunmatan safga qaytadi. Uning maydonga tushishi jamoaga qanchalik yordam beradi?

Masatada Ishi: - Albatta, Bunmatanning tarkibda bo'lishi juda katta foyda beradi. Tailandda u kabi tajribali o'yinchilar sanoqli. U jamoadagi eng muhim o'yinchilardan biri. Umuman olganda, bu musobaqada bir butun bo'lib harakat qilyapmiz.

- Janob murabbiy, guruh bosqichida gol o'tkazmadik, ammo uchta o'yinda ikkita gol urganimizni ham unutmaslik kerak. Bu ikki gol ham birinchi o'yinda urildi. O'zbekistonga qarshi o'yindan oldin biror o'zgarishni amalga oshirmoqchimisiz?

Masatada Ishi: - Guruh bosqichi o'yinlarida darvozabon va himoya chizig'imiz ajoyib harakat qildi. Biroq, hozir nimchorak finaldamiz. Daraja umuman boshqa. O'zbekistonga qarshi o'yinda guruhdagi o'yinlarga qaraganda boshqacha harakat qilamiz.

- Savolim futbolchiga, bosh murabbiy musobaqadagi eng asosiy vazifani bajardik deb aytdi. Asosiy maqsadga erishilgach, jamoani qaysi yo'l bilan ruhlantirish mumkin?

Elias Dola: - O'zimdan kelib chiqsam, men o'zimni osonlik bilan ruhlantira olaman. Doha kabi ajoyib shaharda uzoqroq qolmoqchiman. Maqsadimiz aniq. Fikrimcha, tarkibdagi barcha o'yinchi men kabi fikrlasa kerak. Murabbiy bizga, biz murabbiyga to'liq ishonamiz. Qatarda ko'proq o'yin o'tkazishni niyat qilganmiz.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика