So’nggi yangiliklar

09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  0 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  1 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  5 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  7 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  8 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   14 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   6 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  15 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  33

Tahliliy maqola. Ligalar saviyasi o'rtasidagi katta farq Yangiliklar

Tahliliy maqola. Ligalar saviyasi o'rtasidagi katta farq

Futbolni rivojlantirishi uchun hali ko'p ishlar qilish zarur. Hattoki, Evropa va Amerikaning taraqqiy etgan mamlakatlarida ham millionlar o'yinini kuchaytirish uchun tashkil etilayotgan ishlar ko'lami yildan-yilga ko'payib bormoqda.
SHu sababli bunday vaziyatda futboli taraqqiy etmay qolgan davlatlar xuddi rivojlanishdan to'xtab qolgandek ko'rinadi. CHunki boshqalar kuchaygandan keyin o'sha jamoa kuchsizlanadi va futbolning saviyasizligi vujudga keladi. Muvaffaqiyatlarga erishish uchun dastlab o'sha hududda futbolni rivojlantirishga harakat qilish kerak. SHundagina terma jamoa va milliy chempionat ham kuchayadi.
Futbolning yanada taraqqiyotga erishishida mamlakat ligalari o'rtasidagi farqning o'ta katta bo'lmasligi muhim o'rin tutadi.

Etibor qiling, so'nggi yillarda oliy ligaga birinchi ligadan chiqqan qaysi jamoa o'zining avvalgi tarkibining o'zagini saqlab qolgan holda yuqori ligada qolishni uddaladi yoki o'rtamiyona o'rinlardan birini band etdi? Oxirgi mavsumlarda birinchi ligadan chiqqan jamoalar o'z tarkiblarini kamida sakson foizga o'zgartirishmoqda. Bunday raqam Evropa yoki Janubiy amerikalik, nainki Osiyoning bir necha mamlakatlaridagi futbol mutaxassislari va ishqibozlarini ham ajablantirishi mumkin. O'sha davlatlarda yuqori liga bilan undan pastki liga orasidagi farq juda katta va sezilarli darajada emas.



Har holda, pastki liganing dastlabki olti-etti jamoasi yuqori divizionning o'rtamiyonalari bilan bemalol jiddiy kurash olib bora oladi. Bizda esa so'nggi paytlarda bunday voqealarga umuman guvoh bo'lmayapmiz. Birgina “Mashal” avvalgi tarkibini sezilarli darajada o'zgartirmasdan o'rtamiyonaga aylandi, biroq aslida bu jamoani saviyasiz legionerlar birinchi ligaga ravona qilgandi.

Tafovut katta bo'lgan holatlarda futbolchilarning ikki guruhga yaqqol ajralib qolishini aytish mumkin. Misol uchun, o'zimizda aksariyat vaziyatlarda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan klublar tarkiblarini tubdan o'zgartirishga va o'z safiga oliy ligada to'p surgan futbolchilarni qo'shib olishga harakat qilishadi. Natijada o'yinchilar ikki toifaga ajralib qoladi - oliy va birinchi liga futbolchilari. Etibor qilsak, oliy ligadan tushib ketgan jamoa futbolchilari kelasi yilni yana yuqori ligada o'tkazishmoqda. Demak, oradagi saviya juda katta farqni tashkil etyapti. SHuning uchun birinchi ligada to'purarlar qatorida yurgan hujumchilar ham, ishonchli o'yin namoyish qilayotgan boshqa futbolchilar ham oliy liga klublaridan o'rin ola bilishmayapti.

Albatta, aksariyat hollarda. O'tgan mavsumda birinchi ligadan oliy liga jamoasiga o'tgan futbolchilar bo'ldi, biroq u qadar ko'p miqdorda emas. Bu borada Evropaning eng kuchli chempionatlarida vaziyat yuqori darajada, yani Italiyada "V" seriyadan "A" seriyaga o'tgan o'yinchilar o'zlarini ko'proq ko'rsata olishadi. Bizdagi bunday ahvolga jamoalarning iqtisodiy ko'rsatkichlari orasidagi farq ham sezilarli darajada tasir ko'rsatadi. Pul yo'q joyda yaxshi jamoa tuzish qiyin. Tuzsa bo'ladi, ammo buning uchun katta harakat va intilish zarur. Hozircha intilishlar talab darajasida emas.

Aynan mana shunday holatlar keyinchalik mavsum oralig'ida o'tishlarning, yani transferlarning haddan ziyod ko'p miqdorda qayd etilishiga sababchi bo'ladi. Bunga bir tarafdan klublar futbol akademiyalarining hech bo'lmaganda qoniqarli ishlamasligini bildirsa, ikkinchi tomondan ligalar va futbolchilar o'rtasidagi farq xuddi er bilan osmoncha ekanligini isbotlab turadi. Aytaylik, Angliya yoki Germaniyada yuqori ligaga qo'shilgan jamoalar o'zlarining avvalgi tarkiblari bilan ancha kuchli o'yin namoyish etib berishadi. Afsuski, hozirgacha biz bunday voqeaga deyarli guvoh bo'lmadik. O'zining ilk mavsumida premer-ligada "Sanderlend", "Sautgempton" singari klublar turli shov-shuvli natijalarni keltirib chiqarishgan. 1997 yilda esa Germaniyada yigirmanchi asrning kulminacion hodisalaridan biri sodir bo'lgandi. O'shanda ikkinchi bundesligadan bundesligaga yo'llanma olgan "Kayzerslautern" "Bavariya", "Borussiya" hamda "Verder" singari etakchilarni ortda qoldirib, mamlakat chempionligiga erishgandi.



“A” seriyada o'tgan mavsum “Verona” barchani ajablantirdi. Demak, bu mamlakatlarda ligalar orasidagi farq juda sezilarli darajada emas. Ayni paytgacha esa yurtimizda bunday jamoalar bo'lmagan. "Samarqand-Dinamo", "Akademiya" singari klublar bir urinishda beshinchi o'rinni zabt etishgan, lekin ularning tarkibi sakson foizga o'zgarib ketgan. Bir yildayoq xalqaro musobaqalarda qatnashishni uddalab bo'lgan "Bunyodkor" to'g'risida ham shunday deyish mumkin. To'g'ri, jamoa debyutant edi, biroq futbolchilar emas. Birgina “Mashal” joriy mavsumda tarkibni kam o'zgartirgan holda yuqoriroq pog'onadan o'rin olish imkoniyatiga ega bo'lib turibdi. Biz bu bilan oliy ligaga yo'l olgan jamoalarning o'z tarkiblarini mahoratli yoki tajribali futbolchilar bilan kuchaytirib olishiga qarshiligimizni aytmoqchi emasmiz. Bu kabi voqealar klub hal qiladigan ishlar sanaladi. Lekin bunda futboldan ko'ra jamoa kuchayishi ko'proq bo'ladi.

Millat va terma jamoa uchun esa futbolning o'sishi muhimroq hisoblanadi. Liga va futbolchilar o'rtasidagi farqning oshishi oliy liga yangi chiqqan jamoalarga iqtisodiy jihatdan qo'shimcha muammolar ham to'g'diradi. Yangi o'yinchilarni sotib olish yoki tarkibni tubdan yangilash arzonga tushmasligi barchaga malum. Ehtimol, debyutantlar yuqoridagi sabab tufayli shunday yo'l tutishayotgandir. Tarkibning yangilanaverishi esa jamoaning xarakteri yo'qolishiga, aniqrog'i bunday xarakterning umuman paydo bo'lmasligiga olib keladi. Xorij terma jamoalari yoki klublari haqida suhbatlashar ekansiz, ularning nomi aytilishi bilan birinchi navbatda ko'z oldingizga o'sha jamoa namoyish etadigan o'yin uslubi, xarakteri, etakchi futbolchilari ko'z oldingizga keladi. O'zimizning oliy ligada esa bunday jamoalar soni nari borsa, besh yoki oltitani tashkil etadi.

Ligalar orasidagi farqdan eng katta zarar ko'radigan musobaqa o'sha mamlakat kubogidir. SHu sabab bilan O'zbekiston Kubogida yildan-yilga intriganing yo'qolib borayotganini izohlash mumkin. Yangi asrda birgina "Traktor" va “SHo'rtan”finalga chiqib, ishqibozlarning qiziqishini oshirgandek bo'ldi, biroq undan keyin finallarda faqat o'sha paytdagi etakchilar o'ynab kelishyapti. Agar birinchi liga jamoalari ham Kubokka jiddiy etibor qaratib, bor kuchlari bilan to'p surishganda, balki muxlislar xuddi Evropada bo'lgani kabi ko'plab kutilmagan natijalarga guvoh bo'lishlari va kubok bellashuvlarini orziqib kutishlari mumkin edi. Ehtimol, birinchi liga jamoalari O'zbekiston Kubogida muvaffaqiyatli o'ynashga harakat qilayotgan bo'lishlari mumkindir, ammo ligalar o'rtasidagi katta tafovut buning natijalarda aks etishiga umuman yo'l qoldirmayapti.



Natijada nimchorak finaldan boshlab uchrashuvlar oliy liga klublarining o'zaro bahslariga aylanib qolmoqda. Bu qiziqishni tushirib yuboradi deb, yuz foiz ishonch bilan fikr bildirish ham noto'g'ri bo'lar, shunga qaramay, quyi liga jamoalarining unda yaxshiroq ishtirok etishlari musobaqa saviyasini oshirishini hech kim inkor etmasa kerak. Ligalar orasidagi farqning kattaligini o'zaro uchrashuvlarda sezdirmayotganliklari sababli jahonning bir necha davlatlarida kubok bahslari chempionatdan ko'ra ancha-muncha shiddatli va murosasiz ko'rinish oladi. Bir ko'p yillar muqaddam Franciyada to'rtinchi divizion vakili "Nim" Kubok egalari Kubogiga yo'l olgandi. Angliyada ham tez-tez quyi liga jamoalarining chorak va yarim finallarga etib kelishini kuzatamiz.

Eng muhimi, mana shunday holatda futbolchilar o'rtasida terma jamoaga nomzod bo'lishga va asosiy tarkibdan joy olishga bo'lgan kurash ancha keskin tus oladi. Raqobat katta bo'lgan joyda o'sish yuzaga kelishi o'z-o'zidan tushunarli. Ligalar o'rtasidagi farq qisqargach, yuqori divizionda o'ynayotgan klublar orasidagi farq ham qisqaradi. Bu tabiiy hol, chunki yuqoriga harakat qilgan paytda kimdir yaqqol ravishda boshqalardan o'zib keta olmaydi. O'zib keta olsa ham, bunga osonlik bilan erisha olmaydi. Bizda bunday vaziyat yuz bergudek bo'lsa, futbolimiz va terma jamoalarimiz ulkan foyda ko'rishadi. Birinchidan, futbolimizda rivojlanish va ommaviylik ko'proq namoyon bo'la boshlaydi. Qolgani murabbiylarning faoliyatiga bog'liq bo'lgan ishga aylanadi.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика