So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  4 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  4 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1

Tahlil. Xomyakovning rejasi ish berdi. "Burgutlar"ning andijoncha g'alabasi haqida Yangiliklar

Tahlil. Xomyakovning rejasi ish berdi. "Burgutlar"ning andijoncha g'alabasi haqida

Superliganing 5-turi to'liq vodiy jamoalariga ataldi. "Neftchi" boshlab bergan bayramga "Andijon" muvaffaqiyatli yakun yasadi.

Toshkentda shu kuni hamma narsa ajoyib edi. Ob-havo futbol o'ynaydigan darajada super, stadiondagi muhitga alohida tasannolar. "Jar" stadionida esa "burgutlar" parvoz qildi.

Tarix yaratilgan oqshom

"Paxtakor" o'z tarixida birinchi marotaba Toshkentda "Andijon"ga mag'lub bo'ldi. Jamoalar shu kungacha poytaxtda 28 marotaba uchrashishgan bo'lib, 24 ta o'yinda "sherlar" g'alabasi qayd etilgan. 4 ta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. Yana bir fakt shuki, "burgutlar" 26 yildan so'ng raqibi darvozasiga 3 ta gol urdi. Bunday holat so'nggi bor 1999 yilgi mavsumda "Paxtakor" stadionida bo'lgan va unda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etilgan. 

"Andijon" raqibini o'z uslubida engdi 

Kecha hamkasbimiz Abdulvosit Bektemirov matbuot anjumanida murabbiyga "Andijon" 15 yil oldin ham "Paxtakor"ga qarshi himoyaviy o'ynaganini takidladi.  To'ppa-to'g'ri joyida berilgan savol. Bu narsa kecha kutilgan edi, keyin ham bo'ladi. O'yin davomida ham Xomyakov taktikasi, imzosi yaqqol bilinib turdi. Bunga qarshi taktika, reja ishlab chiqish Moreyraning zimmasida turgan edi. "Burgutlar" kecha o'z rejalaridan ortiqcha tashqariga chiqqani yo'q va buni raqibiga o'tkaza oldi ham. Ular urgan 3 ta golning 2 tasi standart vaziyatlardan so'ng bo'ldi. Burchak, jarima to'plari, yuqoridan keladigan to'plarda yutib chiqish Xomyakov jamoasining muhim fishkasi va ustun nuqtasi ekanligini bilasiz. Lekin buni portugaliyalik bilmadi va unga qarshi kerakli qurolni ishlab chiqmadi. Avval aytganimizdek Pedru Moreyra shogirdlari asosan to'p nazoratiga etibor qaratyapti, to'p bilan oldinga yurmoqda. Kecha ham ular bu borada ular katta farqqa ega chiqishdi, 71 foiz. Gap esa buning g'alabaga etarli bo'lmayotganida. Jamoa ishtirokidagi o'yinlarda aynan raqiblar o'ziga moslashtirib olmoqda, o'zining ustun tarafi, rejalarini o'tkaza olyapti. "Andijon"da esa mag'lubiyatsiz seriya davom etadi. Jamoa bu yil etakchilar "Nasaf", "Navbahor"dan so'ng esa Toshkentda "Paxtakor"dan ochko tortib oldi. 9 ochkodan 5 tasini o'z darajasidan nisbatan balandroq jamoalar bilan uchrashuvlarda qo'lga kiritdi. 

Moreyra manziliga malomatlar

Janob Moreyra "Paxtakor"dek to'p bilan o'ynashni yaxshi ko'radigan jamoaga 80 foiz raqiblar ikkinchi raqamni tanlaydi va xuddi "Andijon" qilgan ishni qiladi. Bu esa ularning aybi emas, chorani topa olmayotgan sizning aybingiz. Futbolchilar maydonda sizning ko'rsatmalaringizdan kelib chiqib harakat qiladi. Faktlarga qaraymiz. 

- "Sherlar" 5 ta turda 4 ta mag'lubiyatga uchradi va bu tarixdagi eng yomon startlardan biri amalga oshib bo'ldi. 

- 4 yildan so'ng Jizzaxda "So'g'diyona"ga 3 ochko sovg'a qilindi. 

- "Paxtakor" 8 yildan keyin o'z maydonida "Dinamo"ga engildi. 

- "Andijon" Toshkentdan g'alaba bilan qaytdi. 

Bu ketishda birin-ketin hamma tarixlar qayd etib bo'linadi (shekilli). 

Vodiydan qochib vodiyga 

Jamoa uyda vodiy jamoasi qarshiligini enga olgani yo'q, endi ular yana vodiyga aniqrog'i Farg'onaga safar qilishadi. "Neftchi"ning oxirgi o'yinlaridan kelib chiqsak 3 ochkoni berib yubormasligi ehtimoli katta. "Andijon" maydoniga Vadim Abramov "Dinamo" bilan keladi, keyin esa Jizzaxga safar qilinadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика