So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Tahlil. Xitoy Osiyo limitidan voz kechdi, buni bizga zarari... Yangiliklar

Tahlil. Xitoy Osiyo limitidan voz kechdi, buni bizga zarari...

Bugun rasman Xitoy super ligasining reglamentiga jiddiy o'zgartirish kiritilganligi tasdiqlandi. Endi ko'ra endi Xitoyda Osiyoliklar uchun kvota mavjud emas.

XITOYDA 4+1 O'RNIGA 4 LIMITI AMALDA QO'LLANILADI

Bu xabar avvalroq chiqqan bo'lsada, super liga vakillari qarorni 2018 yildan kuchga kirishiga umid bog'lab turgandilar. SHuning uchun joriy mavsum transfer bozorida eski reglament asosida o'z saflarini kuchaytira boshladilar. Huddi shunday taklif bilan arablardan BAA va Qatar allaqachon o'z dasturini ishlab chiqayapti. Yaqin kunlarda bu ikki mamlakatda ham osiyolik futbolchi kvotasi bekor bo'ladi. Xitoydan farqli ravishda ular to'rt nafar futbolchini maydonda to'p tepishi uchun ruxsat berishni reja qilayaptilar. Legionerlar sonida o'zgarish bo'lmaydi, faqat sifat darajasini oshirish uchun Osiyodan voz kechishni niyat qildilar. Endi bu davlatlarda to'p tepish uchun Osiyolik futbolchi, Janubiy Amerika va Evropalikdan kam bo'lmasligi kerak, qiyin masala...

Hozirda Xitoy va arab mamlakatlari OFKga ham 3+1 limitini shunchaki, 4 ko'rinishga kelishini taklifi bilan chiqqanlar. Agar OFK ham shu yo'ldan boradigan bo'lsa, yaqin yillar ichida Osiyo klublarini, osiyolik futbolchilarga bo'lgan talabi qolmaydi.

XITOY AQLDAN OZGANI YO'Q

Bugungda ko'plab o'quvchilar Xitoylik biznesmenlar bekorga pul sarf etayotganini aytishayapti. Ammo hammaning ham xabari yo'q, Xitoy super ligasida o'z klubiga ega kompaniya davlat solig'idan 22%ga ozod etiladi. Yaniy 25% soliq o'rniga, kompaniya 3% soliq to'laydi xolos. "SHanxay SPIG" klubi homiysi "ShanghaiInternationalPort" kompaniyasining yillik aylanma puli 17.9 mld AQSH dollariga teng. Deylik, kompaniya mazkur summadan shu kungacha 2 mlrd pulni soliqqa to'lagan. Endi ular futbol jamoasiga egalik qilish orqali, 8 barobar kam soliq to'laydilar. Bu 250 million AQSH dollari degani. Kompaniya 1 mlrd 750 mln AQSH dollarini tejayapti. Kompaniya jamoasining bugungi kundagi harajatlari 200 mln AQSH dollariga teng bo'lishi mumkin, oshsa 250 mln. Lekin kompaniyani soliqdan yutayotgan pulini oldida bu xarajatga Siz ham ko'z yumib ketgan bo'lardingiz. Kamiga Sizni kompaniyangizni dunyo taniyapti, Siz eng yaxshi klublardan biriga egasiz. Mamlakatda sportni targ'ib qilayapsiz. Bu hammasi emas, Xitoyda futbolga mablag' ajratayotgan biznesmenlarning mamlakat rahbari, Si Czinpinning o'zi qo'llab - quvvatlayapti. Xu Czintaodan keyin hukumat tepasiga kelgan Si Czinpin futbolning ashaddiy muxlislaridan biri hisoblanadi. Qaysi davlatga bormasin, u erning futboli bilan qiziqadi. Angliyaning "Manchester Siti" klubini "ChinaMediaCapitalHoldings" kompaniyasiga o'tishida ham uning Buyuk Britaniyaga qilgan tashrifi katta rol o'ynagan edi. Hukumat rahbariga yoqish maqsadida ham katta kompaniyalar futbolga sarmoya kiritishayapti.


Aksar o'quvchilar Xitoyni MLS va arab davlatlariga qiyoslayaptilar. SHu kungacha bunday katta hajmda na AQSHda na arab davlatlarida MTJ azolari bu chempionatlarga oshiqmaganlar. Asosan faoliyatini tugatishni maqsad qilgan futbolchilar pul ishlab olish maqsadida yuqoridagi mamlakatlarga borganlar. Xitoy esa bugungi kunda hamon Evropada talabga ega bo'lgan futbolchilarni o'z chempionatiga olib kela oldi. Har bir klub safida kamida uch nafar yaxshi saviyadagi futbolchini bo'lishi, klublardagi futbolchilarning saviyasini oshishini taminlaydi. 

23 YOSHGACHA BO'LGAN FUTBOLCHI MAYDONDA TO'P TEPISHI SHART, AKADEMIYALAR HAM RIVOJLANADI

O'zbekiston - Suriya uchrashuvini tomosha qilish uchun kelgan xitoylik hamkasblarimni o'zbekcha choyga taklif qilgan edim. Ikki nafar hamkasbimiz bilan ancha suhbatlashgan edik. 1.5 mlrd aholi bor joydan nega futbolchi chiqmaydi degan savolni ko'p berasiz, buni o'ziga yarasha sabablari bor. Masalan, Xitoyda yaqin-yaqingacha bir oila faqat bir marotaba farzand ko'rish imkoniyatiga ega edi. Xitoyda bor yo'g'i 16ta jamoa. Futbol orqali non topish uchun 1.5 mlrd aholidan bor yo'g'i 400 kishiga nasib qiladi. Bundan 10 yil muqaddam Xitoy chempionatida bunday katta mablag' yo'q edi. Birinchi ligasidagi maoshlar ham juda past bo'lgan. Yillar davomida hech kim farzandini tavakkal qilib futbolga bermadi. Xitoyda ishsiz qolish o'limga teng. SHunday hududlar bor-ki, fermerning guruchini olsa bo'lgani, maoshning keragi yo'q, qorin to'ysa bo'ldi. Agar ota-ona farzandini o'qitmasdan futbolga bersa-yu, undan futbolchi chiqmasa, bu ular uchun katta fojea. Bizda-ku, futbolchi bo'lmasangiz ham ishingizni topib ketaverasiz. Evropada toki ishga kirmaguningizcha davlat tomonidan malum miqdorda pul olib turasiz. Xitoyda unday emas. U erda yashash uchun jiddiy kurash mavjud. Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida xitoylik hamkasbimiz, bizda maktabni tugatib kollejga kirmasang, qo'lingda diploming bo'lmasa hayotning azoblariga chidashga majbursan degan edi. Undan tashqari, Xitoyda medicina juda qimmat. Jarohatlangan bolaning medicina harajatlari bir necha ming yuanni tashkil etadi. Puli bor ota - ona esa o'g'lini sportchi qilgandan ko'ra, o'z soxasini etuk egasi bo'lishini istaydi. Qisqasi, Xitoyda bolalar futboli mana shunday qiyin davrni o'z boshidan kechirgan. Endi esa...

Endi barchasi o'zgarayapti. Yulduz futbolchilarni Xitoy chempionatiga olib kelish orqali, ota-ona va bolalar o'rtasida futbolga bo'lgan munosabat o'zgartirilyapti. 2050 yilga qadar mamlakatda 500tadan ortiq professional futbol akademiyalari faoliyat olib borishlari kerak. Endi Xitoyda faqat super ligada emas, quyi ligalarda ham yaxshi maosh to'lanadi. Endi xitoylik bola 400ta o'rin uchun emas, o'zi istagan ligasida o'ynash uchun imkoniyatga ega bo'ladi. Akademiyadagi istedod egasi medicina xarajatini o'ylab o'tirmaydi, endi uning uchun pul tikadigan katta kompaniyalar faoliyat yuritadi. 


YAQIN 10 YILDA XITOYLIK FUTBOLCHILARNI EVROPADA KO'RASIZ

Davlat dasturi shu tarzda faoliyat olib boradigan bo'lsa, yaqin 10 yil ichida Evropada ko'plab xitoylik futbolchilar faoliyat olib boradilar. Bu borada xitoylik biznesmenlar allaqachon o'z ishlarini boshlab yubordilar. Bugungi kunda Evropaning turli saviyasidagi quyidagi jamoalari xitoyliklar bilan hisob kitob qilishga majbur. Bugun Xitoy futbol akademiyalariga kelayotgan 10 yoshli bola, 10 yil o'tib hech bo'lmasa shu klubning zaxira o'rindig'ida o'tiradi. "Slaviya", "Den Xaag", "Sosho", "Espanol" kabi jamoalarning asosiy tarkibida faoliyat olib boradilar. 15 yil o'tib esa ish sifati yanada oshadi. Mana Xitoy nimani ko'zlayapti. Ular shunchaki millionlarni ishlatish niyatida emas, asosiy maqsad millionlar orqali, milliardlab aholini ko'nglini olish.

Bu esa xitoyliklar egaliq qilayotgan klublar:

1."Atletiko" (Ispaniya) – WandaGroup

2. "Espanol" (Ispaniya) – RastarGroup

3. "Granada" (Ispaniya) – Link International Sports Limited

4. "Inter" (Italiya) – Suning Commerce Group

5. "Milan" (Italiya) – Europe Sports Investment Management Changxing

6. "Nicca" (Franciya) – Xitoy - AQSH konsorcium.

7. "Sosho" (Franciya) – Ledus

8. "Lion" (Franciya) – IDG Capital Partners

9. "Aston Villa" (Angliya) – Recon Group

10. "Vulverxempton" (Angliya) – Fosun

11. "Manchester Siti" (Angliya) – China Media Capital Holdings

12. "Vest Bromvich" (Angliya) – Yunyi Guokai Sports Development Limited

13. "Den Xaag" (Gollandiya) – United Vansen International Sport

14. "Slaviya" Praga (CHexiya) – China Energy Company Limited


XITOYNI ROSSIYADAN FARQI

2017 yilda Osiyolik legioner kvotasidan voz kechildi va 23 yoshgacha bo'lgan futbolchini maydonda bo'lishi shart etib qo'yildi. 23 yoshgacha bo'lgan futbolchi Xitoy fuqarosi bo'lishi shart. 2018 yilda legionerlarga atalgan kvota yana bittaga kamayishi dasturga kiritilish arafasida. Hozirda Xitoy chempionatida 5 nafar legioner ro'yxatdan o'ta oladi. Maydonda faqat uch nafar legioner futbolchi harakat qilishi lozim. 2018 yilda esa jamoalar 4 nafar legioner futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. JCH-2026ga tayyorlanish maqsadida, u erda maydonda to'p tepishi lozim bo'lgan futbolchining yoshi qisqarib borishi ham mumkin. Rossiyada bir vaqtning o'zida 5 nafar legioner futbolchi maydonga tushishi mumkin. Undan tashqari MDH fuqarolariga Rossiya pasportini berish orqali legionerlar limitini o'zlariga to'g'irlab olayotgan klublar ham yo'q emas. SHuning uchun mahalliy rus futbolchisini Premer-ligada to'p tepib ketishi qiyin bo'layapti. Xitoy katta pullarni sarf qilish bilan birga o'z mahalliy futbolchilarni ham esidan chiqarayotgani yo'q.

Hozircha Si Czinpinga yoqish maqsadida Xitoy futbolida katta pullar aylanayapti. U ketsa nima bo'ladi? Bu savol xitoyliklarni ham o'ylantirayotgan bo'lsa ajab emas. Lekin bugun qurilayotgan akademiyalar buzilib qolmaydi. U erda bolalar bo'ladi. Xitoy mahalliy xalqni yana katta futbolga qaytara oldi. Milliardlar bo'lmagan taqdirda ham maoshlarni tushirish orqali Xitoy mahalliy futbolchilarini yuqori maosh bilan taminlash kuchiga ega bo'ladilar. 

2015 yilgi mavsumda "Guanchjou Evergrand" 57 million miqdorda pul ishlab topdi. Klubning xarajati esa 200 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 143 mln zarar. Xitoy klublari ham yaxshi biladilar, doim ham shunday mablag' bo'lmaydi. Hozir ular mamlakat futbolini rivojlantirib olish orqali, keyin investorlarsiz ham o'zlari kun ko'rish niyatidilar. "Guanchjou Evergrand" bugungi kunda dunyodagi eng katta akademiyaga asos soldi. 15 yil o'tib jamoaning akademiyasida tarbiya topayotgan futbolchilar Evropaga eksport bo'lishi kerak. Hozirgi kun pullaridan foydalanib qolgan holda Xitoy klublari ertangi kunga umid bilan boqayapti. 


AHMEDOV, ISMOILOV VA KRIMECGA KVOTA QANDAY TA'SIR QILADI?

Bekor qilingan kvota Ahmedovdan ko'ra ko'proq Krimec va Ismoilovga tasir qilishi mumkin. "CHanchun Yataya" klubi safida 5 nafar legioner bor. Anzur Ismoilov osiyolik sifatida barcha o'yinlarda muntazam maydonga tushib kelayotgan edi. Endi uning raqiblari yo'q emas. Marselo Moreno (Boliviya), Bruno (Braziliya), Mislav Orsich va Darko Matich (Xorvatiya). Baxtimizga ularning birontasi himoyachi emas. Xitoyliklar asosan old chiziq uchun legioner futbolchilarni harid qiladilar. "Beyjin Goan"da to'rt nafar legioner bor. Bular, Renato va Ralf (Braziliya) hamda Burak Yilmaz. Hozir eng katta bosh og'riq "SHanxay SPIG" bosh murabbiyida. Xitoyliklar asosiy etiborni hujumga qaratayotgan bir pallada Boash tayanch yarim himoyasiga Ahmedovni oldi. Old chiziqda Xalk-Oskar-Elkeson juftligini maqul ko'rayotgandi. Elkeson Xitoy chempionatining "professori" hisoblanadi. Hujumchi so'nggi to'rt mavsumda Xitoyda 98ta uchrashuvda maydonga tushib, 70ta gol urdi. Karvalyuni ham unutmaymiz.

O'zbekiston milliy terma jamoasining sardori va ikki nafar asosiy markaziy himoyachisini zaxiradan joy olishi, terma jamoamiz uchun JCH saralash bosqichi oldidan yaxshi emas albatta. Ismoilov va Krimecdan farqli ravishda asosiy tarkibning muqim futbolchisi bo'lish uchun Ahmedovning imkoniyati katta. Bunday deyishimimga sabab, "SHanxay SPIG"ni OCHLda ishtirok etishi. To'g'ri, klub hozircha pley-off bosqichida o'ynaydi. Ammo hech kim ularni "Bangkok Glass" (Tayland) - "Yadanarbon" (Myanma) juftligi g'olibini yutishiga shubha qilmayotgan bo'lsa kerak. OCHLdagi 7ta o'yin Ahmedovni "SHanxay SPIG"dagi faoliyatida katta rol o'ynaydi. Aynan shu o'yinlardagi raqobat orqali u Xitoy Super ligasida ham asosiy tarkib o'yinchisi ekanligini ko'rsata olishi kerak bo'ladi. Krimec va Ismoilov uchun OCHL yo'qligi biroz pand berishi mumkin. Ismoilovning ham yutug'i yo'q emas. U ko'p yillar davomida "CHanchun Yatay" klubi uchun katta ish qildi. Bu ham katta futbolda yordam berishi mumkin bo'lgan xislat.


Osiyolik kvotani yo'qolishi o'zbekistonlik futbolchilarni Xitoy jamoalariga borish eshigini yopishini taminladi desak ham bo'ladi. Yaqin oylarda arab davlatlari ham mazkur qarorga imzo chekadigan bo'lsalar, bizning futbolchilar uchun yaqin bo'lgan hududlarimiz, Qozog'iston va Rossiya chempionatiga yo'l qoladi. Rossiyani ham futbolchilarni chertib-chertib olishini inobatga olsak, oldimizda bitta vazifa qoladi, u ham bo'lsa oliy ligani kuchaytirish!

Bu Xitoy haqida bilganlarim va o'rganganlarimning yarmi ham emas. O'zim uchun qiziq deb bilgan holatlariga to'xtalib o'tdim. Xitoy Evropada joylashganida unachalik etibor qilmasdim. 80-yillarda, birov, ertaga Yaponiya va Janubiy Koreya zo'r bo'lib ketadi desa ishonmasdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin o'ziga kelib olishi uchun Yaponiya juda qattiq mehnat qildi. Mamlakat iqtisodiyoti o'ziga kelgach futbolga etibor qarata boshladi va uning samarasini ko'rayapmiz. Janubiy Koreya ham tarixda juda katta qiyinchiliklarni ko'rdi. 21 asr bo'sag'asida ular ham futbolga qaray boshladilar. Etibor oshdi. Bugun Xitoy shu yo'lni tanladi. Yil sayin iqtisodiyotida yuqori o'sish kuzatilayotgan mamlakat futbolga ham etib keldi.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика