So’nggi yangiliklar

11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  0 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  3 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  7 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  5 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  2 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  2 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  8 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  13 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  10 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   15 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2

Tahlil. Vodiy futboliga nima etishmayapti? Yangiliklar

Tahlil. Vodiy futboliga nima etishmayapti?

Bundan bir necha yil avval hech biringiz bir kun kelib vodiy stadionlari huvillaydi desa ishonarmidingiz? Yo'q, albatta!

80-yillar mahsuli tufayli hududda 90-yillarda katta natijalarga erishildi. 90-yillardagi yutuqlar o'z-o'zidan 2000 yillargacha zaxira sifatida xizmat qildi. Har bir klubning o'z egasi bor edi. "Neftchi" va "Navbahor" deganda raqiblar zir titrardi. "Bunyodkor" chiqquniga qadar "Neftchi" chempionatga o'zgacha bezak berdi. "Andijon"dagi o'yinlar ham oson kechmasdi. 

Undan keyin nima bo'ldi?

Undan keyin avvaliga "Mashal", so'ng "Paxtakor" o'z akademiyasiga ega bo'ldi. Ko'p o'tmay "Bunyodkor" va "Nasaf" bu borada katta ishlarni amalga oshirdi. Toshkent va Toshkent viloyatidan keyin, Qashqadaryoda bolalar ligasi tashkil etildi (hozir yo'q). O'z-o'zidan mazkur hududlarda selekciya rivojlanib ketdi. Bu paytga kelib "Neftchi"da Sarkisyanga qarshi dastur o'z samarasini bera boshladi. Avvallari O'zbekistondagi eng istedodli futbolchilar "Neftchi" va "Paxtakor" o'rtasida talash bo'lgan bo'lsa, kurashdan "Neftchi" chiqib, "Mashal" qo'shildi. Ko'p o'tmay, "Nasaf" va "Bunyodkor".

Yoshlar va o'smirlar terma jamoasiga etibor qaratadigan bo'lsangiz, ularning aksariyati vodiydan. Poytaxt va voha klublaridagi asosiy o'yinchilar ham vodiydan. Lekin vodiy jamoalarining o'ziga kelganda juda ham kam ular. Bugungi "Neftchi"ni olaylik. Sarkisyan paytida hech bo'lmasa ikki yilda bir marta ancha saviyali o'yinchilar kashf qilinardi. Hozirgi Otabek Zokirov ham aynan Yuriy Vazgenovichning kashfiyoti. 

"Neftchi" va "Navbahor"ning gullagan paytini yodga oling. Tarkibda juda ko'p yosh vodiylik futbolchilar bo'lardi. Keyinchalik ularning aksariyati MTJda o'ynashdi. Hozir ham yosh futbolchilar ko'p, o'sha-o'sha. Faqat farqi ular vodiyda emas, Toshkent va vohada. Sababi, vodiyda bugun bolalar futboliga bag'ishlangan turnirlar yo'q bo'lib ketdi. Oldingidek, selekcionerlar qishloqma-qishloq yurmay qo'ydi. Tayyor o'yinchi kerak, yaxshi tayyor o'yinchi hech qachon ko'chada qolmagan va uni hech kim "Neftchi", "Navbahor" yoki "Andijon"ga ikki qo'llab topshirib qo'ymaydi.

"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" uchrashuvida poytaxtliklar himoyasida ikki nafar yosh qo'qonlik - Komilov va Ashurmatov to'p tepdi. Bugungi "Qo'qon-1912"da bunaqa saviyadagi himoyachi yo'q. Nega shu bolalarni "Qo'qon-1912"ning o'zi tarbiyalamadi? CHunki muxlis va hokim natija talab qilyapti. Natija talab qilingan joyda hech qachon bolalar futboliga etibor bo'lmaydi va bo'lmagan ham. Ham natija, ham bolalar futboli bo'lishi uchun kamida "Bunyodkor"dek dastur asosida klub tuzilishi kerak. Agar o'sha paytda "Bunyodkor" katta pullarga ishonib, o'z akademiyasiga etibor qilmaganida bugungi darajadan allaqachon tushib ketgan bo'lardi. 

Bugungi kunda Farg'ona viloyati futbol federaciyasining ishiga ijobiy baho bera olmaysiz. CHunki so'nggi 4 yilda kim klubda ishsiz qolsa federaciyaga vice-prezident etib tayinlanyapti. Bitta rahbar ketib ikkinchisi boshqatdan ish boshlaydi. Uchinchisi kelib o'z rejasini tuzadi. Xullas, istiqbolli reja asosida ish ko'rilmayapti. Aslida klublarni bolalar futboliga majburlash kerak bo'lgan tashkilot bu hududiy federaciyalar hisoblanadi. Ammo ular ko'p turlik turnir qilmasa, klublar nima qilsin. Bir hafta avval uch kun davomida vodiyda bo'ldim. Bolalar futboli bilan jiddiy qiziqdim. Jamoalar bor, yo'q emas. Ammo rasmiy musobaqalar juda kam. Ora-sira 3/4 kunlik turnirlar o'tkaziladi. Qaysi tuman mezbon bo'lsa o'sha g'olib. Bunday ish ketmaydi. O'zimizni aldab yuraverib, vodiy futbolini tushirib yubordik. O'sha 2000 yillardan keyin qilinmagan ishlarning tasiri buning hammasi. Agar bugundan vodiydagi bolalar futboliga nisbatan boshqacha ko'z bilan qaramasak, oliy liga klublari selekciya ishlarini rivojlantirmasalar, poytaxt va voha klublari mahalliy futbolchilarni ilib ketaveradilar. Bundan osoni yo'q. Keyinchalik MTJ safidan o'rin olgan futbolchini ilk klubidan arzimagan 500-600 ming so'mga sotib olgan klublar bor. Ular ham nima qilsin, bari-bir shogirdining kelajagini o'z viloyatida ko'rmaydi. Jamoalarga 15 yoshli yaxshi futbolchidan ko'ra, 25 yoshdan oshgan ko'chmanchi maqul.

Aslida vodiy yoshlaridagi salohiyat bilan katta-katta loyihalarni amalga oshirsa bo'ladi. Homiylarni jalb qilish ham qiyin emas. Bolalar futboli uchun katta pul shart emas, kichkina etibor va tashkilotchilik bo'lsa bo'lgani. Buning uchun vodiyning uchta viloyat federaciyasi rahbarlari yagona dastur asosida ish olib borishlari kerak. "Vodiy ligasi"ni tuzish aytarli muammoli ish emas. Muborakdan Qarshiga etib borish bilan bir xil masofaga teng bo'lgan Andijon - Farg'ona, Namangan - Farg'ona, Qo'qon-Andijon o'rtasida qanday chiroyli turnirlar tashkil qilsa bo'ladi-ya... Bugungi kunda viloyat federaciyalarining byudjetini katta deb ayta olmaymiz. Bu borada klublar ular bilan hamkorlik qilishi lozim. Katta pullarni bir mavsumdan keyin xayrlashadigan futbolchilar uchun emas, kelajagini vodiy klublarida ko'rayotgan yoshlarga tikish kerak. Nima keragi bor, bugun olingan 7-10-o'rinlarni. Undan ko'ra viloyat hokimi qabulida bo'lib, maxsus reja taqdim etilsin. Bizdan yaqin 5-6 yil ichida natija kutmang. Vodiy klublari birlashib o'z ligamizni tuzaylik, avval bu yoshlar ligasida o'z mevasini beradi, keyin oliy liga deylik. 

So'nggi marta "Neftchi" 2012 yil beshtalikka kirgan ekan. 2007 yilda esa vodiyning uch klubi 10talikka kirishning uddasidan chiqqan. 2003 yilda "Neftchi", "Navbahor" va "Andijon" ettitalik ro'yxatda bo'lgan. 1999 yilda "Neftchi" kumush, "Navbahor" bronza egasi bo'lgan. Ko'ryapsizmi, hammasi 90-yillarda qolib ketdi. Bugungi ichki resurs bilan "Neftchi" yoki "Navbahor"ning chempion bo'lishiga ishonasizmi? Bunday ketishda yaqin 5 yilda ham muammo, mammoligicha qolaveradi. Lekin hozirdan, poydevorni qo'ymasa vodiyliklar, voha va poytaxt yanada ilgarilab ketadi. 

So'nggi paytlarda, vodiylik o'quvchilarimiz natija yomon bo'lsa, murabbiyni almashtirishni ko'p bora talab qilyaptilar. Sizlarga hurmatimiz cheksiz, ammo bir savol bilan murojaat qilaman. Qaysi murabbiy almashgach natija o'zgardi, yani oxirgi 5 yilda. Doim o'sha-o'sha axvol. CHunki yaxshi o'yinchi, yaxshi pulga jamoasi safini o'zgartiradi. Yaxshi murabbiy ham, qachonki yaxshi jamoa va baza bo'lsa natija qiladi. Ketayotgani o'rniga, ketayoganidan kuchli bo'lmagan mutaxassislar kelavergach, u ham muxlisdan so'kish yoki rahbardan dakki eshitmaslik uchun birontasi yosh futbolchini maydonga tushiray demaydi. Bugungi tarkib bilan, faqat chetdan kelgan murabbiy biror narsani o'zgartirib yuborishi mumkin. Lekin chetdan keladigan murabbiy, bunday moddiy texnika bazaga ko'nadimi? Jarohat olib qolgan futbolchining o'rnini bosishi mumkin bo'lgan o'yinchi yo'q joyga ular ham kelmaydi.

Bu yil "Navbahor" yoshlaridagi o'zgarish meni biroz quvontirdi. Klub yoshlari safiga 200 nafardan ortiq mahalliy futbolchi jalb etildi. "Andijon"ning yoshlar ligasida qayd etayotgan natijalarini ko'ring. "Neftchi" ham chakki emas. Lekin ular va asosiy tarkib o'rtasida bog'liqlik yo'q ekan, vodiy futboli shu suratda turaveradi. 

Bolalar futboli - vodiy futboli - oliy liga ana undan keyin uchlik va chempionlik. Buning qoidasi oddiy, ammo unga ajratiladigan vaqt va sabr kamida 6-8 yilni tashkil etadi. 

Vodiy federaciyalari birlashib ish ko'rishsa, meni aytdi deysiz, yomon bo'lmaydi!

Nodirxo'ja Yuldashev. 


Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика