So’nggi yangiliklar

17:32Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари   0 16:49"Бунёдкор" ва "Шўртан" ўзаро дуранг қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:24Эксперт фикри. Миодраг Радулович: "Нефтчи" - "Насаф" натижасини олдидан айтиб бўлмайдиган ўйин, бу тур жадвалда жиддий ўзгариш қилиши мумкин"  2 16:18"Челси" ва "Ливерпуль" МЮнинг мақсадини илиб кетмоқчи  0 15:21"Арсенал" ва "Барселона" собиқ футболчиси Бразилия клубига ўтди  0 14:54Расман: МЮ Шешкони "Лейпциг"дан 76,5+8,5 млн еврога сотиб олди  3 14:14"Реал" Гонсало билан шартномани 2030 йилгача узайтирди. Ҳужумчи асосий жамоага ўтказилди  3 13:45"Манчестер Юнайтед" Шешко учун қанча тўлайди?  1 13:20Галлахер АПЛга қайтиши мумкин  0 12:52Перес Родрини "Реал"га сотиб олмоқчи ва шахсан ўзи музокара ўтказишга тайёр  3 12:22"Атлетико" италиялик футболчини харид қилади  0 11:58"Реал"да 9-рақамнинг янги эгаси маълум  4 11:35Родри яна жароҳат олди  5 11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   2 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0

Tachmurod Agamurodov: “Yakunda durang natijani ushlab qola bilmadik” Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: “Yakunda durang natijani ushlab qola bilmadik”

“Navbahor” – “Dinamo” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab jurnalistlarning savollariga “Dinamo” jamoasi ustozi Tachmurod Agamurodov javob qaytardi.

Tachmurod Agamurodov (“Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi): - Birinchi navbatda “Navbahor” jamoasini qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv haqida gap ketganida oldingi o'yinlardagi kabi biz uchun qiyin kechdi. Yakunda durang natijani saqlab qola bilmadik. Agarda voqealar rivoji bizning foydamizga ishlaganida ko'pi bilan durang qayd etishimiz mumkin edi. Biroq, mezbonlarning urgan ikkinchi gollari chog'ida biroz xushyorlikni yo'qotishimiz pand berdi. Maydonda esa keskin kurash kechdi. Har ikki jamoa futbolchilari ham ijobiy natijani qayd etish uchun borlarini berib harakat qilishdi. Futbolda kimdir yutadi, boshqasi esa mag'lubiyatga uchraydi.

- Jamoangiz o'yinda yomon ko'rinmadi. Yani futbolchilar munosib tarzda to'p surishdi. CHempionat startidagi natijalarni ijobiy ko'rinish olmaganligiga asosiy sabab nimada?
- Birinchi navbatda tarkibni shakllantirishda kechikdik. Ko'plab jamoalar tarkib borasida yanvar oyidayoq bir to'xtamga kelib ulgurishgandi. To'g'ri ular safiga ayrim o'yinchilar ham qo'shilgan. Lekin, ularning soni bir-ikki nafardan oshgani yo'q. Biz esa fevral oyiga kelibgina tarkib yig'ishni boshladik. Bunday sharoitda futbolchilarni jismoniy holatini yaxshilash bilan bir qatorda o'zaro bog'liqlikni ham shakllantirish talab etiladi.

Ixtiyorimizda mavjud bo'lgan vaqt oralig'ida raqobatga bardosh bera oladigan jamoani chempionat startiga tayyorlay olmadik. Turdan-turga jamoamiz o'yini kuchayib bormoqda. Afsuski, bunday holat bizga qulaylik yaratib bermayapti. Yani jamoamizga oson bo'layotgani yo'q. Aynan yuqoridagi sabablar jamoamizni ikki bo'lim davomida bir maromda to'p surishi imkoniyatini bermayapti. Aksariyat uchrashuvlarning so'nggi daqiqalarida raqibga imkoniyatni boy berib qo'ymoqdamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика