So’nggi yangiliklar

18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  0 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  7 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  2 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  32 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  1 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  57 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  3 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  4 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22

Tachmurod Agamurodov: "Penaltiga etirozim bor" Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: "Penaltiga etirozim bor"

Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun jamoam ko'rsatgan o'yindan qoniqdim. Maydonda ko'ldan kelganicha kurashishdi. "Navbahor" chempionatimizning etakchi jamoalaridan biri sanaladi. Yuqori o'rinlar va OCHL uchun kurashmoqda. Biz esa hozircha jon saqlab qolish yo'lida kurash olib boryapmiz. Biz oldimizga qo'yilgan vazifa yo'lida harakat qilamiz. Bugun birgina penalti barchasini hal qildi. 

CHempionatni markazlashgan holatda o'tkazish? SHunday qarorga kelishgan ekanmi, demak barchasi bizni va futbolchilarni sog'ligini o'ylab qilinmoqda. Futbol rahbarlari, mutasaddilar insonlarni havfsizligini o'ylagan holatda qaror chiqarishmoqda deb o'ylayman. Haqiqatdan ham rasman shunday yo'l tutilsa buni to'g'ri deb bilaman. CHempionatni qanday davom ettirish haqidagi qarorni biz chiqarmaymiz. Buni rahbarlar hal qiladi. Bizga farqi yo'q. Masalan, bugun ham uzoq masofa bosib Namanganga keldik. 

Ha, jamoani og'ir ahvolda qabul qilib oldim. Boz ustiga taqvim ham biz uchun biroz noqulay edi. Restartdan so'ng yuqori o'rinlardagi jamoalar bilan o'ynadik. "Paxtakor", AGMK va hokazo. Lekin, jamoam harakat qilmoqda. Og'ir vaziyatdan chiqib olish uchun intilmoqda. Agar biz shunday bor kuchimiz bilan itilishda davom etsak tushkun holatdan chiqib keta olamiz. Transferlar oynasi vaqtida jamoamizni kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni taklif qilamiz. Yaxshi futbolchilarsiz ideal murabbiy ham natija qila olmaydi. 

"Navbahor"ni o'yini haqida biror bir fikr bildirishim uchun men shu jamoani ichida bo'lishim kerak. Bugungi o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, menimcha hakam penaltini belgilashda noto'g'ri qaror chiqardi deb o'ylayman. Albatta, hakamlarni nazorat qiladigan qo'mita bor. Meni yagona etirozim shu vaziyatga. Ikki futbolchini boshi bilan to'qnashib ketishi sabab o'yinni to'xtatish noo'rin. Hakam qo'yib berishi kerak edi",- deydi Tachmurod Agamurodov. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика