Tachmurod Agamurodov: Men baxtli insonman
10 apr 2015 12:09
Yangiliklar
Tachmurod Agamurodov: Men baxtli insonman
Mana, XXIV milliy chempionatimizning 3ta turi ortda qoldi. Joriy mavsumning start qismiyoq bizga bir qator kutilmagan natijalarni taqdim etdi.
Jumladan, Samarqandning Dinamo klubi 3ta o'yinda bor-yo'g'i 2 ochko oldi. Ko'hna shaharliklar avvaliga o'z maydonlarida Qo'qon-1912dan mag'lubiyatga uchrashdi (0:1), keyin esa safarda Buxoro bilan durangga imzo chekishdi - 1:1. Biz ushbu uchrashuvlarda jamoaning qanday o'yin namoyish etganligi, joriy mavsumga tayyorgarlik ishlari nechog'li olib borilgani, selekciya ishlari va boshqa masalalar xususida batafsil malumotga ega bo'lish maqsadida Dinamo bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodovni bezovta qildik. Turkmanistonlik mutaxassis suhbat jarayonida ko'pchilikni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.
- Tachmurod SHamakovich, muloqotimizni Dinamoning ortda qolgan 2ta uchrashuvi yuzasidan chiqargan xulosalaringiz bilan boshlasak. Klubning ilk o'yinlari xususida nima deya olasiz?
- Ochig'ini aytish kerak, qo'qonliklarga qarshi kechgan o'z maydonimizdagi ilk uchrashuvda jamoa hali to'la kuchga kirib ulgurmagandi. Etiborlisi, mavsumga tayyorgarlik jarayonining ko'p qismi selekciya ishlarini olib borish, futbolchilarni jamlash uchun sarflandi. Qisqasi, o'yin uslubi bo'yicha etarli ishlashga ulgurmadik. Bundan tashqari, o'sha bahs ichki chempionatning ochilish uchrashuvi bo'lganligi boismi, yigitlarda hayajon ham sezildi. Bu narsa shogirdlarimning harakatlariga tasirini o'tkazdi va ular o'z imkoniyatlarini to'liq namoyish eta olishmadi. Natijada mag'lubiyatga uchradik. Lekin Buxorodagi ikkinchi o'yinimiz ancha qiziqarli o'tdi. Birinchi uchrashuvdagi xatolardan tegishli xulosa chiqargan yigitlar mehmonda ancha faol to'p surishdi. Umuman olganda, jamoamizda potencial bor. Futbolchilar o'yindan-o'yinga ochilishadi, degan umiddaman. To'g'ri, buning uchun biroz vaqt talab etiladi.
- Umuman, mavsumlar oralig'idagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ko'ngildagidek o'tkazolmaganinglar nima bilan bog'liq?
- Yig'inlarni olib borishda ayrim muammolar yuzaga keldi va ularni rejalashtirganimizdek olib borolmadik. Ammo Samarqand viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Zoyir Mirzaev yig'inimiz to'xtab qolmasligi, ko'ngildagidek o'tishi uchun bor imkoniyatini ishga solib, qo'lidan kelganicha yordam berdi. Buning uchun fursatdan foydalanib, Zoyir Toirovich va klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bir so'z bilan aytganda, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini imkoniyatimiz darajasida tashkil etdik.
- Tarkibni o'zingiz xohlagan futbolchilar bilan to'ldira oldingizmi?
- Selekciya jarayonini ham imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda, olib bordik. SHu sababli, o'zim tarkibda ko'rishni xohlagan barcha o'yinchilarni jalb etolmadim. Ammo klubimiz safiga qo'shilgan yangi futbolchilar ham ancha mahoratli va ularda salohiyat etarli. Umid qilamanki, ular bildirilgan ishonchni oqlab, jamoamiz muvaffaqiyatlariga o'z hissalarini qo'shishadi.
- Moliyaviy muammolar klubga qanchalik tasir ko'rsatmoqda? Futbolchilar maoshidan bo'lgan o'tgan yilgi qarzdorlikka barham berildimi?
- To'g'risi, moliyaviy masalalarga oid savollarga javob berish mening kafolatimga kirmaydi. Bu klub rahbarlariga tegishli savol. Lekin fursati kelganida shuni takidlashim joiz, yaqinda jamoamiz bilan viloyat hokimi Zoyir Toirovich qabulida bo'ldik. U klubdagi moliyaviy muammolar tez kunlar ichida bartaraf etilishiga vada berdi. Zoyir Mirzaev vadasi ustidan chiqadigan inson. SHunday ekan, ijobiy o'zgarishlarga umid qilsak bo'ladi.
- 2-tur doirasidagi Mashal - Andijon o'yinidan keyin mehmonlar ustozi Edgar Gess ayni paytda jamoada moliyaviy muammolar borligi, o'zi va futbolchilar 3 oydan buyon maosh olmayotganliklari, kerak bo'lsa, 10 yil oyliksiz ishlashi mumkinligini takidladi. Siz maoshsiz qancha muddat ishlay olardingiz?
- (Kulib). Qiziq savol bo'ldi-ku! Har bir murabbiy va futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi va majburiyati bor. O'z navbatida, jamoa ham ular oldida masul. Demoqchimanki, Murabbiy maoshsiz ishlashi, o'yinchilar oyliksiz o'ynashlari mumkinmi?, degan savol yuzaga kelmasligi, bu masala hech qachon ko'tarilmasligi kerak. SHartnoma imzolandimi, har ikki tomon uning bandlariga amal qilishi lozim. Afsuski, kelishuvda ko'rsatilgan shartlar ko'pincha klublar tomonidan bajarilmaydi.
- Dinamoning yoshlar jamoasi tarkibi va o'yinlaridan qoniqish hosil qilyapsizmi? Samarqandda bolalar futboliga etibor qay darajada? Sizningcha, bu borada yana qanday ishlarni amalga oshirish lozim?
- O'rinbosarlar tarkibidagi iqtidorli futbolchilar keyinchalik asosiy tarkibga jalb etiladilar. SHuning uchun Yoshlar ligasi uchrashuvlarini muntazam kuzataman va jamoani boshqarayotgan murabbiylar bilan maslahatlashib turaman.
O'zbekistonda so'nggi yillarda bolalar futbolini rivojlantirish uchun keng miqyosda ishlar amalga oshirildi. Murabbiy va yosh futbolchilarga ajoyib sharoitlar yaratib berildi. Misol uchun, ko'plab suniy maydonlar qurildi. Endi bizda bolalar futbolini yanada rivojlantirish uchun klubimizning moddiy - texnik bazasini yaxshilash talab etiladi. Bu tabiiyki, klub rahbarlariga bog'liq masala. Ammo o'z o'rnida takidlash joizki, biz ham bu borada bir qator ishlarni amalga oshirdik. Jumladan, Samarqand viloyatidagi futbol maktablariga tashrif buyurib, istedodli bolalarni ko'zdan kechiryapmiz. Umuman olganda, Samarqandda bolalar futboliga etibor ancha oshdi. Viloyatda iqtidorli yoshlar ko'p va ular bilan to'g'ri ish olib borilsa, Xudo xohlasa, o'zbek futbolida yangi nomlar kashf etiladi.
- Vaqtida Turkmaniston va O'zbekiston terma jamoalarida faoliyat olib borgansiz. SHundan kelib chiqib ayting-chi, oliy ligamiz saviyasi bilan terma jamoalarimiz natijalarini bog'lovchi asosiy omil nima?
- Ha, terma jamoalarning natijalari ichki chempionat saviyasi bilan bog'liqligidan ko'z yumib bo'lmaydi. CHunki, O'zbekiston milliy jamoasining asosiy futbolchilari oliy liga klublarida to'p surishadi. To'g'ri, terma jamoa safidan xorijda o'ynaydigan legionerlar ham o'rin olishgan. Lekin ular ozchilikni tashkil etishadi. Milliy chempionat saviyasi ko'tarilsa, o'yinchilarning mahoratlari ham oshadi. Bu o'z navbatida o'smirlar, yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoalar qayd etadigan natijalarga birdek ijobiy tasir ko'rsatadi.
Oliy liga saviyasi oshsa, murosasiz kurashlarga boy o'yinlar soni ko'payadi. O'zbek futbolida salbiy holatlarning ham yuz berganligi sir emas. Lekin joriy mavsum elita klublarining barcha murabbiylari halol o'yin namoyish etish xususida kelishuvga erishib, bu haqdagi hujjatga imzo chekishdi. SHuning o'zi, ko'p narsadan dalolat beradi. Bundan birinchi navbatda, biz - mutaxassislar manfaatdormiz. CHunki, uchrashuvlar halol tarzda o'tsa, milliy chempionat saviyasi, futbolchilarning mahorati oshadi. Natijada terma jamoalarning ham ijobiy faoliyati uchun zamin hozirlanadi.
- Turkmaniston futbolining hozirgi ahvoli to'g'risida nima deya olasiz?
- Turkman futboli turli davrlarni boshidan kechirdi. Ayrim paytlarda bu borada sezilarli o'sish kuzatildi, bazan esa katta pasayish. Hozirda yurtimizdagi klublarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash ustida ish olib borilmoqda, yangi stadionlar qurilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, mamlakatimiz hukumati futbolni rivojlantirishga intilmoqda. Ammo buning uchun kuchli mutaxassislar etishmayapti. Turkmanistonda O'zbekistondan farqli o'laroq, malakali murabbiylar ancha kam. Umuman, mutaxassis sifatida shuni takidlashim joiz, Turkmaniston futboli bir kun kelib, o'z so'zini aytadi.
- Bizga malumki, bir necha yillar avval turmush o'rtog'ingiz vafot etgandi. SHu musibat faoliyatingizga qanday tasir ko'rsatdi? Ayni payt yangi oila qurdingizmi? Farzandlaringiz qaerda istiqomat qilishmoqda?
- Albatta, barchamiz insonmiz va yaqin kishimizni yo'qotish shaxsiy hayotimiz, ruhiyatimiz, shuningdek, ishimizga malum darajada tasir qilishi aniq. Marhum turmush o'rtog'imning xotirasi qalbimda umrbod saqlanadi. Ammo hayot davom etmoqda. Ayni payt yangi oila qurganman. Bu shaxsiy hayotim va faoliyatimda katta yordam bermoqda. Aytgancha, hozirgi turmush o'rtog'im o'zbekistonlik va u bilan Toshkentda yashayapmiz. Ikki nafar o'g'lim esa Turkmaniston poytaxti Ashxobodda istiqomat qilishmoqda. To'ng'ich o'g'lim Ahmed Turkmaniston oliy ligasi vakili - Xazina klubi va mamlakat yoshlar terma jamoasini boshqarmoqda. U oilali va 3 nafar farzandning otasi. Kichik o'g'lim esa tadbirkor, u hali uylanmagan. Umuman olganda, hozirgi kunda men baxtli er, ota, buva, umuman olganda, baxtiyor insonman. Mana, sevimli ishim bilan shug'ullanyapman, oilam tinch-totuv. Inson uchun bundan ortiq yana nima kerak?
- Mabodo murabbiylik kasbini tanlamaganingizda, qaysi sohada faoliyat olib borardingiz?
- To'g'risini aytsam, bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman. Axir, ko'p yillardan buyon futbol ichidaman. To'g'ri, murabbiy bo'lmaganimda, albatta, boshqa ish bilan shug'ullanardim.
- Hozirgi kasbingizni tanlaganingizdan hech afsuslanganmisiz?
- Yo'q. To'g'ri, murabbiylik oson emas. Bejiz Yutsa jamoa yutadi, yutqazsa murabbiy, deyishmaydi. Millionlar o'yini faqat g'alabalar va yorqin onlardan iborat emas. Unda qayg'uli onlar, mag'lubiyatlar ham uchraydi. SHuningdek, ishingda ayrim muammolar yuzaga keladi. Futboldan ancha uzoq bo'lgan bazi klub rahbarlari senga taktika tanlash, futbolchilarning qanday o'ynashlari xususida o'rgatishadi. Ayrim paytlar mehnating munosib qadrlanmaydi. SHunday vaqtlarda siqilasan, asabiylashasan, albatta. Lekin murabbiylik sohasini tanlaganimdan hech qachon afsuslanmaganman. Mana, faoliyatim davomida yorqin damlar ko'p bo'ldi va bundan keyin ham shunday davom etsin, ilohim.
Ulug'bek Umarov suhbatlashdi, "InterFUTBOL" gazetasi

Fikrlar