So’nggi yangiliklar

00:30Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз" (онлайн ҳисоб)  1 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:50АҚШдаги қонун Месси ва Альбага келганда ишламади  0 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2

Tachmurod Agamurodov: Dinamo oxirigacha kurashadi – so'nggi tur barcha uchun o'ta muhim Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: Dinamo oxirigacha kurashadi – so'nggi tur barcha uchun o'ta muhim

Dinamo - Surxon (2:1) uchrashuvidan so'ng dastlab mezbonlar murabbiyi Tachmurod Agamurodov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O'ylaymanki, bugun yigitlarimiz juda katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozona olishdi. Orqaga yo'l yo'q edi. Meni quvontirayotgani, jamoa tobora o'z o'yinini topayotganligidir. To'g'ri biz Bekobodda yirik mag'lubiyatga uchragandik, ammo aslida bunga munosib emasdik. Bugun esa yigitlar oxirigacha kurashishdi. Fikrimcha, biz to'g'ri yo'ldamiz.


- Tarkibda katta o'zgarishlar kuzatildi. Alamxonov, Nasimov, Ergashev maydonga tushmadi. Bu so'nggi o'yindagi yirik hisob bilan bog'liq edimi?

- Botirali jarohati bois bizga yordam bera olmadi. SHunga qaramay, bugun maydonga tushgan barcha futbolchilarimiz oxirigacha bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, g'alaba qozonishdi.


- Bugun “Dinamo”da ruhiy tayyorgarlik juda kuchli bo'lganligini ko'rdik, jamoa ajoyib o'yin namoyish etib, o'z vaqtida o'yinga qayta oldi va g'alaba qozondi. Keyingi o'yinda “Nasaf” bilan juda muhim uchrashuv kutib turibdi...

- Bizda Superligada qolish uchun imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurash olib boramiz. Yigitlarimiz ham barchasini tushunib turishibdi. Imkoniyat bor ekan, biz kurashishda davom etamiz. So'nggi tur biz uchun ham, boshqalar uchun ham juda muhim.


- Siz o'zbek futbolida sovrinlar yutishga o'rgangan murabbiysiz. Aytingchi, jamoani ligada olib qolish vazifasi ham sizga qandaydir motivaciya bera oladimi?

- Bilasizmi, 2015 yilda juda og'ir vaziyatda ikkinchi davrada “Buxoro” jamoasini ligada olib qolganim, men uchun chempionlikdan ham muhimroq edi. CHunki, o'shanda biz imkoni yo'qdek ko'ringan ishni amallagandik. Bu safar endi “Dinamo”ni olib qolishga intilamiz. Agar, “Dinamo”ni ligada olib qolsak, bu shaxsan men uchun juda qimmatli g'alaba bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика