So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Tachmurod Agamurodov: "8 kun ichida nimani o'zgartirish mumkin?" Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: "8 kun ichida nimani o'zgartirish mumkin?"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - AGMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.

- Tachmurod SHamakovich, o'yin haqida fikringiz? 

- O'yin qiyin bo'lishini sezgandim va shunday bo'ldi. Nima sababdan qiyin kechgani hammaga tushunarli. Juda qisqa vaqt tayyorgarlikka ega bo'ldik. 8-10 kun ichida nimani o'zgartirish mumkin? Mashg'ulotlarda barcha astoydil ishladi. Agar shu tartibda ishlashda davom etsak, yaxshi jamoani shakllantira olamiz.


- "Qizilqum" jismoniy jihatdan AGMKga nisbatan kuchsiz ko'rindi va asosan qarshi hujumlarda harakat qildi. Jismoniy kamchilik sababi nimada deb o'ylaysiz? 

- Aytib o'tganimdek, bizda yaxshi hozirlik ko'rish uchun juda kam vaqt bo'ldi. Endi o'zingiz o'ylab ko'ring, deyarli uch oyga yaqin vaqt mobaynida jamoa futbolsiz qoldi. Hamma karantinda edi. Kimdir uyda individual mashg'ulot o'tkazdi, kimdadir esa bunga imkon bo'lmadi. SHu bois hozirgi vaziyatga to'g'ri qarash kerak. Bizga jamoani yaxshi tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi. 


- Jamoa haqida fikringiz? 

- Hali biz ham kuchayamiz, bunga shubha yo'q. Mening kelganimga endi 8 kun bo'ldi. Jamoa esa men kelishimdan biroz oldin yig'ilgandi. Mana shu 8 kun ichida asosan sharoitlar bilan tanishishga ulgurdim. Bazani ko'rdim, klubdagi sharoitni o'rgandim. Klub menejeri Hamidjon Aktamov boshchiligidagi rahbariyat ko'p yaxshi ishlarni amalga oshirishibdi. Ularga rahmat. Endi bo'yog'iga faqat ishlashga to'g'ri keladi.


- "Qizilqum"ga moslashib ketishingiz uchun qancha vaqt kerak bo'ladi? 

- Men allaqachon moslashib bo'ldim. Buyog'i futbolchilar mening qarashlarimga moslashishiga bog'liq. Bu esa vaqt o'tgan sari amalga oshib boradi.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика