So’nggi yangiliklar

14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  0 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   1 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  9 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  16

Tachmurat Agamurodov: “Jamoamiz uchun har bir ochko qadrli” Yangiliklar

Tachmurat Agamurodov: “Jamoamiz uchun har bir ochko qadrli”

Coca Cola Superliga 21-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Dinamo” bosh murabbiyi Tachmurat Agamurodov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

"Jamoamiz uchun ayni paytda Superligadagi o'rnini saqlab qolish uchun har bir ochko qadrli. “Navbahor” esa sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borayotgan klub. SHu bois, biz mazkur bahsda himoyaviy o'yin namoyish etishni rejalashtirgandik.  Afsuski, niyatimizga etolmadik. SHunday bo'lsa-da, yigitlarga maydonda barcha imkoniyatlarini ishga solishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. 

“Navbahor”ni esa g'alaba bilan tabriklayman va keyingi bahslarda namanganliklarga omad yor bo'lishini tilayman. Ushbu jamoalarning birinchi davrada Samarqandda bo'lib o'tgan o'yinini tomosha qildim. Haqiqatdanam o'sha bahs juda qiziqarli tarzda kechgan ekan. Biroq, takidlaganimdek, biz uchun har ochko ayni paytda “oltin”ga teng. SHu bois, Namanganda ochiq o'yin namoyish etolmasdik. Biz bu erga ochko olish uchun kelgandik. Ammo niyatimizga etolmadik. Lekin hali hech narsa yo'qotilmadi hamda “Dinamo” Superligada “jon saqlab qolish” uchun oxirigacha kurash olib boradi. Bunga jamoamizda nazariy jihatdan imkoniyat bor va biz undan maksimal darajada foydalanishga intilamiz. SHogirdlarim qolgan o'yinlarda ham maydonda bugungidek bor kuchlari bilan harakat qilishsa, oldimizga qo'yilgan maqsadni amalga oshiramiz, degan umiddaman. Meni “Dinamo”ga jamoani Superliga olib qolish uchun taklif qilishgan. To'g'ri, jamoamiz hozir qiyin ahvolda. Bundan tashqari, keyingi uchrashuvlardagi raqiblarimiz ham anoyi emas. Lekin yomon askargina general bo'lishni orzu qilmaydi. SHuning uchun o'z niyatimizni amalga oshirish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", - deydi Tachmurad Agamuradov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика