So’nggi yangiliklar

03:38ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум  4 03:25ЕЧЛ. "Арсенал", "Бавария", "Челси", "Ливерпуль" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди (сўнгги турнинг барча натижалари)  26 03:20ЕЧЛ. "Барселона" ўз уйида "Копенгаген"ни мағлубиятга учратиб, умумий гуруҳ босқичини 5-ўринда якунлади  29 03:10ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"  54 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Галатасарой"ни мағлубиятга учратиб, тўғридан-тўғри кейинги босқичга йўл олди!  13 00:59ФИФА 2025 йилда трансфер учун энг кўп пул ишлатган клублар номини маълум қилди  3 00:38Лукас Пакетанинг "Фламенго"га ўтиши расман тасдиқланди. Футболчи унга қўйилган нотўғри айбловлар оқибатида ватанига қайтишга қарор қилди  0 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  2 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  8 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  4 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  6 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0

Kun voqeasi. Achilbay Ramatov - O'FA prezidenti Yangiliklar

Kun voqeasi. Achilbay Ramatov - O'FA prezidenti

Teglar :  UfaAchilbay Ramatov
Bugun Hyatt Regency mehmonxonasida O'zbekiston futbol federaciyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Konferenciya boshida dastlab O'FF yuriskonsulti Farrux Fayziev so'zga chiqib, O'zbekiston futbol federaciyasi bundan buyon O'zbekiston futbol associaciyasi deb nomlanishini malum qildi. Lekin gap bu haqda emas. Bizni nomlar ko'p ham qiziqtirmaydi, bizga ko'proq ish jarayoni hamda rivojlanish muhim.

Tadbirning asosiy qismi baribir O'zbekiston futbol associaciyasiga yangi prezident saylanishi bo'ldi. Buni saylovdan ko'ra tayinlanuv desak to'g'riroq bo'ladi. Negaki saylovda kamida ikki-uch nafar nomzod ko'rsatiladi, ular o'z dasturlarini taqdim etishadi va shundan so'ng saylov o'tkaziladi.

Aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o'rinbosari Achilbay Ramatovning O'FAga prezident etib tayinlanishi shaxsan davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev buyrug'i bilan yuz berdi. Bu haqda Achilbay Jumaniyazovich o'z maruzasida aytib o'tdi. Malumki, bungacha O'FF prezidenti bo'lib ishlab kelgan Umid Ahmadjonov 16 yanvar kuni Milliy olimpiya qo'mitasiga prezident etib tayinlangandi.

SHu bois Ahmadjonovning futbol federaciyasi rahbarligidagi ishi nima bo'lishi so'roq ostida qolgandi. Oradan bir haftadan sal ko'proq vaqt o'tib bu boradagi savollarga javob topildi. Natijada navbatdan tashqari konferenciya tashkil etilib, futbol jamoatchiligi bundan buyon O'FAni kim boshqarishini bilib oldi.

SHu o'rinda savol tug'ilishi mumkin: nega aynan Ramatov? Bu savolga javob berish ko'p ham murakkab emas. Har holda o'zbek sportini kuzatib boradiganlar Ramatovning nechog'li sportga, xususan futbolga qiziqishini juda yaxshi bilishadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o'rinbosari hamda "O'zbekiston temir yo'llari" akciyadorlik jamiyati raisi bo'lib ishlab kelayotgan Achilbay Jumaniyazovich shu qatorda Boks federaciyasi prezidenti ham hisoblanadi.

Ramatov sportning boks sohasini boshqarish orqali katta yuuqlarga erishdi va qisqa vaqt ichida muhtaram Prezidentimiz etiborini qozondi deya olamiz. Birgina Rio-2016 Olimpiada o'yinlarida bokschilarimizning ishtirokini bir eslang-a. Musobaqada ettita medal (uchta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza) olishimizning o'ziyoq o'zbek sporti tarixida juda katta voqelik bo'lgandi.

Achilbay Jumaniyazovich futbolga ham befarq emas. Toshkentning "Lokomotiv" klubi shu darajaga etishida u kishining ko'p mehnati singgan. Ramatov imkon qadar "Lokomotiv" ishtirokidagi har bir uchrashuvni ko'rib boshqarishga harakat qiladi, Osiyo chempionlar ligasi bahslari haqida-ku gap-so'z bo'lishi mumkin emas.

Albatta, biz juda yaxshi tushunib turibmiz, Achilbay Ramatovning futboldan tashqari ishlari nihoyatda ko'p. Aytaylik, shu bir yil ichida qilinishi kerak bo'lgan 1700ta loyiha, 350 ming nafar odamni ish bilan taminlash va hokazo. Lekin Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev unga ishonch bildirgani uchun O'FA rahbarligini qabul qilib oldi.

Futbol sport turlari orasida alohida bir soha ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Futbol O'zbekistonda allaqachon xalq o'yini maqomini olgan, odamlarning ko'ngliga chuqur kirib borgan. SHu bois futbolni har kuni nazorat qilib borishga va tahlil qilishga to'g'ri keladi. Biroq bularning hammasiga Ramatovning vaqti bo'larmikan?

SHu bois ham Achilbay Jumaniyazovich uchun hozir eng muhimi O'FF va PFLning eng asosiy bo'limlariga kerakli, shu bilan birga futbolni yaxshi tushunadigan kadrlarni qo'yish birlamchi vazifa degan fikrdamiz. Ayniqsa, PFL Bosh direktorligi masalasi ko'rib chiqmasa bo'lmaydigan holatga kelib qoldi, chunki biz ko'ryapmizki, PFL sport principlari va reglament qoidalarini bir chetga surib qo'ygan holda har hafta nimadir yangilik o'ylab topyapti, bu esa muxlislarning kimga ishonishni bilmay qolishiga olib kelyapti.

So'zimiz oxirida O'FA yangi prezidenti Achilbay Jumaniyazovich Ramatovga futbol sohasida ham omad tilab qolamiz.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика