So’nggi yangiliklar

15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  0 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  2 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  5 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4

"Navbahor" "Ufa" bilan murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

"Navbahor" "Ufa" bilan murosa ko'chasini tanladi

Teglar :  NavbahorUfa
Xabaringiz bor, "Navbahor" ayni paytda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Namanganliklar mazkur yig'in doirasidagi navbatdagi nazorat-sinov bahsini Rossiyaning “Ufa” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Uchrashuvning 1-bo'limida darvozalarga to'p kiritilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobidagi durang natija bilan yo'l oldi.

Bahsning 2-bo'limida har ikki klubning zaxiradan maydonga tushgan futbolchilari gol urishdi. Uchrashuvning 68-daqiqasida "Navbahor" hujumchisi Jasur Yaxshiboev hisobni ochgan bo'lsa, 75-daqiqada ufaliklarning kolumbiyalik forvardi Dilan Ortis penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi hamda ushbu o'yinning 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlanishini taminladi.

Uchrashuvning 48-daqiqasida namanganliklar himoyachisi Davron Hoshimov qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan.

“Lochinlar” Turkiya yig'ini doirasidagi navbatdagi o'rtoqlik bahsini 16 fevral kuni Rossiyaning “Baltika” klubiga qarshi o'tkazishni rejalashtirishgan.


“Navbahor” – “Ufa” – 1:1 (0:0)

Gollar: Jasur Yaxshiboev (68) – Dilan Ortis (75-pen.).

“Navbahor”: O'tkir Yusupov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Milosh Milovich, Luka CHermel, Oston O'runov, Jamshid Iskanderov, Abror Ismoilov, Yovan Jokich, Asadbek Sobirjonov, Temurxo'ja Abduxoliqov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasur Yaxshiboev, Jamshid Boltaboev, Ibrohim Yo'ldoshev, SHahboz Jo'rabekov, Farrux Ikromov.

“Ufa”: Ivan Kukushkin, Lev Ushaxin, Erving Botaka, Aleksandr Suxov, Egash Kasintura, Andrey Nikitin, Danila Emelyanov, Artyom Pogosov, Artyom Golubev, Aleksey Evseev, Roman Minaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilan Ortis, Ketelin Karp va “Ufa” ko'rigida bo'lgan 4 nafar yangi futbolchilar. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика