So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  7 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Timur Kapadze: "Ispaniyaga qarshi o'ynash taklifini rad qilish mantiqqa to'g'ri kelmasdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Ispaniyaga qarshi o'ynash taklifini rad qilish mantiqqa to'g'ri kelmasdi"

O'zbekiston U-23 termasining Ispaniya U-21 termasiga qarshi o'yinidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi.

Anjumanning birinchi qismida O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va jamoa sardori Jasur Jaloliddinov qatnashishdi. 

"Asalomu alaykum barchaga. Qisqa vaqt ichida tayyorgarlik ko'rishimiz kerak bo'lib qoldi, lekin Ispaniya kabi raqibga o'ynash har doim foydali bo'ladi. Raqibni o'rganib chiqdik, raqibimizning joriy tarkibi yaqinda shaakilangan va ular katta musobaqaga tayyorgarlikni boshlashdi. Bugun so'nggi mashg'ulotimizni o'tkazamiz. Ertangi uchrashuvda chiroyli futbol namoyish etamiz", – deya gap boshladi Kapadze. 



- Tarkib Osiyo o'yinlaridan qaytganidan so'ng o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi. Uzoq va og'ir davom etgan safardan so'ng darrov o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish futbolchilarning holatiga zarar etkazib qo'ymaydimi? Futbolchilarda qiyin o'tgan musobaqadan so'ng charchoq alomatlari bo'lishi aniq...

- Osiyo o'yinlarida katta kuch yo'qotdik. Jismoniy va ruhiy tomonlama qiyin turnir bo'ldi. Ammo futbol shunday, sizning holatingizga qarab o'tirmaydi. Biz Ispaniya terma jamoasi bilan to'qnash kelishimizni avvaldan bilar edik. Associaciya bizni ancha oldin bundan xabardor etgan edi. Ispaniyaga qarshi o'ynash taklifini rad qilish mantiqqa to'g'ri kelmasdi, shu sababli rozi bo'ldik. Futbolchilarning barchasi professional va ular bunday vaiyatlarni tushunishadi. Vatanga qaytganimizdan so'ng yigitlarning kayfiyati ancha yaxshilandi. Mashg'ulotlarda futbolchilarning holati yaxishilanayotganini sezdim. Futbolda faqat mavsum yakunlanganidan so'ng dam olinadi. Bizda esa hali mavsum davom etyapti.



- Jasur Jalollidinovga savol. Qiyin turnirdan so'ng yana o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish sizlarga qiyinchilik to'g'dirmaydimi?

- To'g'ri takidladingiz, musobaqa qiyin kechdi. Musobaqaning so'ngi bosqichigacha ishtirok etganimiz sababli bizda tiklanish uchun kam vaqt bo'ldi. CHarchoq alomatlari tasir qilishi ham mumkin, ammo biz hozir o'zimizning eng optimal sport formamizdamiz. Ispaniyaga qarshi uchrashuv ancha qiziqarli kechishi shubhasiz.



- Ispaniya U-21 terma jamoasinig tarkibi yangi ekanligini takidlab o'tdingiz. Ular endi jamoani shaakilantirishmoqda. Bizda esa teskari holat. Bizning olimpiya terma jamoamiz bir necha yillardan beri bir tizim orqali tayyorgarlik ko'rmoqda. SHu sababdan ertangi uchrashuvda qanday natijadan qoniqasiz?

- Terma jamoa darajasida har bir uchrashuvda maqsadimiz – g'alaba. To'g'ri, o'rtoqlik uchrashuvining ahamiyati unchalik katta bo'lmasligi mumkin, biroq terma jamoa libosi kiyilganda faqat eng yaxshi natijaga intilishimiz kerak. Ispaniya terma jamoasining tarkibi yangi bo'lishiga qaramay, ular bolalar futbolidan taktik tomonlama juda kuchli tayyorgarlik ko'rgan bo'lishadi va bu yangilik emas. Biz ham o'zimizga yarasha yaxshi shakllangan jamoamiz. Maydondagi o'yin hamma narsani aniqlab beradi.

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlarida 29 yillik tanaffusdan so'ng yana medal qo'lga kiritdi. Ushbu tarixiy natija uchun rag'batlantirish bo'ldimi?

- Tabriklar uchun rahmat. Osiyo o'yinlariga ketishimizdan avval har xil fikrlar bo'ldi. "Ushbu musobaqa keraksiz", deganlar ham topildi. Biz ham iloji boricha O'zbekiston sharafi munosib himoya qilishga harakat qildik va o'ylaymanki, kichik bo'lsa ham hissamizni qo'shdik. Rag'batlanitirishga keladigan bo'lsak, barcha sportchilar kabi bir xil mukofotlanamiz.



- Jamoaga Umarali Rahmonaliev va Diyor Xolmatov kelib qo'shildi. Ularni ertangi uchrashuvda maydonda ko'rishimiz mumkinmi?

- Ertangi uchrashuvda barchaga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Tarkibni ertaga aniqlab olamiz, ammo barcha futbolchilar o'yin vaqtiga ega bo'lishadi.


- Jasur Jaloliddinovga savol. Ispaniya terma jamoamisining futbolchilari oldin taktik tomonlama juda kuchli bo'lar edi. Ammo bo'y-basti va jussasi bo'yicha ancha kichik edi. Ispaniya terma jamoasining joriy tarkibi esa gavda va jismoniy tomonlama ham ancha katta o'sishga erishibdi. Hozirgi futbolchilarning bo'y-basti ancha baland ekan. Ertaga maydonda raqibni jismoniy tomonlama ustunligi katta muammo to'g'dirmaydimi?

- Raqibning bo'yi va gavdasi muammo to'g'dirmaydi deb o'ylayman. Bizda ham jismoniy tomonlama ancha kuchli futbolchilar yig'ilgan. Futbolni ko'proq taktik tomonlama o'rganish kerak.



O'zbekiston – Ispaniya bahsi ertaga "Bunyodkor" stadionida Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. 


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика