Syunsuke Nakamura 44 yoshida "butsalarini mixga iladi"
17 okt 2022 21:25
Yangiliklar
Syunsuke Nakamura 44 yoshida "butsalarini mixga iladi"
Yarim himoyachi hozirda Yaponiyaning ikkinchi divizioni vakili "Yokogama" klubida to'p tepadi.
Nakamura professional faoliyatini 1997 yil Yaponiyaning "Yokogama Marinos" klubida boshlagan, 2002 yilda esa Italiya A seriyasiga yo'l olgan va u erda uch mavsumni "Rejina" safida o'tkazgan.
2005 yilda futbolchi "Seltik"ga sotildi va u erda ilk mavsumidayoq SHotlandiya chempionati va SHotlandiya kubogini qo'lga kiritdi.
"Seltik" bilan to'rt yillik shartnoma muddati tugaganidan keyin yapon o'yinchisi "Espanol" futbolchisiga aylandi. Keyinchalik Nakamuraning madaniy va lingvistik sabablarga ko'ra ispan futboliga to'liq moslasha olmagani haqida mish-mishlar tarqaldi.
SHundan so'ng, 2010 yilda futbolchi yana Yaponiya chempionatiga qaytdi.
Xalqaro miqyosda Nakamura 2006 va 2010 yillardagi jahon chempionatlarida, shuningdek, 2003 va 2005 yillardagi Konfederaciyalar kubogi hamda 2000, 2004 va 2007 yillardagi Osiyo kuboklarida Yaponiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar