So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  4 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

"Surxon" klubida yuzaga kelgan vaziyat bo'yicha O'FA bayonot berdi Yangiliklar

"Surxon" klubida yuzaga kelgan vaziyat bo'yicha O'FA bayonot berdi

“Surxon” futbol klubi vakillari va uning sobiq futbolchilari o'rtasida vujudga kelgan vaziyat bo'yicha O'FA o'z bayonotini taqdim qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxon” futbol klubining mamuriy boshqaruv ofisiga futbol klubining sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xo'jaev tashrif buyurgani, klub ofisida klubning ayrim xodimlari va mazkur futbolchilar o'rtasida vujudga kelgan nizoli vaziyat bilan bog'liq malumotlar tarqaldi.

Ushbu vaziyat bo'yicha bugun O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati va masul mutaxassislari ishtirokida maxsus yig'ilish bo'lib o'tdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi bu kabi salbiy holatlarni keskin qoralaydi. Mazkur shaxslarning masuliyatsizligi va etika normalariga rioya qilmasligi o'zbek futboli imidjiga putur etkazmoqda. 

Ayni vaqtda ushbu holat tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. SHuningdek, holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi ham tayinlangan.   

Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar O'FA tomonidan “Surxon” futbol klubi bosh direktori Azamat Abduraxmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G'ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xodjaev futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

SHu bilan birga, O'zbekiston futbol associaciyasi barcha futbol klublari rahbariyatiga o'z jamoalarida qatiy intizomni saqlashni va har qanday vaziyatda ham etika normalariga rioya qilishni tavsiya etadi", -deyiladi tashkilot bayonotida.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика