"Surxon"ning ispaniyalik legioneri faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi
08 jan 2023 23:03
Yangiliklar
"Surxon"ning ispaniyalik legioneri faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi
"Surxon"ning ispaniyalik legioneri Luis Migel Kezada faoliyatini Yaponiya chempionatida davom ettiradi.
Yaponiyaning J2 ligasida ishtirok etuvchi "Tokushima Vortis" klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ispaniyalik futbolchi Luis Migel Kezada bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Kezada o'tgan mavsum "Surxon" klubi sharafini himoya qilgandi.
Futbolchi yangi klub haqida shunday fikr bildirdi: “Tokushima" bilan shartnoma imzolaganimdan juda xursandman va men klub safiga qo'shilishni intiqlik bilan kutyapman. Men bu klubga g'alaba qozonish uchun keldim va o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatib, jamoam oldiga qo'ygan maqsadlarga erishmoqchiman”.
Fikrlar