"Surxon"ning ashaddiy muxlisi yordamimizga muxtoj!
10 jan 2020 18:05
Yangiliklar


"Surxon"ning ashaddiy muxlisi yordamimizga muxtoj!
Ikki qiz va bir o'g'ilning otasi bo'lgan Olim aka qiyinchiliklar girdobiga tushib qoldi.
Ikkinchi qizining sog'ligini o'nglash uchun 10 yil kurashib, uni sog'ayishiga erishgan ota endi o'g'li uchun borini bermoqda. 2007 yilda dunyoga kelgan Gajkuli Odinaev oyog'ida ikki tomonlama maymoqlik kasali aniqlandi. Olim aka bu sinovni ham engib o'tish yo'lida tinimsiz harakat qilmoqda. Ko'p marta operaciya qilinishiga qaramasdan, bolakayni maymoqlik alomatlari tark etmadi. Gajkuli 3 yoshga to'lganda unda yana bir kasallik - ichak potologik kasalligi borligi malum bo'ldi. Bolaning 1 metr 8 sm ichagini olib tashlashdi, ammo kasallik uni tark etmadi. 12 yoshga bo'lgan Gajkuli hozirgacha o'nlab operaciyalarni boshidan o'tkazdi.
Olim aka tibbiy muolajalar xarajatlarini qoplash uchun uyini sotdi, ayni damda ular ijarada yashashmoqda. Bolakayni Rossiyada bir qator jarrohlik amaliyotlari kutib turibdi. Albatta, davolanish uchun yaxshigina pul kerak. Gojkulining ahvoli esa yomonlashishda davom etyapti. SHifokorlarning aytishicha, bolakay sog'ayib ketishi mumkin. Olim akaga 10 ming AQSH dollari kerak. O'zbek xalqi o'zining mehmondo'st, mehribon va yaxshilik qilish kabi hislatlari bilan mashhur. Keling, Olim akaga yordam berib, uning farzandi yoqqa turib ketishiga ko'maklashaylik.
"Qadrli murabbiy, futbolchi va futbol ishqibozlari. O'g'lim 11 yoshda va u hozirgacha 11ta operaciyani boshidan o'tkazdi. So'nggi paytlarda ahvoli og'irlashdi va so'nggi 10 oy ichida 6 marta farzandimni Rossiyada operaciya qildirdim. Baxtiyor Ashurmatov, SHavkat Salomov, Abdulaziz Yusupov, Odil Ahmedov, Eldor Suyunov, Timur Kapadze, Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar Tursunov va "Paxtakor" hamda "Surxon"ning boshqa futbolchilari yordami bilan o'g'limni Rossiyaga olib borib, o'g'limni oyoqqa turg'izishga harakat qildim. Yana Rossiyaga ketishimiz kerak, biroz mablag' etmayapti. Championat.asia sayti orqali sizlardan yordam so'ramoqchiman. Iltimos, o'g'limni Rossiyada davolatishga yordam bering" - dedi Olim aka Nazarov.
Olim Nazarov
Tel: +998 94 515 00 71
Uzcard ("Agro Bank"): 8600 0417 8158 9628

Fikrlar