So’nggi yangiliklar

11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  2 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  4 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  13 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76

"Surxon"ga tegishli qarzlar haligacha to'lanmagan - O'zPFL Yangiliklar

"Surxon"ga tegishli qarzlar haligacha to'lanmagan - O'zPFL

O'zbekiston Professional futbol ligasi “Surxon” futbol klubining futbolchilar, murabbiylar va boshqa ishchilar uchun to'lamay kelayotgan qarzdorligi masalasini kun tartibida ushlab turibdi.

Liga shu yilning o'zida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov nomiga 3 ta rasmiy xat yubordi. Biroq viloyat hokimligi mazkur xatlarga umumiy javob qaytarish bilan cheklandi.


Nega Surxondaryo viloyati hokimligi?

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 yanvardagi “Surxon PFK” masuliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini “FC-Surhan” masuliyati cheklangan jamiyatiga sotish to'g'risida”gi 4-son qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimligi zimmasiga “Surxon PFK” masuliyati cheklangan jamiyatining o'tgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvini o'tkazib, klubning aniqlangan kreditor qarzdorligini 2023 yilning 10 yanvariga qadar bartaraf etilishini taminlash yuklatilgan. O'zPFL qaror ijrosi yuzasidan malumot olish uchun 16 yanvar kuni Surxondaryo viloyat hokimligiga rasmiy murojaat bilan chiqdi.    

Bunga javoban shu yilning 2 fevral sanasida Surxondaryo viloyat futbol associaciyasi Ligaga xat yo'lladi. Unda viloyat hokimi topshirig'iga asosan vakolatli organlar ishtirokida audit tekshiruvi boshlangani, shundan kelib chiqib, “Surxon” futbol klubi 2019-2022 yillar davomida O'zPFL ro'yxatidan o'tkazgan barcha shartnomalardan nusxa taqdim etish so'ralgan. Liga mazkur so'rovga muvofiq bir kun ichida tegishli shartnomalardan nusxalar taqdim etdi. Qaror ijrosi bajarilishi lozim bo'lgan sanadan 100 kundan ziyod vaqt o'tgan bo'lsa-da, qaror ijrosi taminlanmadi.

Liga 25 mart kuni viloyat hokimiga rasmiy xat bilan chiqib, mavjud qarzdorlik 29-mart sanasiga qadar bartaraf etilmasa, “Surxon” futbol klubi OFK licenziyasini qo'lga kirita olmasligi va buning oqibatida klub 2024-yilgi mavsum oldidan quyi divizionga tushirilishi mumkinligini malum qildi. Bunga javoban viloyat hokimining birinchi o'rinbosari A.Oripov 31-mart kuni qarzdorlikni to'lash bilan bog'liq harajatlarni qoplash uchun zarur bo'lgan mablag' homiylik yoki byudjetdan tashqari qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishini malum qildi. Mazkur javob xatida qarzdorlikni bartaraf etishning aniq muddati ko'rsatilmaganidan kelib chiqib, O'zPFL 5-aprel kuni viloyat hokimligiga navbatdagi so'rovni yubordi. A.Oripov tomonidan esa 14-aprel kuni xuddi avvalgi mazmundagi javob xati takroran taqdim etildi.


O'zPFL bunga javoban qanday chora ko'rishi mumkin?

O'zbekiston Professional futbol ligasi “Surxon” futbol klubi eski qarzdorlik masalasini ijobiy hal qilmagani sababli OFK licenziyalash platformasida mazkur holat aks etishini taminladi. Bu esa futbol klubining xalqaro licenziyani qo'lga kirita olmasligida asosiy mezon bo'lishi mumkin. Agar “Surxon” futbol klubi licenziyani qo'lga kirita olmasa, uning 2024 yilgi mavsumni qaysi ligada o'tkazishi masalasi O'FA tomonidan ko'rib chiqiladi. Mazkur qoida “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 10.2-bandida o'z ifodasini topgan. Liga bu boradagi so'rovni associaciyaga rasman kiritishi uchun iyun oyini kutishga to'g'ri keladi. Sababi OFK licenziyalash jarayoning yakuniy natijalari aynan shu oyda rasman elon qilinadi.

SHuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori ijrosini kechiktirayotgani, FIFA meyorlariga ko'ra mazkur holat uchun “Surxon” futbol klubi ham bevosita javobgar ekanligidan kelib chiqib (yangi tasischi Liga oldidagi majburiyatlarini to'liq bajarilishini taminlayotgan bo'lsa ham, FIFA normalariga ko'ra u avvalgi tasischining majburiyatlari uchun ham javobgar hisoblanadi), Liga O'FA qoshidagi Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaga “Surxon” futbol klubi bilan bog'liq masala to'la echim topguniga qadar futbol klubining transfer oynasidagi harakatlarin cheklash yuzasidan taklif kiritdi. Qo'mitaning qarori yuzasidan alohida malumot taqdim etiladi.

“Surxon” futbol klubining 2019-2021 yillar davomidagi moliyaviy faoliyati va buning oqibatida qator ishchi-xodimlar o'z haqini o'tgan vaqt davomida undira olmayotgani masalasida O'zbekiston Professional futbol ligasi o'z vakolati doirasida etarli darajada ish olib bordi va buning natijasida ayrim qarzdorliklar bartaraf etildi, qolgan qarzdorliklar yuzasidan esa Vazirlar Mahkamasi shu yilning 6-yanvar kuni qaror chiqardi. Ishonamizki, hukumat qarori ijrosi tez orada taminlanadi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика