So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  206 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Surxondaryoda Eldor SHomurodov futbol akademiyasi tashkil etiladi Yangiliklar

Surxondaryoda Eldor SHomurodov futbol akademiyasi tashkil etiladi

Teglar :  Eldor SHomurodov
Viloyatimizning chekka va olis qishloqlaridagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, futbol orqali ularning individual qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish maqsadida surxondaryolik taniqli sportchi Eldor SHomurodov futbol akademiyasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bugun viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov Termiz tumanida joylashgan Futbol akademiyasi negizida Eldor SHomurodov futbol akademiyasini qurish bo'yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishdi.

Qurilish ishlari 2024 yil yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilgan bo'lib, 154 o'rinli akademiya loyihasida yopiq va ochiq stadionlar, yotoqxona, oshxona hamda boshqa yordamchi binolar bo'lishi ko'zda tutilgan. Tanishuv chog'ida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha yakuniy ishlarni bajarish hamda qurilishni belgilangan muddatda boshlash topshirig'i berildi.

SHuningdek, viloyat rahbari tashrif davomida futbol akademiyasida tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning futboldagi reja va maqsadlari bilan qiziqdi.

Eslatib o'tamiz, viloyatimiz hokimining Yaponiyaga tashrifida «Vanfore Kofu» futbol klubi bilan Surxondaryo viloyatida futbol maktablarini rivojlantirish, akademiyalarda o'qishni tashkil qilish, o'yinchilar va trenerlar almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvlarga erishilgan edi. 




Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика