"Surxon" tarkibni kuchaytirishni davom ettirmoqda. Tarkibga "Buxoro", "Navbahor" va "Qo'qon-1912"dan futbolchilar kelib qo'shildi
11 jan 2021 10:22
Yangiliklar


"Surxon" tarkibni kuchaytirishni davom ettirmoqda. Tarkibga "Buxoro", "Navbahor" va "Qo'qon-1912"dan futbolchilar kelib qo'shildi
"Surxon" jamoasi Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kechagi mashg'ulotlarda bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shildi.
O'tgan mavsumni "Buxoro" jamoasi tarkibida o'tkazgan Zohir Pirimov, "Qo'qon-1912"ning, yosh va tajribali himoyachisi, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi Jasur Yoqubov "Surxon" jamoasi yig'inida ishtirok etmoqda. SHuningdek, Namanganning "Navbahor" jamoasidan tajribali darvozabon Dilshod Hamroev ham termizliklar mashg'ulotiga kelib qo'shildi.
Tayyorgarlik davomida "Surxon" jamoasi bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazishi ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar
09:22
Olimpiya terma jamoamiz Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi 6
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 14

Fikrlar