So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  15 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

Surxon: Tanlov davom etmoqda Yangiliklar

Surxon: Tanlov davom etmoqda

Teglar :  Surxon
Xabaringiz bor, 2017 yilgi mavsumdan boshlab O'zbekiston XXVI milliy chempionati birinchi ligasida Surxondaryo viloyati sharafini Surxon (Termiz) futbol klubi himoya qiladi.

Bu klub o'tgan mavsumda Jarqo'rg'oning Neftchi va viloyatning boshqa jamoalari tarkiblarida to'p surgan mahalliy futbolchilar hisobiga shakllantiriladi.  Ayni chog'da Termizda professional futbol klubi faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Surxon PFK rahbariyati jamoa azolari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solyapti.

O'zbekiston Professional futbol ligasi talablariga ko'ra, har bir futbol klub o'z ramzi (logotipi) va bayrog'iga ega bo'lishi lozim. SHuni hisobga olgan holda Surxon PFK rahbariyati jamoa uchun logotip yaratish maqsadida tanlov elon qiladi. Tanlovda professional dizaynerlardan tashqari istagan futbol muxlisi o'z ijodiy ishlari bilan qatnashish huquqiga ega.

Malumot uchun aytish kerakki, yaratiladigan yangi logotipda futbol elementlari bilan bir qatorda Surxondaryo viloyati, shuningdek, ko'hna va hamisha navqiron Termiz shahri timsolini ifodaluvchi belgilar ham aks etishi talab etiladi. Kelasi yili “Surxon” jamoasi tashkil topganligining roppa-rosa yarim asrlik to'yi nishonlanadi. Vohaliklar mavsumni o'zlarining ananaviy sariq va ko'k liboslarida o'tkazishi rejalashtirilmoqda. Logotipni yaratishda ushbu jihatlarga ham etibor qilinsa ayni muddao bo'lardi.

Hozirga qadar 200dan ortiq logotip namunalari yuborildi. Tanlov 12 fevralga qadar davom etadi. Yakunda taqdim etilgan ijodiy ishlardan eng maqul va munosibi “Surxon” professional futbol klubi logotipi uchun tanlab olinadi.

Tanlovda g'olib chiqqan muallif futbol klubi mamuriyati tomonidan moddiy rag'batlantiriladi.

Murojaat uchun telefon: +998907474777.

O'z ijodiy ishlaringizni quyidagi elektron pochta manziliga jo'natishingiz mumkin: surkhon1968@mail.ru

Barchani tanlovga taklif etamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика