“Surxon” murabbiylar shtabida kimlar ishlamoqda?

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2019, 19:35
Xabaringiz bo'lsa kerak, Termizning “Surxon” jamoasi ayni damda Toshkentda yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ilhom Mo'minjonov boshqaruvidagi jamoa selekciya jarayonida barchani e'tiborini o'ziga tortmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Tarkibda yuz berayotgan o'zgarishlar saytimiz orqali berib borilayotgan bo'lsada, murabbiylar shtabida bosh murabbiyga kimlar yordam berayotani ko'pchilik qiziqtirayotgani bor gap.
Shu bois Mo'minjonovning yordamchilarini aniqlashga xarakat qildik.

Ilhom Ibragimovich “Surxon” boshqaruvini o'z qo'liga olgach, yoniga eng avvalo o'zi yaxshi bilgan mutaxassislarni taklif etgan. Yani o'tgan mavsum u bilan “Navbahor”da birga ishlagan Anvar Soliev, Vladimir Andreev hamda Sherzod Sharipov endilikda Termiz jamoasida ham bosh murabbiyga yordam beradigan bo'ldi.

Ushbu shtabga bu yildan e'tiboran darvozabonlar murabbiyi Ruslan Ahmedxonov qo'shilganini aytish lozim. Bungacha jamoada yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Ikrom Ibragimov ham olib qolingan. Shuningdek so'nggi yillarda “Qizilqum” jamoasida faoliyat yuritib kelgan Grigoriy Seytlinni ham hozirda “Surxon”da ekanligini etirof etish joiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia