So’nggi yangiliklar

14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  2 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  18 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  13 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  8 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  20 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  2 08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  4

“Surxon” lageridan daraklar Yangiliklar

“Surxon” lageridan daraklar

Pro-liga ishtirokchisi Termizning “Surxon” jamoasi ayni damda o'z qarorgohida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Yaqinda jamoada bosh murabbiy o'zgargani haqida xabar bergandik. Endilikda jamoa natijalariga Dilshod Nuraliev javob beradi. Bosh murabbiyga endilikda Rufat Akramxo'jaev va Ikrom Ibragimov yordam beradigan bo'ldi. Ularning safi kelgusi haftada yana bittaga ko'payishi kutilmoqda. Bugun mashg'ulotlarga katta murabbiy Akramxo'jaev boshchilik qildi. Nuraliev Toshkentdagi ayrim yumushlarini hal etib, ertadan Termizga borib, rasman ishga kirishadi.  

Tarkibda o'ttiz nafardan ziyod futbolchi shug'ullanmoqda. Mashg'ulotlar hozircha kuniga bir mahaldan o'tkazilyapti. Murabbiylarning rejasiga ko'ra, “Surxon” o'z qarorgohida ushbu haftaning so'nggiga qadar yig'in o'tkazadi. 12 fevraldan termizliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlari Toshkentga ko'chadi. Unga qadar murabbiylar ixtiyoridagi futbolchilar saralab olinadi. Poytaxtdagi yig'in chog'ida selekciya ishlari olib borilishi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olindi. Jamoa bu yil o'z oldiga super ligaga chiqish vazifasini qo'ygan. SHunga monand tarkibni kuchaytirish maqsadida ayni damda bir qator tajribali futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda. Lekin aynan qaysi futbolchilar ekanligi hozircha oshkor etilmayapti.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика