Ideal debyut: Kerrikning ilk o'yinida "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
17 jan 19:25
Yangiliklar
Ideal debyut: Kerrikning ilk o'yinida "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 2:0
Gollar: Mbemo (64), Dorgu (76).
"Manchester Yunayted": Lammens - Dalot, Maguayr, Martines, Shou (Xeven, 90+1) - Kazemiro (Ugarte, 81), Fernandesh (Maunt, 90+1), Dorgu, Maynu - Diallo, Mbemo (Kunya, 70).
"Manchester Siti": Donnarumma - Lyuis, Husanov, Alleyn (Orayli, 46), Ake - Rodri, Bernardu (Reynders, 80), Semeno, Foden (Cherki, 46) - Doku (Ayt-Nuri, 80), Xoland (Mukasa, 80).
Ogohlantirish: Dalot (10), Shou (17), Rodri (45+2), Orayli (48), Lyuis (75).
Uchrashuv yakunlandi! "Yunayted" juda katta tashabbusga ega bo'lib, haqli va adolatli g'alabaga erishdi. 2,03 xG yig'di jamoa. Bundan ideal debyut bo'lmasa kerak Kerrik uchun. Husanov o'yinni yomon o'tkazmadi, har holda himoyachilar orasidagi eng yaxshi ballga ega bo'ldi. Barchaga rahmat. Navbatdagi uchrashuvda ko'rishguncha.
Aytgancha, "Siti"ning mag'lubiyatida himoyachilarni ayblab bo'lmaydi. Jamoa umumiy 1 aniq zarba yo'llagan holos. xG esa 0,45 ni tashkil etdi.
Gol inobatga olinmadi! Bugun "Yunayted"ning 3 goli ofsayd sababli hisoblanmadi. 5:0 bo'larkan-e)
90+2. GOOOOOLLLL!!! "Yunayted" niyatiga etdi. 3:0! Maunt! Kunyadan yana bir assist!
O'yinga 5 daqiqa qo'shilgan ekan.
90. UXXXXX!! Diallo ko'mishi mumkin edi. U deyarli 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi, zarbani ustun qaytardi.
89. Brununing uzatmasini darvozabon ushlab oldi.
87. Bugun Gvardiola futbolchilaiga uzoqdan zarba berishsa, jazo olishini aytganmi deyman.
85. Reynders qanotdan darvoza yoniga to'pni oshirdi. Ayt-Nuri to'pni to'xtata olmadi.
"Yunayted" yana gol urishga va birinchi davradagi 3:0ni qaytarishga harakat qilmoqda, shekilli.
81. Ikkala jamoa tarkibida bir qancha o'zgarishlar bo'ldi.
78. Endi "Siti" hujumga o'tishga harakat qilmoqda. Bugun jamoa umuman o'zida emas.
Bu golda Husanovning aybi bormi?
76. GOOOOOOLLLLL!! Dorguuuuu!! Qanotdan uzatilgan to'pni Dorgu raqibi Lyuisdan osonlikcha o'tib, gol urib ketdi! Kunyadan super assist!
73. Semenoning darvoza yaqiniga uzatgan to'pi anchagina noaniq ketdi.
71. Doku darvoza sari yurib kelayotgandi. Maguayr to'pni olib qo'ydi. Bugun "Siti" umuman o'ziga o'xshamayapti.
70. "Siti" ikki standartga ega bo'ldi. Jarimadan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytardi. Burchakdan uzatilgani esa hujumdagi fol sababli to'xtadi.
68. UXXXXX!!! Amadning zarbasi noaniq ketdi.
"Yunayted" juda katta ustunlik qilayotgan o'yinda gol urishi haqliroq va adolatliroq edi.
64. GOOOOOOLLLLL!! "Yunayted" nihoyat o'zi uchun haqli golni urdi! Tezkor qarshi hujumdan Mbemo gol urib ketdi!
63. DONNARUUMMAAAAAA!! Jiji "Siti"ni yana goldan qutqardi. O'zi ushbu mavsumda "Yunayted"ga qarshi o'ynaydigan barcha darvozabonlar zo'r o'ynamoqda.
57. DONNARUMMAAAAAAAA!! Jamoasini yaqqol goldan saqladi! Amadning zarbasini qaytargan Jiji keyinchalik Kazemironing juda qulay nuqtadan, deyarli gol bo'lgan vaziyatda jamoasini qutqardi.
54. "Siti"da yaxshi vaziyat. Hozircha uchrashuvning eng yomon futbolchisi bo'lib turgan Xolandning yaxshi nuqtadan zarbasini Lisandro qaytardi. Burchak zarbasidan uzatilgan to'pni Lammens ushlab oldi.
53. Abduqodir ikki vaziyatda jamoasini qutqardi. Birinchisida zarbani qaytardi, ikkinchisida ehtimoliy xavfli uzatmaning oldini oldi.
48. Hozirgina maydonga tushgan Orayli Amadga to'pni osonlikcha oldirdi va fol ishlatib, sariq kartochka oldi.
46. UXXXXX!!! "Yunayted" yana xavfli hujum uyushtirdi. Dalotning uzatmasini bo'sh darvozaga kiritish uchun to'pga hech kim eta olmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun shay holatda.

Tanaffus!
45+2. Rodri ogohlantirildi.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.
45. "Siti" futbolchilari zarba nuqtasida bo'lib ham tepishmayapti. Keraksiz paslar juda ko'payib ketdi.
43. Brunu zarba poziciyasidagi Mbemo tomon to'pni oshirdi. Abduqodir vaziyatni tezda anglab, to'pni tepib yubordi.
40. GOOOOLLLLL!! "Yunayted" o'z maqsadiga etdi. Brunu Fernandesh hammani aldab gol urdi! Lekin yana ofsayd!
39. Semenoning zarbasi noaniq ketdi.
37. UXXXXXX!! "Siti" ilk zarbasi orqali hisobni ochishi mumkin edi. Alleynning boshi bilan yo'llagan zarbasini Lammens qaytardi (shekilli).
35. Hozircha "Siti" birorta aniq zarba yo'llay olmadi.
33. Amad Diallo gol urgandi. Offsayd. Gol inobatga olinmadi.
32. HUSANOOOOOVVVVVVV!! Jamoani yaqqol goldan saqlab qoldi! Mbemoning gol urishiga yo'l qo'ymadi!
30. Amad qanotdan bir necha raqibini aldab o'tgandi. Himoyachilar to'pni olib qo'yishdi.
29. Maynu Rodrini yiqitgani uchun fol berildi.
27. Semeno Shoudan o'ta olmadi. Ortidan Lyuis Dorguga qarshi fol ishlatdi.
25. "Siti"da burchak zarbasi. Uzatilgan to'pni himoyachilar qaytardi.
22. DORGUUUUUUU!! Uning xavfli zarbasini Donnarumma qaytardi! Bugun "Yunayted" zo'r o'ynayapti.
20. Maguayr to'p uchun kurashgandan keyin Bernarduni reklama shitiga yopishtirib qo'yay dedi) O'zi vaziyatni tezda tushunib, Silvani quchoqlab qo'ydi.
17. Dorgu hamda Husanov to'p uchun kurashdi. Himoyachi bu holatda g'olib keldi. Sal keyin Shou sariq kartochka oldi.
16. Mbemo hamda Abduqodir tezlikda to'p uchun kurashdi. Unda Husanov g'olib keldi.

15. Semenoning pasidan keyin Bernardu boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.
13. Dalotning noaniq pasidan keyin Xoland to'pni egallab oldi. Uzoq davom etgan hujum Semenoning to'pni yo'qotishi bilan yakunlandi.
VAR ishga tushdi. Dalotning foli qizil bo'lishi mumkin edi. Lekin bu tekshiruv uzoqqa cho'zilmadi.
10. Dalot ogohlantirildi.
9. "Siti" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan "shaharliklar" juda noto'g'ri foydalanishdi.
7. "Yunayted" juda faol o'ynamoqda. Dalotning qanotdan uzatmasini Abduqodir qaytardi. Ikkinchi tempda Maynuning zarbasi juda sekin chiqdi.
6. UXXXX! Alleynning xatosidan keyin "Yunayted"ning ikki futbolchisi Donnarumma bilan birga bir holatga chiqib ketdi. Jiji vaqtida to'pni qarshi olib, to'pni tepib yubordi.
5. Diallo Dokuni yiqitdi. Jarima zarbasi.
4. UXXXXXXX!!! Xarri Maguayr 30 santimetrdan darvozani ishg'ol qila olmadi. Uning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegdi.
3. "Yunayted" hujumda. Dorguning qanotdan uzatmasini Abduqodir burchakka chiqarib yubordi.
2. Jarimadan uzatilgan to'p Mbemoga mo'ljallangandi. Shunday gavdali futbolchini ham Abduqodir surib tashladi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan. "Old Trafford" uzra "Take me home" yangramoqda.
- Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.
- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun "Old Trafford"da o'zgacha tun: Manchester derbisida o'zbek o'g'loni o'ynaydi. Ha, bu katta voqelik. Chunki Abduqodir "Siti"ga o'tganidan beri derbida o'ynamagandi. Lekin "Yunayted" muxlislari har qanday holatda ham jamoasini qo'llab-quvvatlasa kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar
5 ta gol urgandi usha uyinda myu bugun ham 5 ta gol urdi baxtiga afsayd bor ekan lekin shunda ham bugun yeb quydi unga emas myu ustidan kulish
Kerrikdan esan yangi SER ALEX FERGUSON kutamiz.