Otabek Boymurodov: "Men Manuel Noyerning o'yinini kuzatishni yaxshi ko'raman"
13 jan 18:58
Yangiliklar
Otabek Boymurodov: "Men Manuel Noyerning o'yinini kuzatishni yaxshi ko'raman"
- Otabek, Assalomu alaykum. Avvalo, "Surxon" taklifi qanday paydo bo'ldi va nima uchun aynan shu klubni tanladingiz?
- Menga jamoa bosh murabbiyi, hurmatli Stanislav Petrovich qo'ng'iroq qildi va mening faoliyatim rivoji uchun eng istiqbolli deb hisoblagan loyiha haqida gapirib berdi. Shuningdek, bu shahar men uchun begona emas — onam aynan Surxondaryoda tug'ilib, shu erda voyaga etgan.
- Siz mamlakatimizdagi eng yaxshi yosh darvozabonlardan biri sifatida etirof etilmoqdasiz. Shu bilan birga, "Surxon" safida yosh posbonlar — Dilshod Yo'ldoshev va Davron Merganov ham bor. Umuman olganda, raqobatga qanday qaraysiz?
- Aslida men sog'lom raqobatni juda yaxshi ko'raman, chunki raqobat har kuni o'sishga va rivojlanishga yo'l beradi. Men Dilshod va Davronni yaxshi bilaman va ularni juda hurmat qilaman — ularning ikkalasi ham juda yaxshi darvozabonlar. Men ikkovidan biroz yoshman, ammo bu ahamiyatga ega emas. Umid qilamanki, biz bir-birimizdan nimanidir o'rganamiz.
- Jamoada futbolchilar sizni qanday qabul qilishdi va kimlar bilan allaqachon do'stlashib ulgurdingiz?
- Jamoada muhit juda yaxshi. Yigitlarning aksariyati bilan allaqachon tanishman — ko'p bolalar bilan turli jamoalarda birga o'ynaganmiz. Shaxsan tanimagan yigitlar bilan ham tanishib oldim. Eng ko'p Davron Merganov bilan muloqot qilaman.
- 2023 yilda siz U-20 Osiyo Kubogi chempioni bo'ldingiz va turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildingiz. Aytish mumkinki, yoshligingizdayoq barchasiga erishib bo'ldingizmi yoki asosiy yutuqlar hali oldindami?
- Menimcha, barcha muhim yutuqlar hali oldinda. Men bunga ishonaman va shunga intilaman. Osiyo Kubogi allaqachon tarixda qoldi. Endi oldinga qadam tashlab, yangi cho'qqilar sari harakat qilish kerak.
Bundan tashqari, O'zbekiston futboli qanday rivojlanayotganiga qarang. Yangi maydonlar qurilmoqda, futbolchilar uchun alo sharoitlar yaratilmoqda. Shuning uchun mehnatim orqali katta yutuqlarga erisha olishimga ishonaman. Eng muhimi — o'z ustingda ishlash.
- Ushbu mavsum uchun klub rahbariyati jamoa oldiga qanday vazifalar qo'ydi?
- Bizda yosh jamoa va katta salohiyatga ega futbolchilar bor. Barchamiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Tashqaridan kuzatib, "Surxon" yosh futbolchilarga katta etibor qaratayotganini ko'rardim. Aynan shu sababli ham men ushbu jamoa safida to'p tepishga rozi bo'ldim. Bizning vazifa va maqsadlarimiz maksimal darajada yuqori.
- Qaysi mashhur darvozabonning o'yinini kuzatish sizga yoqadi? Va nima uchun?
- Avvalo, men Manuel Noyerning o'yinini kuzatishni yaxshi ko'raman. Bu darvozabon 10 yildan ortiq vaqt davomida o'z darajasini namoyish etib, birinchi raqam bo'lib kelgan. Ammo aynan o'yin uslubiga to'xtaladigan bo'lsak, menga Tibo Kurtua yaqinroq, chunki u ham juda baland bo'yli. Men uning o'yin uslubini takrorlashga, darvozabon uchun zarur bo'lgan barcha sifatlarni undan o'rganishga harakat qilaman.
- "Surxon" muxlislariga tilaklaringiz...
- Har bir o'yinda muxlislarni xursand qilishni istaymiz. Biz katta masuliyatni his qilamiz. Bizni butun Surxondaryo kuzatib turibdi. Muxlislar bizga ishonadi va qo'llab-quvvatlaydi. Har bir uchrashuvda natija uchun bor kuchimizni berishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar