"Surxon" hujumchisi "Navbahor"ga o'tishga yaqin
11 iyu 2019 10:01
Yangiliklar


"Surxon" hujumchisi "Navbahor"ga o'tishga yaqin
Tajribali hujumchi SHerzod Hakimov ikkinchi davrani vodiyda o'tkazishi mumkin.
Joriy mavsumning birinchi yarmini Termizning "Surxon" jamoasida o'tkazgan hujumchi SHerzod Hakimov ikkinchi davrani "Navbahor"da o'tkazishi mumkin. Bu haqda "Navbahor" klubining telegramdagi rasmiy kanali xabar berdi.
Malumot uchun, Hakimov dastlabki davrada 12ta o'yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishdi. Futbolchi faoliyati davomida "Neftchi" va "Olmaliq" (hozirgi AGMK) klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar