"Surxon" braziliyalik futbolchilar bilan xayrlashdi
01 jan 2020 19:40
Yangiliklar


"Surxon" braziliyalik futbolchilar bilan xayrlashdi
Termizning "Surxon" klubi yangi mavsum oldidan bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi.
Olingan malumotlarga ko'ra, braziliyalik hujumchilar Duglas va Lukas jamoadan ketishgan. Bundan tashqari ikkinchi davrada AGMKdan ijaraga olingan SHoxnazar Norbekov ham "Surxon"ni tark etgan.
Kuni kecha termizliklar rossiyalik hujumchi Aleksandr Kasyan bilan shartnoma tuzishganini elon qilishgandi.
Malumot uchun, Superligada Duglas 9ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi, Lukas esa 7ta uchrashuvda maydonga tushgan va gol ura olmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar