So’nggi yangiliklar

00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  5 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  5 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  5 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   9 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  13

Suriya, Bangladesh va Hindistonni yutish uchun ikki oylik yig'in shartmi? Yangiliklar

Suriya, Bangladesh va Hindistonni yutish uchun ikki oylik yig'in shartmi?

O'zbekiston (U-23) olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi.
Bangladeshda 23-31 mart kunlari bo'lib o'tadigan saralash o'yinlarida terma jamoamiz Suriya, Bangladesh va Hindistonga qarshi bahs olib boradi va guruhda birinchi o'rinni egallagan jamoa kelasi yilgi Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi. 1993-94 yilda tug'ilgan futbolchilar qatnashadigan Osiyo chempionati kelasi yil qaerda bo'lib o'tishi hozircha malum emas. Faqat shunisi aniqki, yarim finalga chiqqan to'rtta jamoa 2016 yilgi Rio olimpiadasiga yo'llanma oladi.

Malumki, hozir bu yoshdagi terma jamoada SHuhrat Maqsudov bosh murabbiy bo'lib ishlayapti. Va SHuhrat Maqsudov oldiga jamoani Rio olimpiadasiga olib borish vazifasi qo'yilgan. Albatta, vazifa juda jiddiy va uni bajarish oson bo'lmaydi, lekin ikkinchi tomondan saralash o'yinlarida bizga juda oson raqiblar tushganini inobatga olsak, ikki oylik yig'inning zarurati qolmaydi. Mana yaqinda bu jamoa Qirol Kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun Tailandga jo'nab ketdi. U erda futbolchilarimiz Tailand, Janubiy Koreya va Gondurasga qarshi o'yin o'tkazishadi.

Bizni xavotirga solayotgan jihat shuki, barcha futbolchilar yangi mavsumga o'z klublarida tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda, bazilar hamon terma jamoadan ortmayapti. Masalan, Jamshid Iskanderov bilan Igor Sergeev shundoq ham oxirgi ikki oyni milliy terma jamoada o'tkazdi. Mana endi ularni Tailandga olib ketishdi. To'g'ri, Osiyo Kubogi qitamizdagi eng katta futbol musobaqasi bo'lgani uchun terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarning holatini juda yaxshi tushunamiz, biroq futbolchi terma jamoadan ortmay yuraversa, qachon o'z klubida shug'ullanadi-yu, qachon mavsumga hozirlik ko'radi? Buning ustiga Qirol Kubogiga borish biz uchun shunchalik zarurmidi degan savol ham tug'iladi.

Bo'lajak olimpiya terma jamoamiz u yoqdan bir haftadan so'ng qaytib kelar ekan va katta ehtimol bilan fevralda boshqa yig'in o'tkazmaydi. Martdan esa oliy liga boshlanadi, bu yoqda Osiyo chempionlar ligasi o'yinlari bo'lib o'tadi. U-22 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi 23 martdan start oladi va eshitishimizcha, terma jamoa Bangladeshga borishdan oldin yana kim bilandir o'rtoqlik o'yini o'tkazar ekan. Futbolchini doim terma jamoada olib yuraverish uni zeriktirib qo'yadi. SHu bois hamma o'yinchilar yangi mavsumga o'z klublarida tayyorgarlik ko'rgani maqul.

SHu hafta Asqar Tolibjonov va Mirjalol Qosimov bilan o'tkazilgan matbuot anjumanida biz yuzaga chiqarishga harakat qilayotgan savol ko'tarildi. Yani, terma jamoadagi tinmay yig'inlar tufayli avvaliga 1989larni, keyin esa 1993larning ko'pini boy berdik. (Negaki o'z vaqtida Ahmad Ubaydullaev bilan Ahmadjon Musaev ham tinmay xorijda yig'in o'tkazib, amalda hech kimni tarbiyalab bera olmagandi). Mana endi 1993larning qolganini ham aynan YIG'INLAR sabab yo'qotib qo'yishimiz mumkin. Bizga TJM direktori Asqar Tolibjonovning xayolidan nimalar o'tayotgani qorong'u, ammo fakt shuki, ketma-ket tashkil etilayotgan yig'inlar sabab ham yaxshi natijaga erisha olmayapmiz, ham tayyor o'yinchilarni sindirib qo'yyapmiz. SHunday ekan, bu masalaga shaxsan O'FF rahbari Mirabror Usmonovning aralashuvi orqali jiddiy qaralmasa bo'lmaydi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика