So’nggi yangiliklar

13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  0 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  0 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  40 12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  1 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  1 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  0 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  9 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  10 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   1 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  6 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  7 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   1 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  5

Suratlar zo'r, lekin orqa fon... Yangiliklar

Suratlar zo'r, lekin orqa fon...

Bu maqolada o'yin, mashg'ulot yoki intervyu paytida olinayotgan suratlar va orqa fon masalasiga etibor qaratamiz.

Fotosuratchilikda orqa fon degan tushuncha bor. Agar siz yaxshi surat olsangiz-u, lekin orqa fon chatoq bo'lsa, ko'pchilik professional suratchilar bu rasmni xushlamaydi. "Rasm zo'r-u, lekin orqa fon yaxshi chiqmapti-da" deb qo'yishadi.

SHu bois ham usta suratkashlar eng avvalo suratning o'zidan ko'ra orqa fonga ko'proq etibor beradi. Vaqtida menga ham ko'p bora shuni aytishgan va bu gap miyamga quyilib qolganidan imkon qadar rasm tushirganda orqa fonga alohida etibor beraman. CHunki orqa fonda ortiqcha narsalar bo'lmasligi kerak.

Bu gaplarning futbolga nima daxli bor dersiz? Daxli bor, bo'lganda ham juda katta. Superliganing oddiy bir o'yinini olaylik. Stadion "Koka Kola" ramzlari bilan bezatilgan. Ustiga koptok qo'yiladigan tumba, VAR monitori o'rnatiladigan jihoz, matbuot anjumani paytidagi orqa banner - bularning hammasi chiroyli. Hammasida "Koka Kola" yozuvi bor. CHunki kompaniya PFL musobaqalarining bosh homiysi. Pul berganidan keyin talab qiladi-da.

Maydon bo'ylab reklama to'siqlari joylashuvi, tribunada ishqibozlar, muxlislar qo'lidagi bayroq, baraban, karnay-surnaylar borligidan muhit ajoyib ko'rinish oladi, shunga yarasha suratkashlar ham mazza qilib ishlaydi. Negaki rasm chiroyli chiqadi. Orqa fon ham ko'rimli bo'ladi. 

Lekin o'rtoqlik o'yini yoki mashg'ulot paytida ishlab bunday mazani totmaysiz. CHunki sizni birinchi navbatda orqa fon dilingizni xira qiladi. Nurab tushgan devorlar, yarmi oqlangan daraxtlar, har xil temir panjaralar, o'tlarning o'sib yotishi, begona odamlar yurishi, maydon chetiga qum, shag'al, tosh to'kib qo'yilishi shlangdan suv oqib yotishi, ko'lmakka o'xshab suv yig'ilib qolishi va boshqa hokazo narsalar orqa fonni buzib qo'yadi. 


Yaqinda Ispaniyaning mashhur "Marka" nashri xodimlari Toshkentga tashrif buyurib, "Surxon" klubi haqida maqola tayyorlashdi. Bilasiz, "Surxon"ni ispaniyalik murabbiy boshqaryapti. "Marka" nashrining Termizga borib emas, balki Toshkentga kelib maqola tayyorlashini tushunsa bo'ladi. CHunki jamoa yil boshidan beri poytaxtda istiqomat qilyapti. Mashg'ulotlarni ham Toshkentda olib boryapti. SHu bois nashr xodimlari "Paxtakor"ning Qibraydagi ikkinchi maydoniga borib, "Surxon" mashg'ulotini ko'rishgan, murabbiylardan intervyu olishgan. 

Lekin etiborimni tortgan jihat, intervyuning avtobus fonida olingani bo'ldi. Aslida buni ham tushunsa bo'ladi: Qibraydagi maydon "Paxtakor"ga tegishli va "Surxon" u erni ijaraga olib shug'ullanyapti. Tabiiyki vaqtincha shug'ullanib turganidan keyin stadionni "Surxon" bezaklari bilan bezay olmaydi. 


"Qo'qon-1912" telegram kanalida chiqqan surat etiborimni tortdi. Bu ham Qibraydagi stadionda olingan. "Paxtakor" sport direktori Nikolay Minchev, jamoa bosh murabbiyi Maksim SHackix, Championat.asia rahbari Gayrat Xasbiullin, "Paxtakor" klubi direktor o'rinbosari Ilhom Yakubbekov, "Qo'qon-1912" yangi prezidenti Grigoriy Ayrapetov - hamma shu erda. Juda yaxshi rasm. Keyinchalik ham bemalol foydalansa bo'ladi. Faqat orqa fon suratni buzib turibdi. Devor oxirgi marta qachon bo'yalganini devorning o'zi ham bilmasa kerak. Eskirgan temir panjara, platmassa o'rindiq mashhur insonlar yig'ilgan suratni shunchaki buzib qo'ygan. 


"Do'rmon" stadioni ham shunaqa. Maydoni yaxshi-yu, mashg'ulot yo o'yinni suratga olay desangiz orqa fon buzib qo'yadi. Bu maydonda Messi mashq qilsin, baribir rasm zo'r chiqmaydi. CHunki paxsa devor, ag'darilib yotgan arava va baqaterak orqa fonni buzib qo'yadi.

Men chet el futboli suratlarini ko'rishni yaxshi ko'raman. CHunki suratdan ham ko'ra, orqa fon zo'r chiqadi. Oddiy misol, "Real" va "Barsa"ning mashg'ulot paytida olingan rasmlariga qarang. Klub qaysi kompaniya bilan homiylik shartnomasi imzolasa, darhol orqa fonga o'sha kompaniya yozuvini katta banner qilib qo'yadi. O'yin o'tkaziladigan maydon mayli, ular hatto mashg'ulot maydonchalari atrofini ham shunday bezab qo'yishadi. SHuning uchun ularning rasmi ko'zga chiroyli ko'rinadi. Vaholanki, ularning eng zo'r fotografi bizga kelsin, bizdagi orqa fon bilan bunaqa rasm olib bera olmaydi.


Bu bilan nima demoqchimiz? Did bilan ishlashning payti keldi. Axir hammamiz chiroyli kiyinishga harakat qilamiz-ku. Nega endi maydon atrofini ham chiroyli qilib qo'ymasligimiz kerak? Video lavha va rasmlar qancha chiroyli chiqsa, homiylar etiborini shuncha tortadi. Ham ko'zga yaxshi ko'rinadi. Maroq bilan tikilib o'tiraverasiz. Lekin orqa fon zo'r suratni buzib tursa-yu, homiy shu rasmni internetda ko'rib qolsa, tabi xira bo'lib, sekin qo'lini tortishi aniq. 

Nima dedingiz? 

Xayrulla Xoliqov.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика