“Supermokh Cup 2016”. 4-kun. “Bunyodkor-2002” Tailand termasi ustidan g'alaba qozondi
15 dek 2016 14:18
Yangiliklar
“Supermokh Cup 2016”. 4-kun. “Bunyodkor-2002” Tailand termasi ustidan g'alaba qozondi
2002 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi bahslarda chorak finalga o'tish uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi tarbiyalanuvchilari U-14 yosh toifasidagi Tailand terma jamoasini yirik – 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Vakillarimizdan Jasur Jaloliddinov beshta gol urib, “flesh” qayd etgan bo'lsa, yana bir gol Farruhbek Muhtorov hisobiga yozildi.
Qayd etish kerakki, Jasur Jaloliddinov hozircha turnir mobaynida 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va “Supermokh Cup 2016” musobaqasi to'purari bo'lishga asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi.
SHu tariqa, “Bunyodkor-2002” jamoasi turnirning kuchli sakkizta jamoasi qatoriga qo'shilishdi. CHorak finalga quyidagi jamoalar yo'llanma olgan: "Sporting" (Portugaliya), "Buriram Yunayted" (Tailand), "Seul" (Janubiy Koreya), "San Paulo" (Braziliya), "Bunyodkor" (O'zbekiston), PSJ (Franciya), Malayziya panteralari va Malayziya pumalari.
Fikrlar