So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  5 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

“SuperMokh Cup 2015”. “Bunyodkor”da g'alaba va mag'lubiyat Yangiliklar

“SuperMokh Cup 2015”. “Bunyodkor”da g'alaba va mag'lubiyat

Musobaqaning uchinchi kunida tarbiyalanuvchilarimiz bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etishdi.

“Bunyodkor” futbol maktabining 2002 va 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari Malayziya poytxti Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan “SuperMokh Cup 2015” musobaqasining uchinchi kun uchrashuvlarida ishtirok etishdi.

Dastavval mahalliy vaqt bilan soat 09:00da (Toshkentda 06:00 bo'ladi) Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi 2002 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz Ispaniyaning “Rayo Vallekano” jamoasi azolari bilan kuch sinashishdi. Qiziqarli kechgan bahsda evropaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-13. 9 dekabr
“S” guruhi. 3-tur
09:00. “SHoh Alam” stadioni
“RAYO VALLEKANO” (Ispaniya) – “BUNYODKOR” 2:0 (0:0)
Gollar
: Fransisko Lopes, Alberto Rodriges
“Bunyodkor” tarkibi: 25.Mo'minmirzo Qodirov, 3.Lyubomir Bondarenko, 6.Abrorbek Neymatov, 15.Abduqodir Xusanov, 16.Sardor Abdurashidxo'jaev, , 9.Abdurauf Bo'riev (S), 4.Diyorbek Rahimqulov, 18.Sobir Norboev, 7.Jasurbek Jaloliddinov10.SHohjahon Ibrohimov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev
Zaxiradan maydonga tushganlar: 1.Gleb Xarin, 2.Abdul-Aziz Yusupov, 17.Jasurbek Abdulekov, 5.Abbosbek Ashiraliev, 6.Jo'rabek Rixsiboev, 19.Farruhbek Xojibekov

Soat 10:20da esa Furqat Samegov va Alisher Ibrohimov ustozligidagi 2003 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimiz mahalliy “Tunas afsonasi” jamoasi bilan bellashishdi. Ushbu uchrashuv so'nggi soniyalargacha shiddatli va hujumkor ruhda o'tdi. Uchrashuvning asosiy vaqti so'nggi soniyalarida Umarali Rahmonaliev tomonidan kiritilgan gol “Bunyodkor-2003”ga g'alaba keltirdi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-12. 9 dekabr
“A” guruhi. 3-tur
10:20. “Maybank” futbol akademiyasi. “V” maydoni
“TUNAS AFSONASI” (Malayziya) – “BUNYODKOR” 0:1 (0:0)
Gol:
Umarali Rahmonaliev
“Bunyodkor” tarkibi: 1.Xumoyunshox Sayyotov (S), 3.Zufarjon Abdubannopov, 4.Sardor Dusebaev, 5.Bahodir Toxirov, 6.Xusan Mo'minov, 7.Ibrohimbek Bahodirov, 8.Po'latxo'ja Xoldarxonov, 11.Konstantin Usov, 13.Usmonjon Ravshanov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 9.Saidmurod Karimov, 14.Mustafo Abdumannopov, 15.O'tkirbek Rahimov, 17.Diyorbek Odiljonov, 2.Usmonali Abdukarimov, 18.Umarali Rahmonaliev, 20.Oybek SHomurodov

Ushbu HAVOLAga o'tgan holda “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining “SuperMokh Sup 2015” musobaqasidagi 3-kun suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.

P.S.Guruhlardagi vaziyat haqida hamma uchrashuvlar yakunlanib olgach, keyinroq alohida malum beramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика