So’nggi yangiliklar

11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  4 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  0 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  1 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  5 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 07:55Суперлига. "Навбаҳор" ва "Хоразм" жамоалари мағлубиятга учради. "Сурхон" ва "Нефтчи" баҳсида эса ҳисоб очилмади  0 07:53Диего Симеоне йирик мағлубият сабабини маълум қилди  21 07:22Клублар ўртасидаги ЖЧ. Яна бир учрашувда ҳисоб очилмади  2 02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  24 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  6 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  12 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  5

“SuperMokh Cup 2015”. “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilarining 6-kun natijalari Yangiliklar

“SuperMokh Cup 2015”. “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilarining 6-kun natijalari

“Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilayotgan “SuperMokh Cup 2015” musobaqasining 6-kunida imkoniyatni boy berishdi.
Kechagi yangiliklarimizda “Bunyodkor-2003”ning musobaqa g'olibi bo'lish uchun imkoniyatlari borligi haqida yozgandik. CHunki U-12 tarbiyalanuvchilarimiz “A” guruhida 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni olishib, “pley-off”ga yo'llanma olgan 8ta jamoa qatoriga kirishgan edi. Biroq musobaqa tashkilotchilari chorak final oldidan antiqa qaror qabul qilishdi. Yani har bir guruhda Malayziya jamoalari birinchi o'rinni qo'lga kiritishgani bois bosh sovrinni o'z yurtida olib qolishni o'ylashib, aynan mezbon jamoalar ishtirokida yarim final o'yinlarini o'tkazib qo'ya qolishdi. 5tadan jamoa o'rin olgan guruhlarda 2-o'rinni qo'lga kiritganlar esa, to'plagan ochkolariga qarab 5 va 7-o'rinlar uchun kurashishi kerakligini malum qilishdi. Bu xabar g'olib bo'lish uchun yuqori kayfiyat va shunga yarasha g'ayrat to'plagan bolakaylarimizni “koma” holatiga tushirib qo'ydi. Bunday vaziyatda xo'mrayib yig'lagan va 5-o'rin uchun bahsda ishtirok etishni istamagan bolakaylarni kayfiyatini ko'tarish murabbiylar uchun qanchalik og'ir kechganini tariflab bo'lmaydi.

Qisqasi, mana shunday tushkun kayfiyatda “Bunyodkor-2003” 5-o'rin uchun Tailandning “CHonburi” jamoasi bilan kuch sinashdi va raqiblariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi bu yosh toifasidagi jamoamiz 7-o'rin uchun "Seul" FK va "Xunday" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-12, 12 dekabr
5-o'rin uchun bahs
09:00. “Maybank” stadioni
“BUNYODKOR” – “CHONBURI” (Tailand) 0:2 (0:2)
“Bunyodkor” tarkibi:
1.Xumoyunshoh Sayyotov (S), 4.Sardor Dusebaev, 5.Bahodir Toxirov, 7.Ibrohimbek Bahodirov, 8.Po'latxo'ja Xoldarxonov, 13.Usmonjon Ravshanov, 14.Mustafo Abdumannopov, 18.Umarali Rahmonaliev, 20.Oybek SHomurodov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 3.Zufarjon Abdunabiev, 6.Xusan Mo'minov, 9.Saidmurod Karimov, 11.Konstantin Usov, 15.O'tkirbek Rahimov, 16.Usmonali Abdukarimov, 17.Diyorbek Odiljonov

2002 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar musobaqasida juda kuchli jamoalar ishtirok etayotgani haqida malumot berib o'tgandik. Bu yosh toifasida 13-o'rin uchun “Bunyodkor” Braziliyaning “Korintians” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan bellashdi. Qiziqarli va hujumkor ruhda o'tgan bahsda Lotin Amerika qitasi vakillari 4:2 hisobida g'olib chiqishdi. Jamoamizdan gollarga Jasur Jaloliddinov va Abdurauf Bo'riev mualliflik qilishdi. U-13 jamoamiz endi 15-o'rin uchun Tailandning "CHonburi" va Yaponiyaning "Yokogama Mariners" uchrashuvi g'olib bilan kuch sinashadi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-13. 12 dekabr
13-o'rin uchun bahs
11:00. “Bukit Jalil” stadioni
“BUNYODKOR” – “KORINTIANS” (Braziliya) 2:4 (0:3)
Gollar:
Jasur Jaloliddinov, Abdurauf Bo'riev
“Bunyodkor” tarkibi: 1.Gleb Xarin, 3.Lyubomir Bondarenko, 4.Diyorbek Rahimqulov, 6.Jo'rabek Rixsiboev, 9.Abdurauf Bo'riev (S), 13.Abrorbek Neymatov, 18.Sobir Norboev, 7.Jasurbek Jaloliddinov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 17.Jasurbek Abdulekov, 19.Farruhbek Xojibekov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 2.Abdul-Aziz Yusupov, 5.Abbosbek Ashiraliev, 15.Abduqodir Xusanov, 16.Sardor Abdurashidxo'jaev

Ertaga musobaqaning so'nggi kun uchrashuvlari o'tkaziladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика