So’nggi yangiliklar

07:30U-17 Осиё кубоги. Уч нафар футболчимиз «энг яхши» совринига эга бўлди  2 07:10U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0, Фантастик ғалаба!  3 06:51Валверденинг сўнгги дақиқалардаги супер голи «Реал»га муҳим ғалабани тақдим этди  3 05:31Александр Хомяков: "ВАР билан боғлиқ ҳолат, вақт чўзилиши бизнинг зараримизга ишлагандек бўлди"  8 04:41Бундеслига. "Аугсбург" — "Айнтрахт" ўйинида дуранг, "Боруссия Дортмунд" бешта гол урилган ўйинда ғалаба қозонди, "Байер" дуранг ўйнади  0 04:23А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" эса "Аталанта"га мағлуб бўлди  2 00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  3 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  9 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  9 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  18 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  12 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  753 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2

Superliganing yozgi TOP-10 transferlari. Ro'yxatda - Yaxshiboev, Jaloliddinov va Vitaliy Denisov Yangiliklar

Superliganing yozgi TOP-10 transferlari. Ro'yxatda - Yaxshiboev, Jaloliddinov va Vitaliy Denisov

Biroq ular orasida kutilmaganlari ham bor.

Bir necha kundan so'ng O'zbekiston chempionati ikkinchi davra uchrashuvlariga start beriladi. SHu munosabat bilan "Championat.Asia" tahririyati yozgi mavsum oralig'idagi eng yaxshi 10ta transferdan iborat ro'yhat tuzishga qaror qildi. Ular orasida mashhur futbolchilar ham, yangilar ham va oldin boshqa mamlakatda to'p tepganlar ham bor.

10. Ruben Sanches ("Surxon")

Surxondaryoliklar yana bir marta Superliganing eng ispanlashgan jamoasiligini ko'rsatib qo'yishmoqda. Bu safar jamoa safiga Ruben Sanches kelib qo'shildi. U bungacha Ispaniyaning turli klublarida to'p tepgan. 27 yoshli hujumchi La Ligada ham tajriba orttirgan ("Sporting Xixon"). Ruben faoliyatining asosiy qismini Ispaniya ikkinchi va uchinchi divizioni klublari sharafini himoya qilish bilan o'tkazgan. Ammo Sanches "Surxon"ni kuchaytirishi kerak — u mavsumlar oralig'ida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvlarida gol urishga ulgurdi.


9. Vitaliy Denisov ("So'g'diyona")

Rossiya va Ukraina klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan himoyachi vataniga qaytdi. Denisov yarim yil avval "Baltika"dan ketdi va o'shandan beri jamoasi yo'q edi. Vitaliy 35 yoshda, lekin yana bir necha yil yuqori darajada o'ynay oladi. Denisov kabi futbolchilar Superligaga kerak. Ular tufayli o'yinlarga bo'lgan qiziqish ortadi va chempionat darajasi o'sadi.


8. Marat Bikmaev ("Dinamo")

Bikmaev oxirgi bir necha yil davomida Superliganing eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. Lekin so'nggi vaqtlar o'yinida jiddiy pasayish kuzatildi. Marat "So'g'diyona"da deyarli o'ynamadi va klubdan ketdi. 36 yoshli forvard Samarqandning "Dinamo"siga o'tdi. Endi uning zimmasida muhim vazifa bor — jamoa Superligada qolishiga yordam berish.


7. Anvar G'ofurov ("Metallurg")

"Neftchi" sardori ham jamoasini o'zgartirdi. Anvar G'ofurov endi Superliga 11-o'rinidagi "Metallurg" sharafini himoya qiladi. G'ofurov "Surxon" va "Paxtakor"da ham to'p tepgan. Anvarning o'ziga xos jihati shundaki, u maydonda bir nechta poziciyani yopa oladi. Transfermarkt malumotlariga qaraganda, G'ofurov faoliyati davomida markazda, mudofaaning ikki qanotida hamda yarim himoyaning barcha poziciyasida o'ynagan.


6. Erkin Boydullaev ("Dinamo")

Yoshi bir muncha kattaligiga qaramay, Boydullaev o'z poziciyasida Superliganing eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lib qolmoqda. Erkin o'tgan yili O'zbekiston chempionati ramziy terma jamoasidan o'rin olgandi. Boydullaev endi Samarqandning "Dinamo" klubi sharafini himoya qiladi.


5. Mirlan Murzaev ("Navbahor")

"Navbahor" transfer bozorida ancha faol. Qirg'iziston termasi forvardi Mirlan Murzaev namanganliklar hujumini kuchaytirish uchun chaqirtirildi. U "Navbahor"ga o'tgunga qadar, Bishkekning "Alg'a" jamoasida to'p tepgan. Qizig'i, Mirlan malum muddat Moskvaning "Lokomotiv" klubi tarkibida ham bo'lgan. Murzaev Qirg'iziston termasi safida 50 o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan.


4. Pavel Mogilevec ("Bunyodkor")

Mogilevec "Bunyodkor"ga o'tishi haqida hali rasman elon qilinmadi. Ammo Rossiya termasi sobiq o'yinchisi klub bilan bitim imzolashga yaqin turibdi. Pavel hozir "Bunyodkor" ko'rigida. Mogilevecning so'nggi klubi "Nijniy Novgorod" bo'lgan. U jamoadan 2022 yil yanvarida ketgandi. SHuningdek, Pavel "Rubin", "Zenit" va "Rostov" klublarida o'ynagan. Mogilevec 2014 yili Fabio Kapellodan taklif olgan va Rossiya termasi bilan Evropa chempionatiga borgan.


3. Iliya Martinovich ("Paxtakor")

"Paxtakor" himoyada katta muammolarga duch keldi. Himoyachi Iliya Martinovich "sherlar"ga yordam berish uchun CHernogoriyadan keldi. Uning hisobida CHernogoriya termasi safidagi uchta o'yini bor. Transfermarkt portali Iliyani 250 ming evroga baholamoqda. Juda qiziqarli transfer, mavsumning ikkinchi yarmida Martinovichni kuzatish maroqli bo'ladi.


2. Jasur Jaloliddinov ("Lokomotiv")

Jasurning "Lokomotiv"ga qaytishini to'laqonli transfer deb bo'lmaydi. SHunga qaramasdan, u kelishi kerak bo'lgan vaqtdan oldinroq klubga qaytdi. Jaloliddinov "Qayrat"da o'ynab ketolmadi, ammo Osiyo Kubogi U-23da O'zbekiston yoshlar termasi safida yaxshi o'yin namoyish etgandi. Ehtimol, Jasur vatanida o'zini ko'rsatishi osonroq bo'lar?!


1. Jasur Yaxshiboev ("Navbahor")

Bu yozning asosiy transferi, albatta, Jasur Yaxshiboevning "Navbahor"ga o'tgani bo'ldi. "Santyago Bernabeu"ni zabt etgan o'yinchi Evropada tanilib ulgurgan "SHerif"dan ketdi, "Legiya"ga esa kerak bo'lmadi. Yaxshiboev "Navbahor"ga kelishi tasodif emas — u namanganliklarga uzoq kutilgan chempionlikka erishishida yordam berishi lozim.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика