Vitaliy Denisov Superliga stadioni haqida: “Estadio Santiago Bernabeu”

Eldor Akmurzayev
19 iyul 2022, 08:45
Avvalroq, saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev O'zbekiston MTJ sobiq a'zosi Vitaliy Denisov “So'g'diyona”da faoliyatini davom ettirish haqida xabar bergandi.

35 yoshli fulbek ijtimoiy tarmoqdagi sahifasining storisiga jizzaxliklar stadioni rasmini qo'yib: “Olg'a! “Estadio Santiago Bernabeu”, deya nomladi.

So'g'diyona tez orada futbolchining transferini rasman e'lon qilishi kutilmoqda. Denisov bungacha SSKA, "Spartak" (NN), "Dnepr", "Lokomotiv" (Moskva), "Krilya Sovetov", "Rubin", "Rotor", "Tom" va "Baltika" jamoalarida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia