Superliganing yangi mavsumidagi ilk goli "Andijon"ning chempionatdagi oxirgi goli sifatida qolmoqda - tur sharhi (batafsil)
15 apr 2019 20:00
Yangiliklar


Superliganing yangi mavsumidagi ilk goli "Andijon"ning chempionatdagi oxirgi goli sifatida qolmoqda - tur sharhi (batafsil)
Nasaf |
Superliga. 4-tur 12/04/2019, 19:15 1
:
0
Tugadi
|
Navbahor Aleksandr Kasyan - 31' |
Qarshida mehmon bo'lgan va chempionatda 4-turga qadar g'alaba tamini sezmagan hamda eng oxirgi o'rinda turgan "Navbahor" "Nasaf" qarshiligini engishni uddaladi. Aleksandr Kasyanning yagona goli nafaqat jamoaga chempionatdagi ilk g'alabani, balki bosh murabbiy Kanchelskisning so'roq ostida qolayotgan kelajagini ortiqcha savollardan himoyaladi. Natijada "Navbahor" 20 yillik tanaffusdan so'ng Qarshida "Nasaf"ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi. Bu esa "Navbahor"ning turnir jadvalidagi holatini ancha yaxshiladi. Mazkur g'alabadan so'ng namanganliklar turnir jadvalida 14-o'rindan 11-pog'onaga sakradi. "Nasaf" esa ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatdan so'ng 10-o'ringa tushib ketdi.
Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi): "Navbahor" jamoasi bugun juda yaxshi himoyalandi. Bizga vaziyat yaratish uchun deyarli imkoniyat berishmadi. Birinchi bo'limda jamoamiz men kutgan o'yinni namoyish eta olmadi. Dastlabki taymni nega bu qadar bo'sh o'tkazganimiz sababini tahlil qilib chiqamiz. Tanaffusdan keyin tashabbusga egalik qildik. Ammo golli vaziyatlarni yaratishda oqsadik. O'ylaymanki, "Nasaf" bugun g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatolmadi. "Navbahor"ning g'alabasiga asosiy sabab, bu ularning himoyada mustahkam o'ynashganida deb bilaman".
Andrey Kanchelskis ("Navbahor" bosh murabbiyi): "Yaxshi o'yin bo'ldi. "Nasaf" ajoyib, yosh istedodlarga to'la jamoa. Bu jamoaning kelajagi porloq ekanligiga shubha yo'q. Quvonarlisi, "Nasaf" futbol o'ynashni yoqtiradigan jamoa. O'ylashimcha, biz haqli ravishda g'alaba qozondik. CHunki bizda o'yin davomida ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi".
Metallurg Stanislav Andreyev - 19', Zohid Abdullayev - 35', Zohid Abdullayev - 38', Bahrom Abdurahimov - 90' |
Superliga. 4-tur 12/04/2019, 18:15 1
:
4
Tugadi
|
Qizilqum Mirjalol Qosimov - 25' |
Bekobodda kechgan uchrashuvda esa "Qizilqum" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini juda qattiq zarba orqalib "Metallurg"dan qabul qildi. Stanislav Andreevning penaltidan urgan goli, Zohid Abdullaevning dubli hamda Bahrom Abduraximovning goliga "Qizilqum" faqatgina Mirjalol Qosimovning birgina to'pi bilan javob qaytardi. SHu tariqa Hamidjon Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum" dastlabki mag'lubiyatni yirik hisobda tan olishga majbur bo'ldi. Bu esa jamoaning turnir jadvalidagi holatini ancha pasaytirib yubordi - 8-o'rin. "Metallurg" esa 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Andrey SHipilov ("Metallurg" bosh murabbiyi): "Bugun hisob yirik ko'rinish olgan bo'lsa-da raqib jamoa haqida faqat iliq fikrlar bildirish mumkin. O'zimizning jamoa haqida gapirganda esa bugun ikkinchi bo'limni ancha tartibli holda o'tkazganimizni takidlay olaman. Jamoam ikkinchi bo'limda xotirjamlikka berilmasdan ancha tartibli tarzda harakat qildi. Tanaffusda bergan ko'rsatmalarimni aniq bajarishdi. O'tgan o'yindan to'g'ri xulosa chiqarib ishladik va yakunda bugun chiroyli g'alabaga erishdik".
Hamidjon Aktamov ("Qizilqum" bosh murabbiyi): "O'yinni yaxshi boshlagan edik. Hisob yakunda bunday yirik ko'rinish olishini kutmagandik, rosti. Lekin bu futbol. Raqib jamoa bugun xarakter namoyish eta oldi. Bizga esa shu jihat bugun etishmadi".
Dinamo Qadamboy Nurmetov - 52' |
Superliga. 4-tur 13/04/2019, 16:15 0
:
1
Tugadi
|
So'g'diyona |
Samarqandda kechgan "Dinamo" - "So'g'diyona" qarama-qarshiligida chempionatdagi ilk istefo aniqlandi. Qadamboy Nurmetovning yagona goli "Dinamo"ga muhim g'alabani taqdim etgan bo'lsa, Sergey Lushanga chiqish eshiklarini ochib berdi. "Dinamo" ushbu g'alabadan keyin turnir jadvalining kuchli beshtaligiga mustahkamlashib oldi. Ketma-ket uchinchi mag'lubiyatdan keyin "So'g'diyona" ustozi Sergey Lushan istefo berdi va jamoa turnir jadvalida 12-pog'onada tushib ketdi.
Davron Fayziev ("Dinamo" bosh murabbiyi): "Dinamo" - "So'g'diyona" qarama-qarshiligi azaldan mini derbi maqomida bo'lgan. O'ziga xos qiziqarli bahs guvohiga aylandik. Keskin kurashlarga boy jangovor o'yin bo'ldi. Omad bizga kulib boqqanidan xursanman. Jamoa esa shunga yarasha mehnat qilmoqda. "Dinamo" har o'yinda eng yomon jamoa emasligini isbotlamoqda. Maqsad ham shu. Superligaga bekordan bekorga qo'shishmaganini isbotlash kerak".
Sergey Lushan ("So'g'diyona" bosh murabbiyi): "So'g'diyona"ga yangi qon kerak. Men istefo berdim".
Bunyodkor ZHasur ZHaloliddinov - 56' |
Superliga. 4-tur 13/04/2019, 18:20 0
:
1
Tugadi
|
Andijon |
Olmaliqda o'tgan "Bunyodkor" - "Andijon" bahsida "qaldirg'ochlar" nominal mezbon sifatida o'ynashdi. Yosh futbolchi Jasur Jaloliddinov kiritgan yagona va chiroyli gol uchrashuv taqdirini hal etdi. Natijada "Bunyodkor" ketma-ket ikki g'alabadan so'ng 6 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ham shunga monand 6-o'ringa ko'tarildi. "Andijon" esa bu safar ham raqib darvozasi tomon yo'l topa olmadi va natijada ikkinchi mag'lubiyatini qabul qildi.
Vadim Abramov ("Bunyodkor" bosh murabbiyi): "Uchrashuv biz uchun biroz qiyin o'tdi. Bahs shunday ko'rinish olishini oldidan taxmin qilgan edim. Zero yosh futbolchilardan iborat jamoa bir maromda o'ynashi oson emas. SHunday bo'lsa-da bugun eng muhimi g'alaba qozona oldik. Jamoa o'z o'yinini topib oldimi yoki yo'qmi, buni keyingi turda bilib olamiz".
Jamshid Saidov ("Andijon" murabbiyi): "Safarda ketma-ket o'yin o'tkazish oson emas. Endi bor diqqat-etiborni navbatdagi o'yinga qaratamiz. Keyingi uchrashuvni o'z uyimizda o'tkazamiz. O'sha bahsda nasib qilsa hammani g'alaba bilan xushnud etamiz. Bugungi o'yin uchun esa yigitlarga rahmat aytaman. Ular qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Faqat yaratilgan qulay imkoniyatlarni golga aylantira olmadik. Raqib esa bitta xatoimizdan unumli foydalandi".
Turning markaziy to'qnashuvida turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan jamoalar Termizda o'zaro to'qnashishdi. Hali mag'lubiyat alamini tatib ko'rmagan jamoalar bahsida keskinlik yuqori bo'ldi. Ammo roppa-rosa 100 daqiqa o'ynalgan futbolda stadionni liq to'ldirib o'tirgan ishqibozlar gol ko'rishmadi. Natijada peshqadamlar 1 ochkodan bo'lishib olishdi. "Paxtakor" chempionatdagi ilk ochkosini aynan Termizda yo'qotishga majbur bo'ldi. Mazkur durang "Paxtakor"ning turnir jadvalidagi mavqeiga tasir ko'rsatgani yo'q. "Surxon" esa ikkinchi o'rindan uchinchi pog'onaga tushdi.
Andrey Miklyaev ("Surxon" bosh murabbiyi): "Jangovor o'yin ko'rsatdik. SHunday bo'lishini kutgandik. "Paxtakor" futbolimiz bayroqdori. Uchrashuv natijasidan qoniqdim. O'yin borasida esa qiladigan ishlarimiz bor. Biz bugun afsuski hujumda yaxshi o'yin namoyish eta olmadik. Himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadik va darvozamiz dahlsizligini saqlab qola oldik. Ammo, himoyadan hujumga o'tishda tezkorlik etishmadi. Garchi, oldinda imkoniyatlarga ega bo'lgan bo'lsakda. Bundan keyin ham mana shunday raqobatbardosh jamoa shakllantirishda davom etamiz. O'ylaymanki, bugun bir ochko ishlab oldik. Tan olish lozim, "Paxtakor" to'p nazorati bo'yicha ustunlikka ega bo'lgandi. Bu borada mehmonlar ustunlik qilishdi".
SHota Arveladze: ("Paxtakor" bosh murabbiyi): "Qiyin o'yin bo'ldi. Bugun muxlislarga rahmat aytaman, to'la stadionda o'ynash doim yoqimli. Yomon harakat qilmadik, vaziyatlar yaratdik, gol o'tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Bu maydonda sal tezroq o'ynashimiz kerak edi".
Lokomotiv Temurxo’ja Abduxoliqov - 43', Islom Tuxtaxo’jayev - 45' |
Superliga. 4-tur 14/04/2019, 16:45 1
:
2
Tugadi
|
OKMK Zafar Polvonov - 3' |
Toshkentda o'tgan "Lokomotiv" - AGMK bahsida olmaliqlar amaldagi chempion "temiryo'lchilar"dan o'zib ketish imkoniyatiga ega edi. Biroq dastlab hisobni ochgan Mirjalol Qosimov shogirdlari g'alabani saqlab qolishni uddalay olishmadi. O'tgan turda penta-trik qayd etgan Zafar Polvonov tomonidan kiritilgan golga "Loko"dan avvaliga Temurxo'ja Abduxoliqov, keyinchalik esa Islom To'xtaxo'jaev javob qaytardi. Natijada mazkur javob gollari yakunda "Loko"ga g'alabani taminladi. Dastlabki turda "Paxtakor" tomonidan taslim etilgan "Loko" ketma-ket uchinchi g'alabasini tantana qilib, turnir jadvalida 9 ochko bilan ikkinchi pog'onaga mustahkamlashib oldi.
Andrey Fyodorov ("Lokomotiv"): "Kutilmaganda tezkor gol o'tkazib yubordik. Ammo yaxshiki shogirdlarim shoshilmasdan o'z o'yinimizni davom ettirishdi va bu samara keltirdi. Tanaffusda tashabbusni biroz raqibga topshirdik. Hafta o'rtasida Saudiya Arabistonida va bugun ham issiqda o'ynadik. SHu bois biroz kuch saqlab qolishga harakat qildik. G'alabali hisobni saqlab qolishga erishdik".
Mirjalol Qosimov (AGMK): "Amaldagi chempionga qarshi safarda o'ynash oson emas, lekin shunga qaramay uchrashuv biz uchun yaxshi boshlangandi. Tezkor gol urdik. Bir nechta imkoniyatlar yaratdik. "Lokomotiv" bir necha yillardan buyon O'zbekistonning eng kuchli klubi bo'lib kelmoqda. Birinchi taym oxiri biz uchun juda yomon o'tdi. Keyingi uchrashuvlarda bundanda yaxshi o'ynashga harakat qilamiz".
Qo’qon-1912 Murod Xolmuhamedov - 68' |
Superliga. 4-tur 14/04/2019, 17:00 3
:
1
Tugadi
|
Buxoro Asadbek Sobirzhonov - 24', Doston Ibragimov - 42', Ivan Nagayev - 58' |
Turning oxirgi bellashuvi Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida kechdi. Unda nominal mezbon bo'lgan "Qo'qon-1912" "Buxoro"ni mehmon qildi. Turnir jadvalining xavfli hududida bo'lgan va hali g'alaba tamini sezmagan jamoalarning Farg'onadagi to'qnashuvida "Buxoro"ning qo'li baland keldi. Asadbek Sobirjonov, Doston Ibragimov va Ivan Nagaevning ajoyib gollariga "Qo'qon-1912"dan Murod Xolmuhammedov "nuqta"ni aniq amalga oshirib javob qaytardi. Natijada "Buxoro" mavsumdagi ilk g'alabasini Farg'onada nishonlab, turnir jadvalida 7-o'ringa sakradi. "Qo'qon-1912" esa bu safar ham mag'lubiyatga uchradi va turnir jadvalining eng oxirgi qatorida qoldi.
Aziz To'xtaboev ("Qo'qon-1912" yordamchi murabbiyi): "Birinchi taymda o'yinimiz biroz qovushmadi. Yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonch etishmadi. Ikkinchi taymda yaxshi o'yin namoyish etdik. Biroq vaziyatlardan foydalanishda omad bizdan yuz o'girdi. Xudo xohlasa, keyingi bahslarda g'alaba uchun maydonga tushamiz".
Baxtiyor Ashurmatov ("Buxoro" bosh murabbiyi): "Yuzimiz yorug' bo'ldi. SHogirdlarimning birinchi bo'limdagi o'yinlari ancha mazmunli chiqdi".
SHu tariqa Superliganing 4-tur o'yinlari yakunlandi. O'tkazilgan 7 uchrashuvda muxlislar jami 15ta gol ko'rishdi. Hozirgacha o'tkazilgan 34 o'yinda Superligada jami 73ta gol kiritildi. Bu har bir o'yinga 2,14tadan golga to'g'ri keladi.
Turnir jadvali
Tur statistikasi:
Gollar: 15
Ogohlantirishlar: 18
CHetlatish: 1
Penalti: 2
FAKT: Superliganing joriy mavsumdagi ilk goli hozircha "Andijon"ning chempionatdagi oxirgi goli sifatida qolmoqda - Oybek Qilichev.
FAKT: Mazkur turda o'zaro to'qnash kelgan va durang o'ynagan "Paxtakor" hamda "Surxon" chempionatda mag'lubiyatga uchramagan jamoalar hisoblanadi.
FAKT: "Qo'qon-1912" va "Andijon" jamoalari hozircha chempionatda g'alaba tamini sezmagan jamoalar sifatida qolishmoqda.
FAKT: "Navbahor" 20 yillik tanaffusdan so'ng Qarshida "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratdi va vodiy jamoalari ichidan dastlabki g'alabaga erishgan jamoaga aylandi.
FAKT: "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "So'g'diyona" chempionatda durang qayd etmagan.
FAKT: Eng ko'p gol urgan jamoa - AGMK (9)
FAKT: Eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoa - "Surxon" (1)
FAKT: Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa - "Qo'qon-1912" (11)
FAKT: Eng kam gol urgan jamoa - "Andijon" (1)
FAKT: Superliganing 4-turidan so'ng chempionatda ochko yo'qotmagan jamoa qolmadi.
FAKT: Superligadagi ilk istefo 4-turga kelib ruy berdi. Ketma-ket uchta o'yinda yutqazgan "So'g'diyona" Sergey Lushanni istefoga chiqardi.
To'purarlar
Assistentlar:
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 2
Jasur Hasanov (AGMK) - 2
Zohir Pirimov (AGMK) - 2
SHerzod Karimov ("Surxon") - 2
Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor") - 2
Medina Smit ("Qizilqum") - 2
Muzaffar Muzaffarov ("Metallurg") - 2
Husniddin G'ofurov ("Lokomotiv") - 2
Arslonmurot Amanov ("Lokomotiv") - 2
Mirjamol Qosimov (AGMK) - 1
Murod Toshmatov (AGMK) - 1
Sanat SHixov (AGMK) - 1
Marat Bikmaev ("Paxtakor") -1
Doston Hamdamov ("Paxtakor") -1
Bahrom Abduraximov ("Metallurg") -1
Davron Hoshimov ("Lokomotiv") -1
Igor Yelich ("Lokomotiv") - 1
Sardor Mirzaev ("Lokomotiv") - 1
SHavkat Salomov ("Surxon") - 1
Abror Ismoilov ("Surxon") - 1
Dilshod Jabborov ("Surxon") -1
Asadbek Sobirjonov ("Buxoro") - 1
Azamat Isroilov ("Buxoro") - 1
Ivan Solovyov ("Navbahor") -1
Oston Urunov ("Navbahor") - 1
Eldor Boymatov ("Qizilqum") -1
Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") -1
Alisher Sanoev ("Qizilqum") - 1
SHahboz Jo'rabekov ("So'g'diyona") -1
Nuriddin Hasanov ("So'g'diyona") -1
Ulug'bek Abdullaev ("Bunyodkor") -1
Sanjar Rashidov (So'g'diyona) -1
Xurshid Muxtorov ("Nasaf") -1
Sardor Eminov ("Dinamo") -1
Abbos SHodmonov ("Dinamo") - 1
Mirkomil Loqaev ("Dinamo") - 1
Amirjon Safarov ("Dinamo") - 1
Sergey Tumasyan ("Metallurg") - 1
Tur darvozaboni - O'tkir Yusupov ("Navbahor")
Tur murabbiyi - Andrey Kanchelskis ("Navbahor")
Tur futbolchisi - Jasur Jaloliddinov ("Bunyodkor")
Tur ramziy terma jamoasi
5-tur
18 aprel, payshanba
BUXORO — LOKOMOTIV
PAXTAKOR — DINAMO
ANDIJON — NASAF
19 aprel, juma
QIZILQUM — QO'QON-1912
20 aprel, shanba
AGMK — BUNYODKOR
21 aprel, yakshanba
SO'G'DIYONA — METALLURG
NAVBAHOR — SURXON
O’xshash yangiliklar

Fikrlar