Superliganing ilk laureatlari aniqlandi (tur sharhi, statistika)
18 mar 2019 12:35
Yangiliklar


Superliganing ilk laureatlari aniqlandi (tur sharhi, statistika)
Dastlab ortda qolgan tur tafsilotlari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Yangi mavsumni ochib bergan bahs Navoiyda "Qizilqum" hamda "Andijon" o'rtasida kechdi. Aynan mazkur bellashuv orqali duranglar seriyasiga start berildi. Mehmonlar vakili Oybek Qilichev tomonidan kiritilgan golga "Qizilqum"dan SHerali Jo'raev javob to'pini yo'lladi - 1:1.
Qizilqum Sherali Jo’rayev - 72' |
Superliga. 1-tur 08/03/2019, 17:00 1
:
1
Tugadi
|
Andijon Oybek Qilichev - 30' |
Superligaga qaytarilgan "Dinamo" va "Nasaf" qarama-qarshiligida ham tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Dilshod Saitovning uzoqdan kiritgan ajoyib goliga sobiq "nasafchi" Amirjon Safarov javob berishdi uddasidan chiqdi - 1:1.
Dinamo Amirzhon Safarov - 51' |
Superliga. 1-tur 09/03/2019, 16:00 1
:
1
Tugadi
|
Nasaf Dilshod Saitov - 12' |
Olmaliqda kechgan AGMK - "Buxoro" uchrashuvida esa muxlislar gol ko'rishmadi. Aynan mazkur bahsda turdagi yagona quruq seriyalar qayd etildi.
Surxondaryoga qaytgan katta futbol va Superligada qaytarilgan yana bir jamoa "Surxon" o'z uyidagi bayramni "Metallurg" bilan birgalikda nishonladi. Bekobodliklar mehmon bo'lgan bahsda dastlab mezbonlar tezkor gol kiritishgan bo'lsa, mehmonlar o'yin finishiga yaqin muvozanatni tiklashdi. "Surxon"ning farg'onalik hujumchisi SHerzod Hakimov tomonidan urilgan golga "Metallurg"dan himoyachi Abbos Otaxonov javob berdi - 1:1.
Surxon Sherzod Hakimov - 7' |
Superliga. 1-tur 10/03/2019, 13:00 1
:
1
Tugadi
|
Metallurg Abbos Otaxonov - 89' |
Vodiy derbisi tarixidagi ahamiyatli o'yin. Ahamiyatlisi shundaki, vodiy derbisi endi poytaxtga ko'chdi. Stadionlarida maydonni yaxshilash ishlari olib borilayotgan har ikkala jamoalar o'rtasidagi bahs Toshkentdagi TTMYI o'yingohida o'tkazildi. "Navbahor" mezbonlik qilgan mazkur bahsda dastlab ijarada turgan uy egalari hisobni ochishdi. Mazkur vazifani Oston O'runov chiroyli uddaladi. Lekin "Qo'qon-1912" jamoasi bunga o'z munosabitini SHahboz Erkinov tomonidan kiritilgan gol bilan bildirdi - 1:1.
Navbahor Oston O'runov - 22' |
Superliga. 1-tur 10/03/2019, 15:00 1
:
1
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Shahboz Erkinov - 67' |
SHu tariqa Superliganing yangi mavsumidagi ketma-ket 5 o'yinda g'olib jamoa topilmadi. Lekin shu kuni Jizzaxda o'tgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" bahsida mazkur seriyaga nuqta qo'yildi.
Lushan va Abramov o'rtasidagi duelda ham hammasi durangga qarab ketayotganda maydon egalari bunga ko'nishmadi. Dastlab Doston Toshmatov tomonidan kiritilgan gol "So'g'diyona"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Lekin ikkinchi bo'limda "Bunyodkor" Sanjar Qodirqulov tomonidan urilgan gol evaziga muvozanatni tikladi. Ammo o'yin so'nggida himoyadagi xato va "So'g'diyona" vakillarining aniq harakati mavsumdagi ilk g'alabani rasmiylashtirish uchun etarli bo'ldi. O'tgan mavsum jamoa tarkibida debyut qilgan va chempionat kashfiyotlaridan biriga aylangan Oybek Nurmatov bu safar o'z nomini yanada mashhurlatish uchun qattiq bel bog'laganini o'zining muhim goli bilan tushuntirdi - 2:1.
So'g'diyona Doston Toshmatov - 22', Oybek Nurmatov - 90' |
Superliga. 1-tur 10/03/2019, 18:00 1
:
2
Tugadi
|
Bunyodkor Sanzhar Qodirqulov - 63' |
Mavsumning eng muhim qarama-qarshiligi, yana bir derbi, turning markaziy to'qnashuvi, chempionlik yo'lidagi ikki principial raqib - "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi bahs kecha o'tkazildi. Amaldagi chempion va vice-chempionning o'zaro o'yini ilk turdayoq yuzaga keldi.
Mazkur o'yinda amaldagi chempion etibori bilan qaralsa, nisbatan "Lokomotiv" favoritdek ko'rindi. Lekin o'yin taraflama va jamoalarning hozirgi holati o'rtaga tushadigan bo'lsa, unda "Paxtakor"ga nisbatan favorit nomi ishlatildi. O'yinda esa jamoalarning hozirgi holati va kuchi yaqqol sezildi. CHeran-Masharipov-Sergeev uchligi ishtirokidagi kombinacion hujumni Igor o'zining aniq zarbasi bilan muvaffaqiyatli yakunladi. Oradan ko'p utmay Masharipovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik natijasida belgilangan 11-metrlik "nuqta"dan CHeran aniq foydalandi. Oradan ko'p o'tmay goldan ruhlangan CHeran ilk turdayoq nafaqat turning, balki chempionatning bezagiga aylanishga davogarlik qiladigan nozik didli golni kiritdi. Jarima maydonchasi tashqarida Doston Hamdamovdan to'pni qabul qilib olgan CHeran birozgina o'z chegarasini tark etgan Ilyosovning ustidan "parashyut" uslubida to'pni to'rga "joylab" qo'ydi. "Lokomotiv" esa nihoyat uchinchi o'tkazib yuborilgan goldan keyin uyg'ondi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Arslonmurot Amanov o'yinni biroz jonlantirdi va yakunda Hoshimovning qanotdan bergan uzatmasidan so'ng jamoasi uchun prestij golini yo'lladi va uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:1.
Paxtakor Igor Sergeyev - 53', Dragan CHeran - 61', Dragan CHeran - 63' |
Superliga. 1-tur 16/03/2019, 18:00 1
:
3
Tugadi
|
Lokomotiv Arslanmirat Amanov - 73' |
Bosh hakam: SHerzod Qosimov
SHu tariqa Superligada dastlabki tur yakunlandi.
Tur faktlari:
* O'tkazilgan 7 uchrashuvda jami 15ta gol kiritildi.
* Mezbonlar 9ta gol, mehmonlar 6ta gol urishdi.
* O'tkazilgan 7 uchrashuvda 5 durang qayd etildi.
* Mezbon jamoalaridan "So'g'diyona" va "Paxtakor" g'alaba nashidasini surdi.
* Mehmonda o'ynagan hech bir jamoa g'alaba qozona olmadi.
* Ilk turdan keyin faqatgina "So'g'diyona" va "Paxtakor" ochko yo'qotmadi.
* Ilk turdan keyin faqatgina "Bunyodkor" va "Lokomotiv" ochko olmadi.
* Eng ko'p gol Toshkent derbisida kiritildi - 4
* Faqatgina Olmaliqda muxlislar gol ko'rishmadi.
* Birinchi turdan keyinoq 14 jamoadan 12tasi ochko ishlashni uddasidan chiqdi.
* Birinchi turdan keyinoq 14 jamoadan 12tasi ochko yo'qotdi.
* Faqatgina AGMK va "Buxoro" o'z darvozasidan gol o'tkazmadi.
Tur laureatlari
Tur muxlislari - "Paxtakor"
Birinchi turda ko'plab uchrashuvlarda muxlislar tashrif tabiiyki yaxshi ko'rsatkichni tashkil qildi. Futbol bahorini sog'inib qolgan muxlislar o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlash va ularning o'yinlaridan zavq olish uchun stadionga otlanishganini guvohi bo'ldik. Lekin eng ko'p muxlis kelgan va muhit taraflama ajoyib ko'rinishda bo'lgan Toshkent derbisini bezagan ishqibozlar tur laureatiga munosib ko'rildi. Aynan "Paxtakor" muxlislarining stadionga qaytishi etirofga loyiq ko'rildi. Tashrif jihatdan ham "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvida eng ko'p muxlis kelgani qayd etildi - 17555.
Tur goli - Dragan CHeran
Birinchi turda chiroyli gollar ko'p bo'ldi. Lekin tanlovda yaqqol peshqadamlik qilgan har taraflama nozik bo'lgan gol CHeran tomonidan urildi. Javohir Ilyosovning ustidan "parashyut" uslubida tashlab qo'yilgan gol ijro jihatdan ham, chiroyliligi va masofasi etibori bilan ham ideal urildi. SHu boisdan ham bu borada CHeranga O'runov, Qilichev yoki Saitovning kiritgan gollari raqobat tug'dira olmadi. Super golni tomosha qilish uchun quyidagi linkka o'ting - "CA" telegram kanal
Tur iqtibosi: "O'FAning qanday ishlash uslubini tushunmayapman. Bu erda faqat chiroyli gapirishni do'ndirisharkan"
Superliganing birinchi turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida namanganliklar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis keskin fikrlarini yashirmadi va iqtibosga aylangan quyidagi jumlalarni aytib o'tdi.
"CHempionat boshlanishi juda cho'zilib ketdi. O'FA doim o'zgarishlar qilaveradi. Hozir ham tushunarsiz holat. Ikkinchi tur o'yini 20 kunlik tanaffusdan keyin boshlanadi. Tushunmayman, O'FA qanday ishlashadi? Umuman ular nimani istashadi, tushunmayman. Keyinchalik qanday ishlashadi, bilmayman. Hech nima tushunarsiz. CHempionat boshlandi. Lekin yana tanaffus. Keyingi o'yinni yana 20 kun kutishimizga to'g'ri keladi. Birinchi marotaba bunday holatga duch kelishimiz. Men bunday tashkilotning ishlash uslubini tushunolmayapman. Bu erda chiroyli gapirishni do'ndirisharkan. O'FA ham masalan. Beyjiklar, bo'yinbog', o'yinga 1,5 soat qolganida kelish shart. Lekin stadionlar yoki maydonlar yo'q. Biz shudgorda futbol o'ynayapmiz. Bu to'g'rimi? Avval kichik muammolarni hal etish kerak. Keyin kattarog'iga o'tiladi. Lekin bu erda shunday ishlashadi, shunday qoidalar bor. Demak shunga rioya qilib ishlaymiz va yashaymiz", - dedi Andrey Kanchelskis.
- Keyinchalik PFL mutaxassis bilan bog'lanib, uning bu gaplarini hayajon tasirida aytilganini elon qildi.
Tur darvozaboni - Xurshid Xo'jaev
Tan olish kerak, birinchi turda darvozabonlar orasida yorqin o'yin ko'rsatib, jamoasi natijasiga tasir ko'rsatgan kiperlar kuzatilmadi.
"Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov, "Surxon" kiperi Asilbek Omonov turni ancha yaxshi o'tkazishdi. Ko'plab vaziyatlarda jamoasi joniga oro kirishdi. Bu taraflama turda eng faol o'ynagan darvozabonlar aynan Omonov va Yusupov bo'ldi. Lekin aynan har ikkala darvozabonning o'tkazib yuborgan goldagi xatolari tur laureti bo'lishga to'sqinlik qildi. CHunki aynan natijaga tasir qilgan xato bo'lgani uchun ham bu ikki kiperdan biri laureat bo'lolmadi. Uzoq tanaffusdan keyin safga qaytgan va jarohatidan forig' bo'lgan Xurshid Xo'jaev Olmaliqdagi o'yinda AGMK uyushtirgan hujumlarda ishonchli o'ynadi. Garchi uning darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyatlar sodir etilmagan bo'lsada, darvozabon butun himoyani boshqarishda va jamoasi darvozasi dahlsizligini saqlashda yaxshi o'ynadi. SHu boisdan ham turning eng yaxshi kiperi masalasida Xurshid Xo'jaev g'olib deb topildi.
Tur murabbiyi - SHota Arveladze
Birinchi turda atiga ikkita jamoa g'alaba qozondi. Jizzaxda "So'g'diyona" "Bunyodkor"ni enggan bo'lsa, Toshkentda "Paxtakor" amaldagi chempion ustidan g'alabani rasmiylashtirdi.
O'yin ahamiyati va raqib etibori bilan bu borada tarozi palasi "Paxtakor"ning g'alabasi qiymati yuqori bo'lganini anglatadi. SHuningdek, jamoa ko'rsatayotgan futbol, o'yin sifati va o'yinni tashkillashtirish bo'yicha ham ayni paytda SHota Arveladze jamoasi bir bosh baland ko'rinmoqda. Muhim bahsdagi g'alaba tur murabbiyi kim bo'lishiga aniqlik kiritib berdi - SHota Arveladze.
Tur futbolchisi - Dragan CHeran
Bu nominaciyada ham ortiqcha muhokamaga hojat yo'q. Nafaqat turning, balki chempionatdagi eng muhim va markaziy bahs taqdirini hal etgan futbolchi Dragan CHeran so'zsiz turning eng yaxshi futbolchisi nomiga munosib. "Lokomotiv"ga qarshi bahsda CHeran jamoasining birinchi golini tashkil etishda jonbozlik ko'rsatdi va hujum rivojlanishida muhim figuraga aylandi. Ikkinchi golni esa 11-metrlik "nuqta"dan aniq amalga oshirdi. Uchinchi gol, yani tur goliga esa ortiqcha tarif shart emas. SHu tariqa CHeran kecha "Paxtakor"ning barcha golida bevosita ishtirok etdi va birinchi turdan keyinoq to'purarlar poygasida yaqqol peshqadamga aylandi. CHempionatdagi ilk dubl sohibi ham aynan CHeran bo'ldi.
Tur ramziy terma jamoasi (4-2-3-1):
Darvozabon: Xurshid Xo'jaev ("Buxoro")
Himoyachilar: Dilshod Saitov ("Nasaf"), Bobur Yo'ldoshev (AGMK), Vladimir Baenko ("Buxoro"), Abbos Otaxonov ("Metallurg").
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Navbahor"), Sardor Eminov ("Dinamo"), Dragan CHeran ("Paxtakor"), Oybek Nurmatov ("So'g'diyona")
Hujumchi: SHerzod Hakimov ("Surxon")
To'purarlar:
1.Dragan CHeran ("Paxtakor") - 2
2.Oston O'runov ("Navbahor"), Oybek Nurmatov ("So'g'diyona"), Doston Toshmatov ("So'g'diyona"), Dilshod Saitov ("Nasaf"), Igor Sergeev ("Paxtakor"), SHerzod Hakimov ("Surxon"), SHerali Jo'raev ("Qizilqum"), SHahboz Erkinov ("Qo'qon-1912"), Abbos Otaxonov ("Metallurg"), Arslonmurot Amanov ("Lokomotiv"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Amirjon Safarov ("Dinamo"), Oybek Qilichev ("Andijon") - 1tadan.
Assistentlar:
Doston Hamdamov ("Paxtakor") -1
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") -1
Davron Hoshimov ("Lokomotiv") -1
Dilshod Jabborov ("Surxon") -1
Ivan Solovyov ("Navbahor") -1
Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") -1
SHahboz Jo'rabekov ("So'g'diyona") -1
Ulug'bek Abdullaev ("Bunyodkor") -1
Sanjar Rashidov (So'g'diyona) -1
Xurshid Muxtorov ("Nasaf") -1
Sardor Eminov ("Dinamo") -1
Superliganing 2-tur uchrashuvlari 29 martdan start oladi va unda quyidagi jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi:
2-tur
29 mart, juma
METALLURG — BUXORO
QIZILQUM — AGMK
30 mart, shanba
SURXON — DINAMO
LOKOMOTIV — NAVBAHOR
31 mart, yakshanba
QO'QON-1912 — ANDIJON
BUNYODKOR — PAXTAKOR
NASAF — SO'G'DIYONA
O’xshash yangiliklar

Fikrlar