So’nggi yangiliklar

08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  1 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  5 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  1 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  5 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0

Superliganing 5-turida hakamlar xato qilishdimi? Bahsli qarorlar bo'yicha rossiyalik sobiq hakamning navbatdagi xulosalari Yangiliklar

Superliganing 5-turida hakamlar xato qilishdimi? Bahsli qarorlar bo'yicha rossiyalik sobiq hakamning navbatdagi xulosalari

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (Alyo, ref!) Superliganing 5-tur o'yinlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.

«Turon» - «Olimpik» 

VIDEO

Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri ish qildi, VAR esa epizodga to'g'ri aralashmadi. Raqib ortidagi oq libosli o'yinchining o'ng qo'li bilan engil kontakt amalga oshirishi 11 metrli jarima zarbasi belgilash uchun etarli bo'la olmaydi. Ort qismga tegilgan qo'l harakati yiqilish uchun sababi bo'la olmaydi. Hujumchi esa ortiga tekkan qo'lni his qilgan holda kontakt darajasini biroz bo'rttirib yubordi. Bu vaziyatda turtishga urg'u bermaslik lozim, «Turon» futbolchisi harakat so'ngida to'qnashuvdan qochishga harakat qilgan.


«Turon» - «Olimpik»

VIDEO

Bu ziddiyatda hakam har bir jamoa o'yinchilariga bittadan sariq kartochka ko'rsatishi lozim. “Turon”ning 44-raqamli futbolchisi mojaroni yuzaga keltiruvchi sifatida, «Olimpik»ning 9-raqamli futbolchisi esa unga javob reakciyasini bildirgani uchun (raqibni turtib, sherigini himoya qildi) jazolanishi kerak. O'yinchilarning hech birida tajovuzkor harakat, bir-biriga zarba berish holati yo'q, faqat ko'krak qismini qo'l bilan turtish holati mavjud, vaziyat uchun sariq kartochka ko'rsatish etarli hisoblanadi.


«Buxoro» - «Bunyodkor»

VIDEO

Darvoza yonidan erkin zarba amalga oshirilish lozim. Yakkakurash mutlaqo to'g'ri holatda sodir bo'lgan. Futbolchilar gavdalari bilan kurashga kirishgan, natijada o'yinchilardan biri o'zini holatini saqlab turolmadi va birinchi bo'lib yiqildi. O'yin davom ettirilishi lozim.


«So'g'diyona» - «Metallurg»

VIDEO

To'p jarima maydonchasi tomon shiddat bilan yuqoriga ko'tarildi, bu vaqtda esa hujumchi raqib himoyachisining qo'li ostiga kirib olgandi, uni hech qanday holat to'xtatib qolmaydi, unga qo'l bilan zarba berilmaydi. Yani, bunday kontaktning tashabbuskori hujumchining o'zi sanaladi, shu bois hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri ish qildi.

Keyinchalik to'p darvoza tomondan yana zarba yo'llamoqchi bo'lgan «So'g'diyona» futbolchisi tomon yarimparvoz qildi. Bu vaziyatda hakam xatoga yo'l qo'ydi, chunki "Metallurg" futbolchisi oyog'ini cho'zgan holda to'pga birinchi bo'lib o'ynadi, so'ngra uning texnikasini hisobga olmagan va yakkakurashga kechikkan raqib tomonidan zarba qabul qilib oldi. Sariq kartochka ko'rsatilishi shart bo'lmagan ehtiyotsiz qoidabuzarlik qayd etilgan. (XATO)


«Andijon» - «Neftchi»

VIDEO

«Neftchi» futbolchisiga albatta sariq kartochka ko'rsatilishi lozim. «Andijon» futbolchisi yakkakurashda soniyalar tezroq qadam qo'ydi, raqib esa o'ylab o'tirmasdan, kechikkan holda yuqori tezlik bilan kurashga kirishgan. Bu to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatishga arzimaydi, chunki oyoq ko'tarilmagan holda er bo'ylab podkat tashlangan, o'yinchi oyoqlarini ichkariga tortgan va yuqoriga ko'tarmaydi. VAR epizodga aralashmagani esa to'g'ri holat.


OKMK – «Navbahor»

VIDEO

«Navbahor» futbolchisi shubhasiz poziciya tanlash imkoniyatidan mahrum bo'lib, raqibiga to'pni egallab olish va hujumni davom ettirishga imkon bermagan holda uni to'xtatib qoldi. Istiqbolli hujumni buzgani uchun sariq kartochka ko'rsatilishi lozim. Hakam cho'ntagidan sariq kartochka chiqarmadi. (XATO)


OKMK – «Navbahor»

VIDEO

Penalti to'g'ri holatda belgilandi. OKMK futbolchisi kurashga kirishda kechikdi va to'pni o'ynashda xatoga yo'l qo'yib, raqibini chalib yiqitdi. VAR katta ehtimol bilan bosh hakamni gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilishi mumkin bo'lgan holatni ko'rib chiqish uchun chaqirgan. Ammo bu erda himoyachining sherigi yaqin masofada joylashgandi va keyingi holatda darhol kurashga kirishardi. To'pga o'ynash jarayonida hujumning buzilgani uchun sariq kartochka ko'rsatishning hojati yo'q. VAR epizodga aralashib, noto'g'ri ish qildi.


OKMK – «Navbahor»

VIDEO

Hakam golni to'g'ri hisobladi. Darvozabon to'sib qo'yilmagan: OKMK o'yinchisi darvozabon oldida turibdi, darvozabonning to'p uchun o'ynashiga to'sqinlik qilish uchun hech qanday harakat amalga oshirilmagan. Posbon vertikal holatda yuqoriga sakradi. Darvozabon hujumchi orqasida noto'g'ri poziciya tanlagani tufayli to'pga o'ynay olmadi. VAR epizodga xalaqit bermay, to'g'ri ish qildi.


«Nasaf» - «Surxon»

VIDEO

Raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun darvozabonni ogohlantirish va penalti belgilash lozim. Bu klassik vaziyat hisoblanib, unda hujumchi epchilroq harakat qilib, to'pni oldinga yo'naltiradi, darvozabon esa to'p uchun o'ynashga umid qilgan holda yarim poziciyada qoladi. SHu bilan birga, hakamning yaxshi poziciya tanlamagani hamda intizomiy chora ko'rishda ikkilanib qolganini qayd etib o'tmoqchiman (u assistent bilan maslahatlashgani aniq).


«Nasaf» - «Surxon»

VIDEO

Bu erda esa hakam ideal poziciyada joylashgan. «Surxon» himoyachisi to'p uchun o'ynashga ulgurmadi va hujumchining ustiga sakrab, shunchaki uni yiqitdi. Ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan qo'pollik uchun kartochka ko'rsatmagan holda 11 metrli jarima zarbasi belgilanishi lozim.


«Paxtakor» - «Qizilqum»

VIDEO

VAR yaxshi ishladi. Jiddiy qoidabuzarlik uchun hakam qizil kartochkani to'g'ri ko'rsatdi. Bu erda «Qizilqum» futbolchisi butsasining tagi bilan raqib ortidan tashlanib, uning boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo'g'in qismini bosdi. Futbolchilar va rasmiylarning munosabati shuni ko'rsatadiki, bunday vaziyatda qizil kartochkadan qochib qutulib bo'lmasligini barcha tushunib etgan.


SHu tariqa, 12 ta bahsli epizodda hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика